T\r
|
Ishning mazmuni
|
Bajarilish muddati
|
Natija
|
1.
|
Bitiruv malakaviy mavzuini kafedra va
|
Sentyabr
|
Ijro etildi.
|
|
fakultet kengashida tasdiqlanib olish
|
|
|
|
rejalarini rasmiylashtirish.
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
Mavzu bo’yicha zaruriy ilmiy-uslubiy
|
Sentyabr, Oktyabr,
|
Ijro etildi.
|
|
materiallarni o‘rganish.
|
Noyabr
|
|
|
|
|
|
3.
|
Maktabda jismoniy tarbiya darslarini
|
Mart, Aprel, May
|
Ijro etildi.
|
|
mazmunli o’tkazishda basketbol sport
|
|
|
|
o’yinidan o’quvchilarni harakat va jismoniy
|
|
|
|
sifatlarini ostirish.
|
|
|
|
|
|
|
4.
|
Mavzu bo’yicha ilmiy manbalarni o‘rganish.
|
Sentiyabr, Yanvar
|
Ijro etildi.
|
|
Adabiyotlar bilan ishlash.
|
|
|
|
|
|
|
5.
|
To’plangan materiallarni sistemalashtirish
|
Yanvar
|
Ijro etildi.
|
6.
|
Malakaviy bitiruv ishining
|
Mart
|
Ijro etildi.
|
|
1- bobini tayyorlash
|
|
|
|
|
|
|
7.
|
Malakaviy bitiruv ishining 2-bobini
|
Aprel
|
Ijro etildi.
|
|
tayyorlash va xulosalash
|
|
|
|
|
|
|
8.
|
Ishni yakunlash, tahrir etish va oqqa
|
May
|
Ijro etildi.
|
|
ko‘chirish
|
|
|
|
|
|
|
9.
|
Malakaviy bitiruv ishining borishi to‘g‘risida
|
May
|
Ijro etildi.
|
|
kafedraga hisobot berish.
|
|
|
|
|
|
|
10.
|
Ishni ilmiy rahbar taqrizi bilan kafedraga
|
May
|
Ijro etildi.
|
|
topshirish.
|
|
|
|
|
|
|
11.
|
Dastlabki himoya jarayonida qatnashish.
|
May
|
Ijro etildi.
|
12.
|
Dastlabki himoya jarayonida ko’rsatilgan
|
|
|
|
kamchiliklarni tuzatib oxirgi himoyaga
|
|
|
|
qatnashish.
|
|
|
|
|
|
|
Bitiruvchi kurs talabasi:
Ilmiy rahbar:
Durboeva Sitora
O’.A.Farmonov
3
Buxoro davlat universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti,
“Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasining
___ son yig`lishi bayonnomasidan
KO`CHIRMA
« ___ » __________ 2017 yil
Qatnashdilar: p.f.n.dotsent, B.B.Ma’murov, dotsent M.J.Abdullaev, katta o`qituvchilar: S.Sh.Akramov, O.A.Farmonov, R.S.Baymurodov, D.Ro`ziev, B.Do`stov,
M.G`afurova, A.K.Ibragimov, N.M.G`afurov, o`qituvchilar: M.K.Mahmudov, J.Murodov, Ya.Fayziev, A.Sattorov, O’.A.Farmonov, R.Raxmonov, A.Yuldashev
Kun tartibi:
2017-2018 o`quv yili uchun bitiruv malakaviy ish mayzularini tasdiqlash.
Yig‘ilishi kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri A.K.Ibragimov qisqacha hisobot berdi va yangi o‘quv yili uchun mo`ljallangan malakaviy bitiruv ishlari mavzulari ro‘yxati tuzilganligini, mavzularning dolzarbligini, takrorlan-maganligini kafedrada tuzilgan maxsus ishchi guruh tomonidan tekshirib chiqilganligini qayt etdi. Shundan keyin bitiruv malakaviy ishlari ro’yxati yigilish kotibi tomonidan o`qib berildi.
Bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlari mavzularini tasdiqlash bo’yicha qo’shimcha so’zga chiquvchilar yo’q.
Ko’rilgan masala bo’yicha quyidagicha
QAROR QILINDI:
Jismoniy madaniyat fakulteti 7-5JM-14 guruh talabasi Durboeva Sitora Bunyod qiziga bitiruv malakaviy ishi yozishga ruxsat etilsin.
“13-14 yoshli basketbolchilarda harakat sifatlarini tarbiyalash muamolari” bitiruv malakaviy ishi mavzusi etib tasdiqlansin.
O’qituvchi O’.A.Farmonov ilmiy rahbar etib tayinlansin.
Yig`ilish raisi:
A.K.Ibragimov
Yig`ilish kotibi:
M.B.Ibragimov
4
Buxoro davlat universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti,
“Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasining
___ son yig`lishi bayonnomasidan
KO`CHIRMA
« ___ » __________ 2018 yil
Qatnashdilar: p.f.n.dotsent, B.B.Ma’murov, dotsent M.J.Abdullaev, katta o`qituvchilar: S.Sh.Akramov, O.A.Farmonov, R.S.Baymurodov, D.Ro`ziev, B.Do`stov,
M.G`afurova, A.K.Ibragimov, N.M.G`afurov, o`qituvchilar: M.K.Mahmudov, J.Murodov, Ya.Fayziev, A.Sattoroy, O’.A.Farmonov, R.Raxmonov, A.Yuldashev
Kun tartibi:
2017-2018 o`quv yili uchun mo`ljallangan bitiruv malakaviy ishlarning dastlabki himoyasining muhokamasi va himoyaga tavsiya etish.
Yig‘ilishda 7-5JM-14 guruh talabasi Durboeva Sitora Bunyod qizi o’qituvchi O’.A.Farmonov ilmiy rahbarligida bajargan “13-14 yoshli basketbolchilarda harakat sifatlarini tarbiyalash muamolari” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishining tugallanganligi to’g‘risidagi axboroti va ilmiy rahbar xulosasi tinglandi.
Qo’shimcha so’zga chiquvchilar yo’q. Ish yakunlanganligini hisobga olib,
Kafedra yig`ilishi qaror qiladi:
1. Jismoniy madaniyat fakulteti 7-5JM-14 guruh talabasi Durboeva Sitora Bunyod qizi “13-14 yoshli basketbolchilarda harakat sifatlarini tarbiyalash muamolari” mavzusida bitiruv malakaviy ishi talabga javob beradi, u sinov himoyasidan o`tdi deb hisoblansin va rasmiy himoyaga ruxsat etilsin.
Durboeva Sitora Bunyod qizining bitiruv malakaviy ishiga ilmiy maslahatchi sifatida o’qituvchi A.K.Ibragimov belgilansin.
Yig`ilish raisi:
A.K.Ibragimov
Yig`ilish kotibi:
M.B.Ibragimov
Durboeva Sitora Bunyod qizining
“13-14 yoshli basketbolchilarda harakat sifatlarini tarbiyalash muamolari”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
ILMIY RAHBAR XULOSASI
Mavzuning dolzarbligi: 13-14 yoshli basketbolchilarning umumiy jismoniy
tayyorgarligi, 13-14 yoshli basketbolchilarni texnik, taktik jihatdan, ruhiy
psixologik jihatdan tayyorlash.
13-14 yoshli bolalarning harakat sifatlarini takomillashtirish va ular ustida tajribalarni olib borish, natijalarga erishish yuzasidan basketbol sporti bo’yicha texnik-taktik uslubiyatlarni amalda qo’llashdan iboratdir.
Durboeva Sitora Bunyod qizi tomonidan tayyorlangan “13-14 yoshli basketbolchilarda harakat sifatlarini tarbiyalash muamolari” nomli bitiruv malakaviy ishda muammoning echimlari keltirilgan.
Belgilangan vazifalarning amalga oshirilganlik darajasi: talaba berilgan topshiriqlarni to’liq amalga oshirgan va ishni tajriba asosida tayyorlagan.
Bajarilgan ishga talabaning munosabati: talaba o’zi bajargan ishidan juda yaxshi ta’surotda, kelajakda o’qishdan so’ng ilmiy ishini davom ettirmoqchi.
Talabaning adabiyotlardan foydalanish va materialni mustaqil bayon eta olish ko‘nikmalari: talaba ishni tayyorlashda juda ko’p adabiyotlarni o’qib tahlil qilgan va materiallarni mustaqil bayon eta oladi.
Talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalari: talabada tadqiqotchilik ko’nikmalari shakllangan va mustaqil faoliyat yurita oladi.
Talabaning kasbiy tayyorgarlik darajasi, ya’ni pedagogik topshiriqlarni yecha olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi va h.k: talaba yuksak kasbiy tayyorgarlikka ega, pedagogik topshiriqlarni yecha oladi va mustaqil fikrga ega.
Olingan natijalarning amaliyotga ta’lim jarayoniga qo‘llash imkoniyati hamda talabaning ixtisosligi bo‘yicha beriladigan kvalifikattsiyani olishga
loyiqligi: natijalarni amaliyotga qo’llash imkoni mavjud, talaba ixtisosligi bo‘yicha beriladigan kvalifikattsiyani olishga loyiq.
Do'stlaringiz bilan baham: