partalar doira shaklida qo'yib chiqiladi.
Tashkiliy qism. Sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib o'tiradilar. O'qituvchi guruhlar
bilimi teng bo'lishi uchun qizil, ko'k, oq, yashil, sariq rangli doirachalardan foydalanishi
mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni tashkil etishi aytiladi. Har bir guruh o'ziga
nom tanlaydi. Buning uchun o'quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish,
mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish lozim.
— Topishmoqning javobini toping: Elakdan un elandi
Supra unga belandi. (qor)
— Qor qaysi faslda yog'adi?
— O'ylang, bugun o'rganadigan yangi mavzu nima haqida ekan?
Xattaxtaga bo'lim nomi — „Kumush qish" yoziladi. So'ng guruhga qish fasli bilan
bog'liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi.
1-guruh „Qorparcha", 2-guruh „Ayozbobo", 3-guruh „Qorbobo", 4-guruh „Sumalak", 5-
guruh „Qish" deb nomlanishi mumkin. Har bir guruh a'zolari o'zlariga sardor saylaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |