54
Navoiy va Jomiy bilan do‘stona aloqada boladi. «Mavlono Husayn Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilqa yaqin borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor voqe’ bo‘lubtur. Oz fan bo‘lg‘aykim, daxli bo‘lmag‘ay. Xususan, va’z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mashhur ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida.
XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining o‘zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o‘zaro nizolar, taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bo‘linib ketishi, iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab bo‘ldi. Natijada Mova- rounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |