larda muxim o`zgarishlarni vujudga keltirdi.
vokelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday
ilmiy bilishning asosiy vazifasi xisoblanadi. Haqiqat o`zining mazmuniga ko`ra mutloq va
nisbiy bo`lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy harakterga ega bo`lib, ularning
majmuasidan mutloq haqiqat vujudga keladi.
kishilarning xoxish-irodasiga bog`liq emasdir. Masalan, O`zbekistonning milliy mustaqilligi
ob’ektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i
nazar, bu haqiqat o`z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin bo`zish yoki
soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo`ladi va o`z qadrini yo`qotadi. Shuningdek, haqiqat xech
kachon mavxum emasdir. U hamisha konkretdir. Хegel so`zlari bilan aytganda, nimaiki voke
bo`lsa, u haqiqatdir, haqiqat — vokelikdir. Haqiqat mazmunining konkret harakteri joy, vaqt
va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.
Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o`ziga xos xususiyatlarini anglash muxim
ahamiyatga egadir. O`zok yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo`lgan ob’ektivlik,
holislik ilmiylikning muxim mezoni deb xisoblab kelindi. Birok XX asr o`rtalarida fan-
texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo`lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga
qadriyatli yondashuv vazifasini kuya boshladi. Aqlli mavjudot bo`lgan inson har kachon
tabiatni o`rganishda hamisha o`z manfaatlarini ko`zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-
tuganmasdir, degan bir yoklama
qarash
oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan
shafkatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan
insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo`lish zaruriyati chuqurrok anglana boshladi.
Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va extiyojlari bilan uzviy
bog`liq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti
sifatida namoyon bo`ladi: insoniyat o`z tarixini yaratuvchi va o`z-o`zini biluvchidir.
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob’ekti xisoblanadi. Tabiatdagi narsa
va hodisalar tadqiqotchiga xech qanday qarshilik ko`rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa,
nisbatan tez o`zgaruvchi sistemalar bilish ob’ekti xisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo`lgan
muxim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish soxalarinigina emas, balki jamiyatning
ancha murakkab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni,
qarash
lar va
G`oyalarni ham o`rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy G`oya va milliy istiqlol mafko`rasini
shakllantirishda muxim rol o`ynaydi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to`g`risida zarur
bilimlarga ega bo`lish mamlakatimizda bilimdon, har jixatdan yetuk barkamol inson shaxsini
shakllantirishda aloxida o`rin tutadi. Bilish nazariyasi bo`lajak mutaxassis-qadrlarda
muayyan ilmiy layokat va qobiliyatlarni shakllantirishga kumaqlashadi. Milliy mustaqillik
yillarida gnoseologiya oldiga quyilayotgan eng muxim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning
jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil
va mexanizmlarni o`rganish, ulug` ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida
orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: