Harakat malakalarining xususiyatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi.
Malakalarning ong bilan bog’liq bo’lishi.
Malakadagi harakatning aniqligi. Bu mushak harakat va boshqa sezgilarning yuksak o’sganligiga bog’liqdir.
Malakalardagi harakatlarni tejamli bajarilishi.
Malakaning turg’unligi.
Malakalarning egiluvchan va bukuluvchanligi.
Harakat malakalarining shakllanishi uch bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich: - o’rganilayotgan mashqning umumiy asoslarini bugunligicha egallash. Ayrim priyomlarni bajarishni aniqlash stadiyasi. Malakani mustahkamlash va takomillashtirish stadiyasi. Bosqichda o’rganuvchilarning
55
vazifasi - o’rganayotgan mashq to’g’risida to’g’ri tasavvur tug’dirishdir. Bunda ko’rish sezgilari katta o’rin tutadi.
Ikkinchi bosqich: - mashqning asosiy maqsadi bajarilayotgan mashqlarning ayrim priyomlarini egallashdan iborat. Bu bosqichda murabbiy yoki o’qituvchi o’z 13-14 yoshli basketbolchisining diqqatini mashqning ayrim elementlariga hamda bir butunligiga jalb qilishi kerak. Natijada 13-14 yoshli basketbolchining ko’ruv tasavvuri o’sadi. Bu esa turi priyomlar qo’llashga imkon beradi.
Uchinchi bosqich: - asosiy maqsad malakalarni mustahkamlash va takomillashtirish jarayonini amalga oshirish. Bu stadiyaga ong mashqlarni aniq va bir butun bajarishga qaratiladi. Mashqlar va uch bosqich jarayonlari avtomatlashib harakat malakasiga aylanadi.
Malaka hosil qilishda mashqni takrorlash katta axamiyatga egadir. Chunki takrorlashsiz malaka hosil bo’lmaydi. Lekin bu takror oddiy takror bo’lmay balki mashqni sifat va xarakterini o’zgartiradigan takrordir.
Malaka hosil bo’lish natijasida: sport uchun zarur bo’lgan kuch, tezlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik, sharoitga tez moslashish kabi sifatlar etiladi. Musobaqa jarayoniga psixik jarayonlarning sifati reakstiya tezligi oshib, sportchida orientirovka yaxshilanadi. Tafakkur tez va sifatli ishlaydi. Sportchi o’z harakatini erkin nazorat qila oladigan bo’ladi. Malaka hosil bo’lish jarayonining mashq egri chizig’i deb ataluvchi ko’rsatkichlar yordami bilan grafik ravishda ifodalab berish mumkin. Harakat malakalarining shakllanish jarayoni notekis xarakterga ega.
Harakat malakalarining hosil bo’lishida mushak harakat sezgilari muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda hamma analizatorlar qatnashadi. Sport malakalarini hosil qilishda nutq va tafakkur katta rol o’ynaydi. Har qanday harakat malakalarini hosil qilish boshqa malakalar bilan alokada bo’ladi va bog’lanadi. Bir malakadan ikkinchisiga o’tishda mavjud malakaning ijobiy ta’sir ko’rsatishi - malakani ko’chishi deyiladi. Bir malakani ikkinchi malakaga salbiy ta’sir kilishini interferenstiya deyiladi. Harakat malakalarining susayishi yoki mutlaqo esdan chiqarilishi malakalarning tormozlanishidir.
56
Xulosa
Bitiruv malakaviy ishni bajarish va amaliy sinab kirish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |