Uchinchisi — istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo‘lib, fikrning to‘liq mazmunini qamrab olib, bayon qi- lingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi yolg‘on, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi.
Bu qonun fikrlar o‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar fikrning to‘liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma’lum bo‘lsa, unda «Uchinchisi — istisno» qonuni amal qil- maydi.
Istisno qonuni quyidagi holatlarda qo‘llanadi:
Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va munosabat doirasida o‘zaro zid fikr bildirilganda. Masalan:
Toshkent — 0‘zbekistonning poytaxti.
Toshkent — 0‘zbekistonning poytaxti emas.
Son va sifatiga ko‘ra o‘zaro zid mulohazalar bayon qilingan- da, buyum va hodisalarning sinfi haqida tasdiqlab bayon qilingan mulohaza bilan, shu sinf buyum va hodisalar ning bir qismi haqi- da inkor etib bayon qilingan mulohazalardan biri chin, ikkinchisi yolg‘on, uchinchisiga o‘rin bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |