Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №



Download 2,44 Mb.
bet8/9
Sana02.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#729453
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FARG’ONA
Zamonaviy Farg‘ona - iqtisodiyoti va madaniyati rivojlangan yirik sanoat markazi. Bu yerda amaliy sanʼat, sheʼriy adabiyot va taʼlim anʼanalari saqlanib qolgan. Shaharga tashrif buyurganingizda quyidagilarni ko‘rishingiz mumkin:
✔ Markaziy bog‘ va al-Farg‘oniy yodgorligi;
✔ O‘lkashunoslik muzeyi va qo‘g‘irchoq teatri;
✔ "Yangi Chek" va “Nur-Jomiy” masjidlari;
✔ Rus drama teatri;
✔ Farg‘ona davlat universiteti;
✔ "Ofitserlar uyi";
✔ Sergiy Radonejskiyning ibodatxonasi.

ANDIJON
Andijon shahri - o‘zbek sheʼriyatining taniqli vakili, Mug‘allar sulolasining asoschisi, sarkarda va hukmdor Boburning vatani. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan, arxeologik yodgorliklar va tarixiy obidalarga boy bo‘lgan shaharni , tashrif buyurishga tavsiya etamiz:
✔ Bobur bog‘i;
✔ Jomiy meʼmoriy majmuasi;
✔ Qutayba ibn Muslim maqbarasi;
✔ Bibi Seshanba (muqaddas joy).

BUXORO
Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan.
Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling:
✔ Poi-Kalon meʼmoriy yodgorlik;
✔ Ark qalʼasi;
✔ Somoniylar maqbarasi;
✔ Chashmai Ayub maqbarasi;
✔ Magaki-Attari masjidi.
✔ Mirzo Ulug‘bek madrasasi,
✔ Miri-Arab madrasasi,
✔ Lyabi-Xauz ansambli va boshqalar.

2.3.Zamon talabiga mos bo’lgan sayyohlik mahsulotlarini tashkil etish va ommaga tadbiq etish yo’llari
Turizm va turistik faoliyati — inson faoliyatining murakkab ijtimoiy jarayonlari va ko’p qirrali turlari. Turistik faoliyatni turizm tashkilotchilari (turoperator va turagent hamda barcha ishtirokchilar)ning iste‘mol mahsulotni — turistik mahsulotni shakllantirish bo’yicha faoliyatni, bir tomondan, va ikkinchi tomondan, bu mahsulotni iste‘mol qiladigan turistlar faoliyati sifatida ko’rib chiqish mumkin. Bunda davlat soliqlarni yig’ishda o’z manfaatlarni hushyorlik bilan ta‘minlaydi. Turistik mahsulot turistik taklif va turning asosi bo’ladi. Turistik faoliyatni muvaffaqiyatli yuritish uchun firmalar o’z sa‘y-harakatlarni sovurish maqsadida muvofiq emas, balki turistik mahsulotni ist‘emolchilarga o’tkazib berishi shart. Turistik firmalar, boshqaruv va turizm organlari, mehmonxonalar va boshqa joylashtiruv vositachi korxonalar, transport korxonalari, o’yin-tomosha vositalari, Shuningdek, sayohat xizmatlari va tarjimon-gidlar xizmatlari faoliyatlarini o’zaro mujassamlashtiriladi. Barcha turistik biznes korxonalarning asosiy faoliyati xizmat ko’rsatish faoliyatini birlashtirish xizmat ko’rsatish deganda, aholi tarkibini qoniqtiradigan foydali faoliyat sifatida mavjud, o’ziga xos harid qiymati tushuniladi. O’zbekiston Respublikasida ko’rsatilgan barcha xizmat turlariga davlat tomonidan iste‘molchilarning sog’lig’i va hayot xavfsizligini ta‘minlashga talablar ishlab chiqilgan. Ushbu talablar davlat standartlarida aks etgan va ularga rioya qilish turistik biznes korxonalari uchun moyildir. Turistik biznes korxonalari quyidagilarni amalga oshiradi:
1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyati;
2. Savdo-sotiq faoliyati bu boshqa korxonadan olingan mahsulot va xizmat ko’rsatish savdosida namoyon bo’ladi;Savdo sotiq faoliyati:
a) ko’tara (ulgurji) savdo (yuridik shaxslar o’rtasida);
b) chakana savdo (yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida);
3. Vositachilik faoliyati — turistik biznes korxonalari tomonidan o’ziga tegishli bo’lmagan xizmat ko’rsatish va mahsulot savdosida aks etadi.
Turistik biznes korxonalari ishlashi uchun umumiy sharti bu faoliyatning alohida turlariga litsenziya olishdir. Litsenziyasiz faoliyat turi bu shartni bajarmagan bo’ladi va qonun bo’yicha bu faoliyat noqonuniy hisoblanadi. Barcha turistik korxonalari haridorlar bilan pulsiz va naqd pullik hisob-kitobni amalga oshiradi va qonunda belgilangan hisob-kitob tartiblariga to’la rioya qilishi shart. Turistik mahsulotning asosiy manbalari bu destinatsiyaning turistik resurslari. Turistik mahsulot — turizm jarayonida va maqsadida turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lgan ikkita yoki undan ko’p bo’lgan yakka yoki ko’pgina maqsadga yo’naltirilgan turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar yig’indisi (turpaket yoki turistik xizmatlar paketi)dir.


Turistik mahsulot uni tashkil qiladigan uch tarkibiy qismdan iborat: a) turistik xizmatlar (turizm tashkilotchilari xizmatlaridan — turoperator va turistik agentlari, taShuvchilar xizmati, mehmondorchilik va ovqatlanish tizimining xizmatlari, boshqa turistik xizmatlar qatoriga kiradigan xizmatlar)dir; b) turistik xizmatlarni iste‘mol qilish jarayoniga yo’ldosh bo’lgan ishlardan; c) turda iste‘mol qiladigan tovarlar hamda tur tashqarisida iste‘mol qilinadigan tovarlardan. Turistik mahsulot barcha iste‘molchilar uchun yagonalik belgilariga ega bo’lgan resurs unsurlarga, jumladan, resurs tarkiblari hamda turizm infratuzilmasining ob‘ektlari va tizimlariga asoslanadi. Tarkibiy qismlari tabiiy tafsilotga ega bo’lishi mumkin va ishlab chiqaruvchi — iste‘molchi ongidan tashqarida amal qilishi mumkin. Masalan, shimol yog’dusi, oq tunlar, tabiiy manzaralar va boshq. Turistik mahsulotning tarkibiy qismlari faqat birgalikda amal qilishi mumkin. Shunday rivojlangan infratuzilma bo’lishi shart: aloqa qilish yo’llari, kommunal va maishiy xizmatlar tizimi, savdo. Unsurlarning bu o’zaro aloqasi seziladigan yoki sezilmas bo’lishi mumkin, ammo doimo va har qanday yakka unsur boshqa manbalarning mahsulotlari unsurlariga tayangan holda yashaydi. Salohiyatli turistik xossalarning rivojiga qat‘iy shart bo’lib, turistlarning resurs yoki resurs manbasiga yetib kelishi hisoblanadi. Agar yetib kelish sharoiti yoki boshqa zaruriy, yetarli sharoitlar bo’lmasa, resurs yoki ob‘ekt salohiyatli turistik mahsulot bo’la olmaydi. Demak, bu mahsulotga turizm maqsadida sababli talab bo’lishi zarur.


Xulosa

Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini turizm sohasi tarmoq sifatida salmoqli o’rinni egallab bormoqda. Bu hol ushbu sohani ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq qilishni zaruratini keltirib chiqaradi. Mazkur kurs ishida O’zbekiston sayyohlik mahsulotlarini tadbiq etishni shakllanishi, uning tarixi hamda hozirgi davrda rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va jihatlarini ochib berishga harakat qilindi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi muhim xulosalarni e’tirof etish mumkin:


Turizmda sayyohlik xizmatlari va mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqarish o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi. Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Kishilik jamiyati taraqqiy etishi bilan chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va fan texnika taraqqiyoti sababli sayohatchilik ham o’zgarib borgan. Insoniyat hayot yo’lida fan texnika taraqqiyoti tufayli sayohatchilik shakllari bir turdan, ikkinchi turiga o’tib turgan. Masalan: agarda qadim zamonlardan sayohatchilikning asosiy harakat vositasi ot, eshak, tuya va boshqa hayvonlar bo’lgan bo’lsa keyinchalik kema, mashina, samolyot va shu kabi zamonaviy texnika vositalaariga almashinib boravergan. Vaqt o’tishi bilan turizm sohasi sayohatchilikdan turizm ko’rinishiga o’ta boshlagani ham muhim ahamiyatga egadir.
Turizmda sayyohlik xizmatlarini samarali boshqarish uchun uni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va davlat tomonidan nazorat qilishlikni taqozo etadi. Bu esa o’z o’rnida davlatning turistik yagona siyosatini ishlab chiqishni talab etadi. Turistik yagona davlat siyosati shundan iboratki, bu ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashqi-siyosiy, madaniy va boshqa xarakterga ega bo’lgan tadbir-choralar va uslublar tizimi bo’lib parlament, hukumat, davlat organlari, xususiy, hissadorlik va boshqa korxonalarni turistik zahiralardan to’g’ri foydalanish, turistik industriyani rivojlantirish uchun va turizm industriyasi tizimining samarali faoliyatini yanada oshirish uchun bo’lgan harakatidan iboratdir. Sayohatning yetarlicha oliy darajada qulayligi, yuqori tezligi, turistik guruhlarni qulay joylashtirilishi, uncha yuqori bo’lmagan baholar bo’lishi bilan farqlanadi.
Har bir turistik firma va koronaning faoliyati albatta biror vaqtda boshqa korxonalar bilan biznes bo’yicha hamkorlik shartnomalariga (kontrakt) ega bo’lishlari shart. Bu ular o’rinidagi o’zaro aloqalarni tartibga solib turadi va turizm indisturyasi sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlikka asos bo’ladi. Tur xizmatlarga bo’lgan mijozlar talabini o’sib borishi va raqobatlar shartlarini kuchayishi sharoitida turistik korxonalar faolyatida bo’ladigan ishonchli shartnoma muxim axamiyatga ega. Tur o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgani uchun ya’ni ko’rsatiladigan xizmatlar xarakteri, sotish shartlari maqsad xarakteri, o’ziga xos bo’lganligi uchun shartnomaviy munosabatlar xam aloxida xususiyatlarga ega bo’ladi. Bugungi kunda bizga nisbatan G’arbdagi turistik faoliyatning ko’pgina sohalarida rejalashtirishga yondashuv hayratlanarli darajada keng tarqalgandir. Ular foydani rejalashtirishni kamrab oluvchi g’oya ekanligini hamda bu tabiiy holat ekanligini ta‘kidlashadi. Lekin foydani rejalashtirish o’z vazifasini bajarishi mumkin hamda ba‘zi kompaniyalarda mohirlik bilan amalga oshiriladi. Nima uchun foydani rejalashtirish Shunday muvaffaqiyatlarga qodir ekanligini, ko’pginpa kompaniyalar hali tushunishmaydi. Bunga javob bo’lib, turistik tashkilotlarda foydani rejalashtirish bo’yicha harakatlarga to’siqlarni yaratuvchi to’rtta asosiy noto’g’ri fikrlash orqali javob berish mumkin: - foydani rejalashtirish noreal hisoblanadi; - bu — ish faqatgina shtatdagi xodimlar ishi; - bu — bevosita menejerlarga tegishli emas; - bu — haqiqatda xodimlarning asosiy funksiyasida qo’llanilmaydi. Yuqoridagi xatoliklarni har biri qandaydir ma‘noda haqiqat kasb etadi, lekin ularni har biri foydani rejalashtirish uchun qilingan barcha harakatlarni to’xtatib qo’yishi mumkin.Shu sababli turistik mahsulotlarga bo’lgan talablarni qondirish maqsadadida,sifatli va zamon talabiga to’g’ri keladigan tur mahsulot ishlab chiqish kerak deb o’ylayman.


Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish