Jismoniy madaniyat fakulteti
Talaba Ro’ziyev Dilshod Baxtiyor o’g’lining “Yengil atletika turlari texnikasining asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi rasmiy himoyaga ruxsat etilsin.
Himoyaga bitiruvchining o`zlashtirishi to`g`risida ma’lumotnoma, bitiruv malakayiv ish haqida rahbar hamda kafedra yig`ilishi xulosasi, taqriz va talabaga tavsifnoma ilova qilinadi.
Fakultet dekani: B.B.Ma’murov
2017 yil ___ iyun.
MUNDARIJA
Kirish
|
11
|
1 – Bob. Yurish va yugurish tеxnikаsi аsоslаri
|
16
|
1.1.
|
Spоrtchа yurish tеxnikаsi
|
16
|
1.2.
|
Yugurish hаqidа
|
17
|
1.3.
|
Yurish vа yugurish tеxnikаsining bоg’liqligi
|
17
|
1.4.
|
Spоrtchа yurish vа yugurish tеxnikаsini аsоsiy zvеnоsi
|
18
|
1.5.
|
Yugurishning yurishdаn fаrqi
|
18
|
1.6.
|
Yugurishda tаyanch vа uchish dаvrlаri
|
18
|
1.7.
|
Yuguruvchining uchish fаzаsidаgi hаrаkаti
|
19
|
1.8.
|
Yerga оyoqlаrni qo’yishni аsоsiy turlаri
|
19
|
1.9.
|
Dеpsinish yugurishning аsоsiy qismi vа undа оyoqlаrning hаrаkаti
|
20
|
1.10.
|
Yugurishdа qo’llаr gаvdа vа umumiy оg’irlik mаrkаzi hаrаkаti
|
22
|
1.11.
|
Spоrtchа yurishdа vа yugurishdа nаfаs оlish hamda chiqаrish
|
23
|
1.12.
|
Spоrtchа yurish tеxnikаsining xususiyati (still)
|
24
|
1.12.1.
|
Spоrtchа yurishdа qаdаmlаr hоlаti
|
24
|
1.12.2.
|
Spоrtchа yurishdа umumiy оg’irlik mаrkаzi
|
26
|
1.12.3.
|
Spоrtchа yurishda qаdаm tеzligi vа uzunligining
hаrаkаt tеzligigа bоg’liqligi
|
27
|
1.13.
|
Qisqa masofalarga yugurish texnikasi
|
28
|
2. – Bob. Sakrash texnikasi asoslari
|
37
|
2.1.
|
Yengil atletikada sakrash turlariga xarakteristika
|
37
|
2.2.
|
Yugurib kelish va depsinishni sakrashdagi ahamiyati
|
45
|
2.3.
|
Uchish fazasida sakrоvchining harakati
|
47
|
2.4.
|
Sakrash turlarida yerga tushish (qo’nish)
|
51
|
2.5.
|
Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasi
|
52
|
3 – Bob. Uloqtirish texnikasi asoslari
|
67
|
3.1.
|
Uloqtirish, turtish va depsinish mashqlari yiroqqa otadigan snaryad ekanligi
|
68
|
3.2.
|
Snaryadning uchishi boshlang’ich uchish tezligi, uchib chiqish burchagi, havo qarshiligi
|
69
|
3.3.
|
Aylanishga depsinib yugurib kelish va yugurib kelishga tayyorlanish harakatlari
|
69
|
3.4.
|
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish oxirgi kuch berish va to’xtatish fazalari
|
71
|
3.5.
|
Boshlang’ich uchish tezligi va uchish burchagi. havo qarshiligi, tayyorgarlik ahamiyati, uzoqqa tushishdagi ahamiyati
|
73
|
3.6.
|
Disk uloqtirish texnikasi
|
74
|
Xulosa
|
82
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
84
|
Kirish
Sport – bu millatning o‘zligini anglashda, uning aniq maqsadlar sari jipslashuvi va birlashuvida, o‘zidagi bor salohiyatini hamda qudratini jahon uzra namoyon bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, mamlakat sportini rivojlantirish dolzarb va nihoyatda muhim masaladir. Zero, jismonan baquvvat va sog‘lom millat qudratli bo‘ladi, uning davlati har tomonlama mustahkam bo‘lib, buyuk taraqqiyot sari rivojlanib boradi.
Barkamol avlod tarbiyasida jismoniy madaniyat va sport qanchalik muhim omil ekanligini, hozirgi kunda hukumatimizni sportga g‘amxo‘rligidan va davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan ham anglash mumkin. Jumladan, birinchi Prezident I.A.Karimovning 2000 yil “O‘zbekistonda “Uch bosqichli” (“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”) musobaqalar tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi, 2002 yil 24 oktyabrdagi “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 4 martdagi “Sog‘lom avlod uchun ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi, 1996 yil 13 martdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1999 yil 27 mayda “O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000 yil 15 fevralda “Sog‘lom avlod” davlat dasturi to‘g‘risida”gi, 2002 yili 31 oktyabrdagi “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik–har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” ma’ruzasida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning ta’kidlashicha “Umid nixollari”, “Barkamol avlod” va Unversiada musobakalari bilan chegaralanish kerak emas. Iktidorli o‘smir va kizlarni tanlab olish va tarbiyalash bo‘yicha jiddiy seleksiya ishlarini amalga oshirish zarur. Bu sport tashkilotlari, ta’lim muassasalari va ota-onalar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Iktidorli o‘g‘il va kizlarni tanlash, ularni sinov-tajribalaridan o‘tkazish va etuk darajadagi sport mahoratlarini tarbiyalashda ilg‘or pedagogik tajribalar innovatsion texnologiyalar, ma’naviy va moddiy jihatdan ta’minot (seleksiya tarmog‘i) yukori darajadagi tibbiy mezoniy xizmatlarni yanada kuchaytirishga to‘g‘ri keladi deyilgan1.
Yuqorida keltirilgan fikr va ma’lumotlar negizida yurtimiz aholisining salomatlik darajalarini yaxshilash, ta’lim muassasalarida, aynan uzluksiz ta’lim jarayonlarini amalga oshirish, o‘quvchi yoshlarni jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularni jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlari hamda ommaviy sport musobaqalariga to‘la jalb etish ko‘zda tutilgan.
Ta’lim tarbiya shunday murakkab jarayonki, bu soha vakillaridan har bir mashg‘ulot uchun o‘ziga xos ijodkorlik, yuksak mahorat va yuqori tajriba talab etiladi. Bundan bir necha o‘n yillar avval ta’lim tizimida foydalanib kelingan usullar va vositalar vaqt o‘tishi bilan o‘zining mazmunan rangini yo‘qotib bormoqda. Buni oddiy ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida odatdagi tarzda ya’ni, faqat o‘qituvchi tomonidan ma’lumotlar va fikrlar keltirlishi, o‘quvchi, talabalar esa faqat tinglovchi sifatida vaqt o‘tkazishi hollarida ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kun ta’lim sohasi oldida turgan asosiy vazifalar shundan iboratki, bu kabi odatiy va eskicha usullardan voz kechib, yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari va xorijiy ilg‘or tajribalarga asosan mashg‘ulotlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan fikr va ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qo‘lga kiritilgan yutuq va muvaffaqiyatlar o‘zimizniki, endi esa yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ta’lim tarbiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llagan holda o‘quv mashg‘ulot jarayonini yanada takomillashtirish bugungi kunda jismoniy madaniyat va sport sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning oldilarida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |