Ekma ko’k no’xat
Ekma ko’k no’xat bir yillik ut o’simlik bo’lib, ko’pincha yotik holda o’sadi, bo’yi 25 sm dan 250 sm gacha yetadigan utksiz poya chiqaradi. Yotik holda o’sadigan navlari bilan bir qatorda poyasining asosan ustki qismi yugon bo’ladigan navlari ham bor, bular shtamb navlar deb aytiladi. Bu xildagi poya vertikal xolatini yaxshi saklaydi va kamroq egiladi.
Ildizi tuprokka 1 m gacha chuqur kirib boradigan uk ildiz.
Barglari 2 – 3 juft bargcha chiqaradigan juft patsimon murakkab barg, ular jingalaklar bilan tugaydi va yirik yon bargchalar chiqaradi.
Gullari yirik, gultojisi har xil rangda bo’lib, gulbandda bitta yoki ikkitadan, poyasi yugon navlarida esa ko’pincha uch – yettidan bo’lib joylashadi.
Dukkaklari 3 – 10 ta urug’ tugadi, to’g’ri yoki egilgan xanjarsimon yoki tasbexsimon, ko’pincha sariq rangda bo’ladi. Dukkaklari yetilganda chatnab ketadi.
Urug’i ko’pincha yirik, yumalok, burchakli yoki burchakli – kvadrat shaklda.urug’ining yuzi sillik yoki burishgan (masalan, ko’k no’xat navlari) bo’ladi. Donining rangi har xil - okdan qoragacha bo’ladi. 1000 donasining vazni 40 g dan 400 g gacha yetadi, o’rtacha 150 - 250 g.
No’xat asosiy kenja turlarining xarakterli belgilari
Belgisi
|
Ekma ko’k no’xat
|
Xashaki ko’k no’xat (pelyushka)
|
Donining shakli
|
Sharsimon
|
Yumalok – burchakli
|
Donining yuzasi
|
Sillik
|
Sillik, ko’pincha mayda chuqurchalari bo’ladi
|
Donning rangi
|
Ok, sariq, pushti, yashil, bir tusli
|
Kul rang, qo’ng’ir qora, bir tusli yoki nakshi bor
|
Maysalari
|
Yashil
|
Yashil, bandlari anto-sian rangida va yon bargchalaridagi poyasi atrofida xollar bor
|
Barglari
|
Yashil
|
Yashil, yon bargchalari-dagi poyasining atro-fida qizil xollar bo’ladi
|
Gullari
|
Ok
|
Qizil – binafsha rangda
|
No’xat navlari ikki guruhga: archiladigan – no’xat va shirin no’xatga bo’linadi.
Archiladigan no’xat guruhiga dukkaklarining ichki devorida kalin pergament xujayra katlami borligi bilan ta’riflanadi, shunga ko’ra dukkaklar kattikdek bo’lib ko’rinadi. Bu guruhga kiradigan o’simliklarinng dukkakgi ozik – ovkatga ishlatilmaydi, faqat doni uchun ekiladi.
Shirin no’xat guruhi dukkaklarining devorida pergament Katlam bo’lmasligi bilan farq qiladi. Yashil dukkaklari sershira, yumshok bo’ladi, yetilganda bir oz dag’allashadi. Lekin shirin no’xat navlarining dukkagi yetilganda ham tavakalari birmuncha yugon va nozik bo’lib kolaveradi, shunga ko’ra ozik – ovkatga ishlatiladi va «lopatki» degan nom bilan konservalashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |