Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet70/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

65





yo‘nuvchining o‘g‘li, Afina hayotida faol ishtirok etgan, yosh- lar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo‘lgan. Uning hayoti fojiali tugagani to‘g‘risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. 0‘z davrida Afinadagi hukmron tartib-qoidalarga qarshi chiqib, yangi fikr- larni ilgari surgani uchun uni dahriylikda hamda yoshlarni axlo- qan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb qo‘yilgan. Garchand qutulish imkoni bo‘lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib o‘lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo‘lishidan qat’i nazar, so‘zsiz itoat etishni targ‘ib etganlari g‘oyatda ibratli- dir. «Aflotun mening do‘stim, ammo qonun do‘stlikdan ustun turadi» degan hikmatli ibora o‘sha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.


Suqrot o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘yda, may- donlarda, xiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot haqida esdaliklar» asarida o‘z ustozi haqida iliq so‘zlar aytib, uni oli- janob, axloq-odob borasida haqqoniy fikr yuritgan inson sifa- tida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini buzgan deb unga siyosiy ayb qo‘yish tuhmat ekanini alohida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur mulohazali, insonni ulug‘lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o‘z asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazi- da axloq masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinch- lik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog‘liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutgani bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasi- hatlariga amal qilgan.

Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish