Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qo- nuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi.
Juziy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Arxeologik qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi tax- minlar juziy gipotezaga misol bo‘ladi.
Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi.
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladi- gan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o'rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperi- ment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
Shunday qilib, gipoteza muammoning yechimini topish uchun xizmat qiladigan fikrlarning, bilimlarning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir.
Nazariya bilimlarning mantiqiy tizimi sifatida. Har bir fan so-
hasida turli nazariyalar mavjud bo‘ladi. «Nazariya» atamasi keng
Do'stlaringiz bilan baham: |