149
mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhim. Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlar- ning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi hamda rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlani- shi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatni kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug‘ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga ke- ladi, ular jamiyat strukturasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo‘shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |