Frontal proektsiyalovchi tekislik. Frontal proektsiyalar tekisligiga
perpendikulyar bo`lgan frontal proektsiyalovchi tekislik deyiladi. Bunday
tekislikning gorizontal P izi OX o`qiga perpendikulyar bo`ladi, frontal izi P izi
ixtiyoriy (90ga teng bo`lmagan) burchakda joylashuvi mumkin. Frontal
proektsiyalovchi tekislikning frontal P izining OX o`qi bilan hosil qilgan
burchgi P va H tekisliklar orasidagi burchakning xaqiqiy qiymatiga teng. Tekis
figuralar bilan berilgan frontal proektsiyalovchi tekislikning frontal proektsiyasi
to`gri chiziq bo`lib proektsiyalanadi (5.8-chizma).
5.8-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |