7)Shomonlik.
Shomon so’zi tunguscha so’z bo’lib «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Bu
so’z keyinchalik butun sibirga, so’ngra Evropaga tarqalib, xalqaro atamaga aylangan.
Shomonlik ibtidoiy jamoa tuzumi emirilayotgan davrda jahonning bir talay xalqlarida vujudga
kelgan eng qadimgi binlardan biridi, bu dinning ruhoniysi shomon hisoblanadi. Shomonlar o’z
qavmlariga, odam yaxshi va yovuz arvohlar panohida, homiyligida yashaydi, odamning sog’ligi,
baxti va taqdiri shularning qo’lida deb tushuntiradilar.
Shomonlar odamlar va ruhlar o’rtasida vositachilik qilaolish qudratiga ega bo’lgan kishilardir.
Ular kelajakni oldindan aytib berish, uzoq joylardagi voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish,
tabiat hodisalarini o’zgartirish, marhumlarni narigi dunyoga kuzatib borish kabi hislatlarga ega
bo’lgan ruhoniylardir. Ular g’ayritabiiy qobiliyatga ega bo’lib, ashula aytish, raqsga tushish,
nog’ora, childirma chalish yo’li bilan jazavaga tushib, yovuz va saxiy ruhlar bilan bevosita
munosabatda bo’laolganliklari uchun kasalliklarni davolash, fol boqish va boshqa amallarni
bajarishgan.
Tajribali shomonlar odamda iste’odoli ginozchi, folbin, ko’zboylog’ich, qo’shiqchi, shoir,
baxshilar bo’lishgan. Ular bemalol ruhlarni chaqiraolar, ularga iltimoslar, iltijolar qilar, xatto ular
bilan kurashaolar edilar. Shomonlar urug’-qabilaning obro’li homiysi, qo’riqchisi, ruhi
bo’lganlar.
Shomonlikka da’vogar bo’lgan odam «shomonlik kasali»ga yo’liqishi, xususan ruhiy kasalga
uchrashi kerak. Ruhlar bunday odamni o’ldirib, so’ng boshqa qiyofada, boshqa sifatda tiriltirib,
qaytadan yaratadilar. Shomonlik iqtidori nasliy hisoblangan.
Turli xalqlarning shomonlari turfa rasm-rusumlarga rioya qilishgan, xar xil kiyinishgan,
muqaddas buyumlar va ruhlar to’g’risidagi tasavvurlari ham rang-barang bo’lgan. Masalan,
Janubiy Sibir xalqlarida shomonlarning maxsus belgilari: qo’ng’iroqli childirmalari, nog’oralari,
surnaylari, turli buyumlar osilgan maxsus kiyimlari va o’z marosimlari bo’lgan. Shomonlik
jahon dinlarining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda ham inson
oyog’i etishi qiyin bo’lgan chet o’lkalarda qisman saqlanib qolgan.
Neolit davridagi yutuqlar odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarini
tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin
o’rgandi. Bu esa odamni o’troq hayot kechirishga majbur etdi. Qadimda hayvonlarni qo’lga
o’rgatdi hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut
va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamni yangi muhim
materiallarni o’zgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklarni saqlash uchun
mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o’rgandi. Neolit davri
yuqori paleolitdan keskin farq qiladi. Shu jumladan tosh buyumlarini silliqlash va sayqal berish –
bu esa muhim farq bo’lib ushbu farq davrga nom berdi.
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini berdi. Dehqonlar zich va
ko’pchilik guruhlar bilan o’rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan
qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o’rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan
ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi va o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin
ko’payishi yangi erlarni o’zlashtirishga, hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning
rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi. Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt
sabrsizlik bilan kutishi kerakligi hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yil fasllarining
stikllarini bilish – bularning barchasi dehqon qabilalarining osmonu-erga, quyoshu-oyga,
yomg’iru-shamolga yangi qiziqishini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga
bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala
boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasavvurlar keskin o’zgardi. Natijada qadimgi
ruhlar – animistik sig’inish ob’ekti asta-sekin o’ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun
mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kechayu-kunduz, dehqonlar jamoasidan
maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar – kelajakdagi qohinlar xizmat qilardi. Qadimgi
totemistik tasavvurlar ham o’zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda,
hayvonlar qadrlana boshlandi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida
saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig’inilgan xudoda aks etishiga
olib keldi. Aksariyat xudolarning ko’rinishi hayvon, qush, baliqlarning yoki boshi yoki tanasi
shaklida bo’lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o’tilgan xudoga qarindoshligi
saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin xarakteri o’zgardi, xudolarning qudratli butlari, mehroblar yoki cherkovlar
yoniga o’rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba’zan butlar o’rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalanildi.
Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo’lib xizmat
qildi.
Afsun ham o’zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon etkazish va omadli ov bilan
ta’minlash, ruhlar yordamida o’z maqsadiga etishishning ibtidoiy usullari o’rniga yangi, puxta
o’ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish
tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar
yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri – fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo’lgan,
hamda unga asoslangan afsun tamoyillari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqaedi ya’ni
istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllanidan neolit davridan
ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida neolit davrida yakunlandi. Neolit davridagi
dehqonlar qudratli tangridan qo’rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar
edilar. Buning uchu tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat
(qurbonlik) qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylarga ibodat
qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimoslarini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish
mumkin? Mana shu erda barcha usul va tamoyillari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir
shamanga mansub bo’lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o’laroq, folbinlin yuqori saviyali
madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilari tizimiga rioya
qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq
javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil – elementar qur’a tashlashdan to
murakkab chiziq, yorug’ nuqta va chiziqlarni qo’shilishigacha bo’lar edi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAR !
Do'stlaringiz bilan baham: |