Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet426/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

368





sportning o‘ziga xos yangi tizimi shakllandi. Maktab o'quvchilari o‘rtasida «Umid nihollari», litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida «Barkamol avlod», oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida «Uni- versiada» musobaqalari doimiy tus oldi.


Sport irodani mustahkamlashda, aniq maqsad sari intilishda, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishda juda katta ahamiyat kasb etishini, u inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Ayniqsa, «Barkamol avlod» musobaqalari sport sohasida yangi an’analarni boshlab berdi. Yoshlarning nafaqat jismoniy chiniqishlariga, balki halol bel- lashuvlar ishtiyoqi, g‘alabalar quvonchi bilan yashashiga, xalqi- mizga xos mardlik, tantilik va bag‘rikenglik hislarini ko‘rsatib, ma’naviyatlarining yuksalishiga ham xizmat qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, sport nafaqat yoshlarning jismoniy jihatdan chi- nakam sog‘lom bo‘lishi, o‘z tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqa- rish vositasi bo‘lib qolmay, balki har tomonlama kamol topishi, ma’naviy-ruhiy, siyosiy-mafkuraviy va badiiy-estetik salohiyatla- rini, ongi va tafakkurini vatanparvarlik, milliy g‘urur va milliy iftixor ruhida shakllantirish va rivojlantirish omili sifatida ham ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, sport — milliy va umuminsoniy estetik madaniyat ramzi sifatida xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Buning yorqin misolini bir qator milliy va ommaviy sport o‘yinlarida ko‘rishimiz mumkin. Xususan, o‘zbek milliy kurashi o‘zida es- tetik madaniyatning yuqori kechinmalarini namoyon etishi, kurashayotgan kurashchilarning nozik harakatlarida kishini il- homlantiradigan va zavqlantiradigan estetik qiyofaning aks eti- shi milliylik va umuminsoniylik xususiyatlarini namoyon etadi. Sportning nozik va barchaning o‘ziga estetik zavq bilan jalb eta- digan turlaridan yengil atletikada ham bu jarayon yaqqol gavdala- nadi. Sport o‘yinlari ichida umumbashariy ahamiyat kasb etadi- gan futbol millionlar o‘yini sifatida yuksak estetik madaniyatning namunasidir.


Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish