Rezbalarni shartlik belgilash.
Metrik rezba. Metrik rezbaning prrofili teng tomonlik uchburchak bo’lib,
uchidagi profil burchak 60
0
ga teng bo’ladi. (15.9-chizma). Metrik rezbaning
profili va asosiy o’lchamlari diametr va qadami O’zDSt:2.318-96 bilan
belgilangan. O’zDSt:2.317-96 bilan metrik rezbaning 1 dan 600mm gacha bo’lgan
diametri ikki xilga bo’linadi: yirik qadam (1 dan 68mm diametr uchun) va mayda
qadam (1 dan 600mm diametrlar uchun). 6mm dan boshlab mayda qadamli rezbani
har bir uchun bir qancha qadamlar mo’ljallangan. Yirik qadamlik metrik rezba M
harfi bilan shartlik belgilanadi. U rezbaning profili va nominal (tashqi) diametrini
millimetrida bildiradi. Misol, M 56, yirik qadmlik metrik tezba, nominal diametri
56mm ga tengligini bildiradi. Mayda qadamlik metrik rezbalarni shartli belgilashda
qo’shimcha uning qadami ham ko’rsatiladi. Masalan, M56x3, rezbaning qadami
3mm ga teng.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |