Tayanch tushunchalar: jamiyat, jamiyatning tuzilishi, oila, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, taraqqiyot, sivilizatsiya, jahon sivilizatsiyasi, madaniyat, qadriyatlar, qadrlash va qadrsiz- lanish mezonlari.
Takrorlash uchun savollar
Jamiyat deganda nimani tushunasiz?
Jamiyatga xos belgilarni sanang.
Sivilizatsiya nima?
Madaniyat nima?
«Qadr» va «Qadriyat» tushunchalarining mazmunini qan- day izohlaysiz?
Qadrsizlanishni qanday tushunasiz?
mavzu. Falsafly antropologiya. Inson falsafasi
Inson — Yaratganning mo‘jizasi, falsafaning bosh mavzusi. In-
son muammosi falsafaning azaliy mavzularidan biridir. Odam zo- tining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi, tabiat va jami- yatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyatlari to‘g‘risidagi masalalar hamma davr faylasuflarining diqqat markazida turgan. Fan sohasida odamning jismoniy tuzilishi, tabiiy-biologik xu- susiyatlarini o‘rganish hamon davom etmoqda. Ijtimoiy fanlarda esa shaxs kamoloti, ijtimoiy, ma’naviy qiyofasi bilan bog'liq ji-
Do'stlaringiz bilan baham: |