«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo


Ellinizm.Ravoqiylar ta’limoti(stoitsizm)



Download 67,78 Kb.
bet5/7
Sana07.07.2022
Hajmi67,78 Kb.
#754485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yuno

Ellinizm.Ravoqiylar ta’limoti(stoitsizm)
Seneka uchun «yaxshi» imperator qanday bo‘lishi kerak degan savol katta ahamiyatga ega edi, negaki, imperatorning bo‘lishligi zaruriyat hisoblanar edi. Imperator me’yorsiz maqtovni talab qilmasligi, fuqarolardan ularning mulkini tortib olmasligi, senat va «yaxshi» odamlar bilan hisoblashishi, o‘z bilganicha ish tutmasli, fuqarolarning umumiy foydasi uchun mehnat qilmog‘i zarur ediki, buning evaziga ular unga sadoqat ko‘rsatib, uni sharaflashlari lozim edi. Sobiq qul bo‘lgan Epiktet asosiy e’tiborni hukmdorning sifatiga emas, balki unga tobelarning hatti-harakatiga qaratdi. Ozodlikka yo‘l moddiy ne’matlardan, xohish-istaklardan yuz o‘girishda yotadi, negaki, inson nimani xohlasa, uni berishi va olib qo‘yishi mumkin bo‘lgan odamning quliga aylanadi. Tashqi tomondan mulk, badan, hayot-xojaga yoki tiranga bo‘ysunadi va shuning uchun ularning bu tashqi huquqlaridan foydalanishlariga bahslashib o‘tirish lozim emas. Ammo insonning haqiqiy mohiyati, uning aqli va ruhi hech kimga bo‘ysunmaydi, uning fikriy muhokamasini hech kim boshqara olmaydi va hech kim unga
xayrli va ezgu ishlar qilishga xalaqit bera olmaydi, demak, baxtli va ozod bo‘lishiga
to‘sqinlik qila olmaydi. Epiktet uchun erdagi barcha hukmdorlardan yuqori turgan oliy xudo Zevs haqidagi tasavvur katta o‘rin tutadi. Uning o‘g‘li sifatida o‘zini his qilgan inson, o‘zining qandaydir tashqi farovonligi qondirilmaganligidan doimo azobda bo‘lgan senator yoki hatto podshoning o‘zidan ko‘ra ozodroq bo‘ladi.
Rimning oxirgi ravoqiychisi imperator Mark Avreliy edi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, dunyoda biror - bir narsani o‘zgartirib yoki to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Uning ta’kidlashicha, barcha kishilar har doim laganbardor, yolg‘onchi va o‘z manfaatini ko‘zlovchi bo‘lganlar, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladilar. Bu tartibsizlik orasida nima qoladi? Faqat o‘z zakovatiga xizmat qilish, o‘zini kamolotga etkazish va ezgulik. Ammo bunday o‘zini qo‘yarga joy topolmaydigan, hayotda hech qanday maqsadi bo‘lmagan ezgulik insoniyatga xizmat qilish borasidagi o‘z ma’nosini yo‘qotar edi. Negaki, insoniyat o‘zgarmas va illatlardan holi bo‘lmaganligi uchun, uni hech qachon ilhomlantirib bo‘lmas edi.Epikur falsafasi Demokrit moddiyunchiligi taraqqiyotida oldinga qo‘yilgan qadam edi. Uning atomlar haqidagi ta’limotini qabul qilgan
Epikur atomlarning to‘g‘ri chiziqlik harakatdan ichki ta’sir natijasida chetga og‘ishi haqidagi taxminni o‘rtaga qo‘ydi. Bu bilan u konuniylik bilan tasodifiylik uyg‘unligi muammosini oldinga surdi. Uning falsafasida inson markaziy o‘rinda turadi. Epikur o‘z vazifasini insonlarni o‘lim va taqdir xavfidan ozod qilishda deb bildi. U xudolarning tabiat va inson hayotiga aralashishlarini rad etdi va ruhning moddiyligini isbot qildi. Xudolarning mavjudligini tan olgan holda, u xudolar haqida «olomonning yolg‘on uydirmalari» ga qarshi chiqdi. Tashvish va faoliyatni huzur-halovat holati bilan sig‘ishtirib bo‘lmaganligidan, xudo «xushbaxt va bezavol mavjudot bo‘lib, o‘zi ham tashvish bilmaydi, boshqalarga ham notinchlikni ravo ko‘rmaydi va shuning uchun g‘azabga ham, izzat-hurmat qilishga ham duchor bo‘lmaydi»
. Ruh badan kabi atomlardan tashkil topgan, ammo nozikroq zarrachalardan tarkib topgan bo‘lib, hamonamki tana qobig‘ida ekan his-tuyg‘uning bosh sababchisidir. Qachonki, qobig‘ buzilsa, atomlar ruhi tarqab ketadi va his-tuyg‘u yo‘qoladi. Inson uchun yaxshi va yomon narsa his-tuyg‘uda ekanligidan, o‘lim esa –his-tuyg‘udan mahrum bo‘lish ekanligidan,o‘lim insonni qo‘rqitmasligi kerak, negaki «hamonamki biz bor ekanmiz, o‘lim hali yo‘q, o‘lim kelganda esa, bizning o‘zimiz yo‘q bo‘lamiz»
Epikur maslakdoshi uchun oqillik xosdir. Ammo ravoqiydan farqli o‘laroq, epikurchi zavq, his-tuyg‘u, og‘riq, alam, mehr-shafqatga ochiqdir. U davlat ishlaridan o‘zini tiya oladi, teran bo‘la olmaydi va gadoylik ham qilmaydi. Epikur inson baxtini «lazzat» da, ya’ni xotirjamlik, vazminlik – ataraksiyani qo‘lga kiritishda deb bildi. Bunga faqat azob-uqubatlardan qochish va faol faoliyatdan o‘zini tiyish, hamda bilim va o‘z-o‘zini kamolotga etkazish yo‘li bilan erishish mumkin. Qadimgi Rimda epikurchilikning eng yirik vakili, «Ashyolar tabiati haqida» falsafiy doston yozgan Tit Lukretsiy Kar edi

Download 67,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish