Fakulteti,,xayot faoliyati xavfsizligi


Asosiy qism II.1. “Radiatsiya xavfsizligi” fanining maqsadi, vazifalari va o‘rganish obyektlari



Download 0,61 Mb.
bet2/12
Sana03.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#736726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi — копия

Asosiy qism
II.1. “Radiatsiya xavfsizligi” fanining maqsadi, vazifalari va o‘rganish obyektlari.
Radiatsion himoyaning asosiy maqsadi – biosferaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, odam va hayvonlar organizmini zararli nurlanishlardan asrash va h.k. Zararli nurlanishlarning organizmga biologik ta’siri haqidagi ma’lumotlar radiatsion himoya yoki radiatsion xavfsizlik me’yorlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda yoki ulardan foydalanishda xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, avvalo, xodimlarni xavfli nurlanishlar manbai (yadro reaktorlari, gamma-defektoskoplar, radioizotop termoelektr generator va b.) ta’siridan ishonchli himoya qilishdan iborat.
Radiatsiyaviy xavf va undan xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida aholi va xodimlarni nazariy bilimlarga ega qilish, bilimdonligini oshirish birinchi bosqichdagi xavfsizlik ishlari hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassis va rahbar xodimlarning radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi bilimlari kelgusi ishlab chiqarish faoliyatida ko‘plab ishlovchilar va aholiga foydasi tegadigan va oxir-oqibatda mamlakat va aholi uchun foydali ishdir. Aholining va xodimlarning soha bo‘yicha savodxonligi ularning radiatsiyaviy avariyalar holatida, nurlantirish manbalari bilan muloqotda vahimaga tushib qolmasligi va o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligining asosi hisoblanadi. Nurlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish mumkinligi, ularni davolanishi mumkinligi xodimlar va aholi ishonchini hosil qiladi, tushkunlikka tushishining oldini oladi. Ularning ruhiy tayyorgarligini shakllanishiga xizmat qiladi.
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida, ishlab chiqarishda odam uchun zararli nur chiqaruvchi ishlab chiqarish asbob-uskunalari, dastgohlari mavjud. So‘ngi yillarda radiotexnika, tibbiyot, yadro-fizikasi, axborot va boshqa sohalarda radiaktiv nur chiqaruvchi potensial xavflar mavjud. Ulardan to‘g‘ri foydalanmaslik, ulardagi nosozliklar va boshqa sabablardan nur kasalligiga tushayotgan odamlar uchrab turadi. Tibbiyot sohasida ishlatilayotgan radiaktiv nur bilan bog‘liq asbob uskunalarga ham ularning mutloq himoya qiladigan qurilma va vositalariga kafolat etarli emas.
Nur kasalligiga chalinayotganlar orasida soha xodimlaridan tashqari o‘smir bolalar ham uchrab qoladi. Ular nimadan va qayerdan nur ta’siriga tushib qoladi. Manbalardan ma’lumki so‘nggi avlod televizor ekranlari, kompyuter monitorlari nur chiqarishdan yaxshigina himoyalangan, ularning oldingi avlodlarida himoya choralari 12 anchagina past bo‘lgan. Ulardan surunkali foydalanish ham sabab bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtdagi aloqa vositalari, texnikalari, ularni ishlab chiqaruvchilar ham nurlanish bo‘yicha potensial xavflarga ega. Ayniqsa, foydali qazilmalar bilan shug‘ullanuvchilar: uran, plutoniy, qo‘rg‘oshin va boshqa soha konchilari, ularni tashishda, saqlashda va qayta ishlashda ishtirok etuvchilar, nur chiqaruvchi asboblarni ishlatuvchilar, yadro-fizikasi bo‘yicha laboratoriya - tajriba ishlarini o‘tkazuvchi tadqiqotchilar ham nurlanish olishlari mumkin.
Radiatsiya – bu energiyaning zarrachalar yoki to‘lqin shaklida tarqalishidir. Yorug‘lik, ultrabinafsha nurlar, infraqizil issiqlik nurlantirish, mikroto‘lqinlar, radioto‘lqinlar radiatsiyaning turli shakllaridir. Ayrim nurlanishlar ionlashtiruvchi nomini olganki ular nurlangan moddalarda ionlashishni sodir qiladi. Ularning odamga salbiy ta’siri og‘ir oqibatlar bilan yakunlanadi. Shu sababli, mazkur fan o‘quvchilarda radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida tushunchalarni hosil qilishga manba bo‘ladi. Buni bilgandan so‘ng ular bilan munosabatda e’tiborli bo‘lishlari tabiy.


“Radiatsiya xavfsizligi” fani quyidagilarni o‘rgatishni vazifa qilib belgilaydi:


-o‘quvchilarda nurlanish va nur manbalari to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish; -nurlanishning sabablarini bilish;
-odam organizmi uchun zararli nurlar to‘g‘risida ma’lumotlar hosil qilish; -radioaktiv parchalanish, ionlashtiruvchi nurlanishlar haqida bilimni hosil qilish;
-radiatsiyaviy xavfsizlik va uning huquqiy asoslarini bilish;
-radioaktiv parchalanish qonuni;
-radioaktiv moddalarni iqtisodiyotda qo‘llanishi;
-atom energetikasi sohasi;
-nur kasalliklari va ularni davolash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish;
-nurlanishlar ta’sirining biologik oqibati;
-radioaktiv ifloslanish, uning atrof-muhitga va odamlarga ta’sirini o‘rganish;
-dozimetriya asoslari, ionlashtiruvchi nurlanishlar dozimetriyasi to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish;
-dozimetrik asboblardan foydalanishni o‘rganish;
-radiometriya va radiometrik asboblardan foydalanishni o‘rganish;
-radiatsion xavfli obyektlar, atom energetikasi sohasi bo‘yicha ma’lumotlarga ega qilish;
-dunyo mamlakatlarida ro‘y bergan radiatsiyaviy avariyalar;
-radioaktiv ifloslanish to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish;
-radiatsiyaviy avariya holatlarida aholini va xodimlarni muhofazalash;
-radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza inshootlari, qurilmalari va vositalari, ulardan foydalanish, jamoaviy va shaxsiy muhofaza vositalari; -ifloslangan joy, asbob-uskunalar, jihozlarda zararsizlantirish tadbirlari va urlarni bajarish;
-radiatsiyaviy xavflarda sanitar
- gigienik va boshqa tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar.
Fanning obyekti bo‘lib radiatsion xavfli holatga olib keluvchi barcha faoliyatlar va obyektlar hisoblanadi.
Endilikda nurlanish olishning individual dozalarini davlat nazorat qiladi va hisobga oladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjat bilan “Individual nurlanish dozalarining yagona davlat hisobi va nazorat tizimi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanadi.
Unga asosan ushbu nizom individual radiatsiya dozalarini monitoring qilish va hisobga olishning yagona davlat tizimini tashkiliy tuzilmasi va tartibini belgilaydi.
Yagona tizim doirasida kuzatilishi va hisobga olinishi mumkin bo‘lgan ta’sir turlarini aniqlaydi, nurlanish dozalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va ularni hisobga olishni tartibga soladi.
Yagona tizim radiatsiyaviy holatni monitoring qilish bo‘yicha yagona davlat avtomatlashtirilgan tizimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining laboratoriya kompleksi radiologiya laboratoriyasi bazasida tashkil qilinadi. Ayrim radiatsiyaviy dozalarning hisobi va monitoringi radiatsion vaziyatni monitoring qilishning yakuniy bo‘g‘ini bo‘lib, axborot ta’minoti va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan aholining radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni asoslashga xizmat qiladi.
Shuningdek yagona tizimni yaratish faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi qoida va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
• radiatsiyaviy vaziyatning o‘zgarishi munosabati bilan nurlanish xavfsizligini ta’minlash uchun ta’sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar va qarorlarni qabul qilish uchun ijro hokimiyatlarini axborot va ma’lumot bilan ta’minlash;
• radiatsiyaviy omilning aholiga ta’sirini baholash;
• nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish;
• ta’sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
• ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining barcha turlaridan aholining alohida guruhlari tomonidan olingan individual va kollektiv nurlanish dozalarini tahlil qilish;
• nurlanishning belgilangan me’yorlaridan yuqori bo‘lgan shaxslarni hisobga olish;
• ta’sir qilish natijasida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishda tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;
• nurlanish natijasida aholiga tibbiy oqibatlarini bashorat qilish va uni kamaytirishning eng yaxshi yechimlarini topish yo‘li bilan axborot ta’minlash;
• aholi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga nurlanish dozalari to‘g‘risida ob’ektiv va ishonchli ma’lumot olish imkoniyatlarini berish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun yagona tizim quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishni ta’minlashi kerak:
• hududiy va idoraviy darajadagi amaldagi radiatsiyaviy xavfsizlik standartlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual radiatsiya dozasini boshqarish va hisobga olish;
• nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish uchun metrologik, texnik hamda axborot talablariga rioya etilishini ta’minlash va monitoring qilish;
• davlat statistika hisoboti shakllari asosida individual nurlanish dozalari hisobini yuritish;
• ionlashtiruvchi nurlanish manbalari ta’sir etganda, uning individual (shaxsiy) dozalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish (bundan keyin - MB);
• ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bo‘yicha statistik qo‘llanmalar tayyorlash;
• jismoniy va yuridik shaxslar talabiga binoan individual nurlanish dozalari to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlarni taqdim etish.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish