27 iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni sifatida nishonlanib keladi



Download 36 Kb.
Sana16.06.2021
Hajmi36 Kb.
#66481
Bog'liq
OAV


OAV

27 iyun - O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni sifatida nishonlanib keladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi. Bayram tabrigida “Kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari haqida so‘z yuritganda, biz, avvalo, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan olijanob va mas’uliyatli kasb egalarini tasavvur qilamiz”- deyilgan.

Ommaviy axborot vositalari bugungi kunda to‘rtinchi hokimiyat sifatida xalqning minbariga aylanib bormoqda. Xalq endilikda ommaviy axborot vositalari orqali o‘z fikrini emin-erkin ifoda etib, unga ishona boshladi. Shuning uchun ham so‘nggi paytlarda OAVga bo‘layotgan murojaatlarning soni keskin oshdi. Ommaviy axborot vositalarida jonli efirlar, real voqealar, masalaning ildizigacha borib o‘rganilgan hayotiy haqiqatlar aks etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust kuni milliy madaniyatimiz namoyandalari, ijod ahli bilan uchrashuvi ommaviy axborot vositalari sohasida ham yangi bosqichni boshlab berdi.

Prezidentimiz “Nima uchun madaniy hayotimizda tanqidiy ruh sezilmaydi? Sog‘lom tanqid, bahs va tortishuv bo‘lmagan joyda chinakam ijod bo‘lishi mumkinmi o‘zi?” degan savollar bilan ijodkorlarga murojaat etgan edi.

Darhaqiqat, baxs-munozara, oshkoralik, shaffoflik bo‘lmagan joyda hech qachon taraqqiyot, rivojlanish bo‘lmaydi. Zero, oshkoralik mavjud muammolar – poraxo‘rlik bo‘ladimi, korrupsiya bo‘ladimi, u yoki bu sohadagi turli tomonga og‘ib ketishlarmi, barchasiga haqqoniy va o‘z vaqtida yechim topadi.

Mazkur uchrashuv ma’lum ma’noda OAVni to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarishga asos bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a emas. Shundan keyin biz televideniye xodimlari ko‘rsatuvlarimizni iloji boricha o‘zimizdagi ichki senzurani, ichki hadikni yengib, xalq talab qilayotgan, zamonga hamnafas shaklda tayyorlashga harakat qilyapmiz. Shundan keyin nafaqat jurnalistlar, balki studiyamizga kelgan odamlar ham “men to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda haqiqatni aytish imkoniyatiga ega bo‘ldim” deb uzoq yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarini ochiq va oshkora aytishga imkon topdi. Buni ham to‘g‘ri ta’kidlash kerak. Chunki avvallari aytilgan gap, albatta, qaysidir ko‘rikdan o‘tkazilib, ichki senzuramiz orqali ko‘rib chiqilardi va oqibatda ba’zan tasmalarda qolib ketardi. Lekin endi odamlar o‘z fikrini, o‘zini qiynayotgan muammolarni, o‘z savollarini ko‘ndalang qo‘yish imkoniga ega bo‘ldi. Chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda aytilgan so‘z – bu, otilgan o‘q hisoblanadi.

Bugungi shiddatli o‘zgarishlar davrida yolg‘on gapirish, muammolarni xaspo‘shlash, balandparvoz gaplar bilan go‘yoki muammolarni bezash, kimgadir yoqish maqsadida ko‘rsatuv tayyorlash yoki maqola yozish davlatimiz rahbari ko‘p ta’kidlaganidek kelajagimizga qilingan xiyonat bo‘ladi. Chunki muammolarni ochiq, oshkora aytib, uni yechsak, kelajak oldida ham yuzimiz yorug‘ bo‘ladi. Misol uchun, “Munosabat” ko‘rsatuvida o‘quvchilarni paxtaga olib chiqish, ko‘cha supurtirish, daraxt oqlash kabi majburiy mehnat bo‘yicha o‘nlab ko‘rsatuvlar tayyorladik. Bu ko‘rsatuvlar xalqni qiynab kelayotgan og‘riqli dard edi va bu narsalar mamlakat siyosati darajasiga ko‘tarilib, oxir-oqibatda bartaraf etildi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari – test tizimidagi adolatsizliklar, bunkerlar, paravozlar haqida ko‘rsatuvlar qildik. Bu muayyan korrupsion elementlarning keskin qarshiligiga uchrasa-da, lekin xalqning e’tirofiga sazovor bo‘ldi va bu narsalar ham OAV xalqqa ko‘prik bo‘lib, xalqning dardini ma’lum ma’noda hukumat darajasiga yetkazishga erishdik. Mana shunday ochiq va oshkoralik bilan iste’dodli yoshlarni tanlab olmaslik, bu kelajakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilish bilan barobar, to‘g‘rimi?

Darhaqiqat, nega kitobxonlik, ma’naviyat, adabiyot, san’atga shunchalik katta e’tibor berilyapti? Axir insonning ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, na sanoatni, na ilm-fanni, na iqtisodni rivojlantirib bo‘ladi. Chunki bu sohalarni ko‘taradigan kimlar, albatta, ma’naviyati yuksak odamlar. Ma’naviy boy bo‘lsa, Vatanni sevadi. Ma’naviy boy bo‘lsa, o‘qishga kirayotganda poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaydi. Ma’naviy boy bo‘lsa, halol va fidoyi tadbirkor bo‘ladi.

Rivojlangan mamlakatlarda kitob o‘qish, teatrga borish, kinoni, madaniyatni, ma’naviyatni rivojlantirish – bu hayotdagi birlamchi masala. Bizning oldimizda ham mana shunday ulug‘vor vazifalar turibdi.

Dunyoda korrupsiyaning eng katta kushandasi bu ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Mana shu yig‘ilishdan keyin biz ijodkorlar studiyamizda o‘tirib, endi bemalol, hech kimdan cho‘chimasdan, mas’uliyatni bo‘ynimizga olib, eng dolzarb vazifalarni ko‘tarib chiqa boshladik. Bu ko‘rsatuvlar jamiyat taraqqiyotiga ma’lum ma’noda ta’sir qildi. Odamlarning dilidagi gapni aytish asli bizning burchimiz.

Har qanday jamiyatda OAVga to‘rtinchi hokimiyat maqomini bermaslikka intilish mamlakatda illatlarning avj olishiga muhit yaratadi. OAV bo‘g‘ilgan joyda illatlar avj oladi. Bugun biz shu soha vakili sifatida shu illatlarni bartaraf etmasak, ertaga farzandlarimiz, nabiralarimiz illatlar qurboni bo‘lish hech gap emas. Ilmsizlik rivojlanib, ma’naviyat yuksalmasa, bolaga Vatanni sev, deya olmaymiz. Shuning uchun har bir sohada adolat, oshkoralik va shaffoflikni qaror toptirish biz – OAV vakillari oldidagi eng katta, sharafli va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biridir.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida so‘z erkinligi yo‘qligi, xalqning ijtimoiy fikri jonli efirda berilmasligi, qaysidir mutasaddi shaxsning cheklashlariga ko‘ra intervyulardagi tanqidiy fikrlar kesib tashlanishi va belgilangan shablonlar ichidagina so‘z aytish mumkinligi butun dunyoga ma’lum edi. Bu muammoning borligi hech kimga sir ham bo‘lmay qolgan edi. Lekin ba’zi amaldorlar bu vaziyatni yaxshi bilishsa ham o‘zlarining siri ommaga fosh bo‘lishidan qo‘rqqani uchun jurnalistlarni va axborot agentliklarini qo‘rquvda ushlab turish ishlari bilan band edi. Ayrim xalqaro tashkilotlar aynan mana shu kamchiligimizdan O‘zbekistonni dunyo hamjamiyati ko‘z oldida obro‘sizlantirish kampaniyalarida foydalanishar edi. Bu voqealar hozirgi kunda ham uchrab turadi.

Butun dunyoda yangiliklarni kim yoki qaysi axborot agentligi birinchi yoritgani juda muhim masala. Masalan, yaqin kunlargacha qamoqda begunoh yotgan insonlar endi ozodlik huzurini tortmoqda. Ularni jamiyatimizga integratsiyalash jarayoni davom etayapti. Bundan tashqari hali begunoh qamalib, azob chekayotgan yosh olimlarimiz va jurnalistlarimiz bor. Ular haqidagi tafsilotlarni O‘zbekiston axborot agentliklaridan oldin chet el axborot agentliklari berdi va har xil talqin qila boshlashdi. O‘zbekistonlik jurnalistlar uchun bu juda katta zarba edi. Aslida bunga o‘zimiz ham aybdormiz, jurnalistikaning shunday nozik taraflariga e’tiborsizlik qilib, voqealar tafsilotini aniqlashni va ommaga yetkazishni eplay olmay, yana birovdan xafa bo‘lamiz.

O‘zimizda shuncha talantli jurnalistlar bo‘la turib, bizning ichki muammolarimizni boshqa davlat jurnalistlari o‘z o‘lchamlariga ko‘ra talqin qilib tursa kimga yoqardi. Chunki masalaning ichida turib tadqiq qilib ishlash bilan qandaydir noma’lum shaxsning O‘zbekistonda turib yozib yuborgan yoki telefon yo internet orqali bergan ma’lumoti asosida ishlash o‘rtasida juda katta tafovut bor.

Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi.

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

"M." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Mac, Forobiy fikricha, har bir inson oʻz tabiatiga koʻra, "oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi", bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning taʼkidlashicha, "madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma babbaravardir, kishilar oʻrtasida farq boʻlmaydi, har kim oʻzi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod yashaydilar". Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi.

19-asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan demokratikmaʼrifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad Donish, Avaz Oʻtar, Komil Xorazmiy va boshqa xalqni M.li qilishning omili ilmmaʼrifatni egallashda deb bildilar. Ular oʻrta asr jaholatiga qarshi xalq oʻrtasida ilmmaorif va M.ni zoʻr ehtiros bilan targʻib qildilar. Mas, Furqat fikricha, ilmfan bir mashʼ-al boʻlib, insoniyatning baxt-saodat yoʻlini yoritib turishi kerak.

19-asrning oxiri va 20-asrning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati namoyandalari, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy va boshqa oʻzlarining maʼrifatparvarlik ishlari bilan M. rivojiga muhim hissa qoʻshdilar. Ular turli gaz. va jur.lar chiqardilar, nashriyot va bosmaxonalar tashkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar, yangicha maktablar ochdilar, oʻtmish madaniyatimizni, tariximizni targʻib qildilar, dunyoviy bilimlarni chuqur egallashga daʼvat etdilar. Maʼrifatchilikning keng quloch yoyishi samarasi oʻlaroq, xalqning umummadaniyati yuksala bordi.



Yevropada "M." deyilganda dastlab insonning tabiatga koʻrsatadigan maqsadga muvofiq taʼsiri, shuningdek, insonga taʼlimtarbiya berish tushunilgan (lot. cultura — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi "kultura" soʻzi ham shundan olingan). M. faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini ragʻbatlantirishni ham oʻz ichiga olgan. M.ga bunday ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos (mas, Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dharma). Ellinlar "madaniyatsiz" varvarlardan oʻzlarining asosiy farqini "paydey", yaʼni "tarbiyalanganlik"da deb bilganlar. Qad. Rimning soʻnggi davrlarida "M." tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va oʻrta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish