Tayanch tushunchalar: muomala odobi, axloqiy madaniyat, kasbiy odob, sog‘lom turmush, san’at, «omm; viy madaniyat», tib- 1
1 Qarang: y36eKHCTaH. 06inan oueHKa CTpaHti. OOH. 2003. -3 c.
319
biy tarbiya, ekologiya, ekologik tarbiya, qadriyat, bioetika, yuksak axloq, barkamol avlod, kosmopolitizm, dunyoqarash, texnologi- ya, madaniyat, texnika, shaxs.
Takrorlash uchun savollar
Muomala odobining axloqiy asosi nimada?
Ziyolilik va madaniyatlilik tushunchalari o‘rtasidagi farqni izohlang.
Bugungi kun yoshlarining axloqiy dunyoqarashiga xos qad- riyatlarni tushuntiring.
Yoshlar axloqiy tafakkuriga tahdid soluvchi illatlarni ko'rsating.
Axloqiy madaniyat kasbiy odobda qanday namoyon bo‘ladi?
«Ommaviy madaniyat»ning g‘ayriaxloqiy ko‘rinishlari ha- qida gapiring.
320
TO‘RTINCHI BO‘LIM. ESTETIKA: NAFOSAT FALSAFASI
mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
«Estetika» fanining falsafiy mohiyati va u haqidagi qarashlar.
Estetika eng qadimgi falsafiy fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Le- kin faqat XVIII asr o‘rtalariga kelib «Estetika» (yunon. aisthetikos — his qilinadigan) atamasini dastlab Germaniyadagi Volf makta- bining faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714—1762-yillar) 1735-yilda yozgan «Poetik asarga doir ba’zi masalalar xususida falsafiy mulohazalar» nomli asarida ilmiy muomalaga kiritdi va uning san’atda yorqin namoyon bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
Dastlab estetika «San’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» si- fatida talqin etilgan. Chunki, san’at estetikaning obyekti bo‘lib, unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Estetika ba- diiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi — idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ular- dan nazariy xulosalar chiqaradi. Lekin, san’at bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda estetika dizayn, atrof- muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammo- lar bilan ham estetika shug‘ullanadi.
Estetikaning «Go‘zallik falsafasi» sifatida talqin etilishining ma’nosi shundaki, u faqat san'atdagi go‘zallikni emas, balki in- sondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. Chun- ki, estetikaning asosiy tadqiqot obyekti — go‘zallik, biroq, san’at ham o‘z navbatida estetikaning go‘zallik kabi keng qamrovli tad- qiqot obyekti hisoblanadi. Estetika fani vujudga kelgan dastlabki davrda estetik tafakkur tarixi, estetikaning nazariy-metodologik muammolari, san’at, estetik tarbiya kabi masalalarini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lsa, bugungi kunda uning tadqiqot obyekti ken- gayib bormoqda. Xususan, ekoestetika, ishlab chiqarish esteti- kasi, maishiy turmush estetikasi, dizayn, zamonaviy shaharsozlik estetikasi, tabiat estetikasi va hokazo.
Estetika — falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar
Do'stlaringiz bilan baham: |