Argumentlashning strategiyasi - argumentlashning maqsadi boiib, ishontirish, g‘alaba qozonish, kelishish, yechimni topish, o‘ziga nisbatan ishonchni mustahkamlash va shu kabilarda na- moyon boidi. Mantiq qonunlari, isbotlovchi muhokama yuri- tish argumentlashning strategik prinsiplari hisoblanadi. Konkret vaziyatga mos boigan kommunikativ modelni tanlash ham ar- gumentlashning strategiyasiga kiradi. Argumentlashning strate- giyasi ishtirokchilarning maqsadi orqali aniqlanadi. Shunga ko‘ra haqiqatga, ishonchni shakllantirishga, g‘alabaga va kelishuvga qaratilgan strategiyalarni farqlash mumkin. Ba’zan bu strategi- yalar birlashib ketishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |