O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Respublika turizm industriyasining boshqaruvi tarmoq miqyosidagi ko’p mulkchilik hozirgi holati va unda xususiy mulkning ustuvorlik tamoyili, xususiy turistik biznesning ulushini yalpi ichki mahsulotda tobora ortib borishi, Xalqaro turistik andozalari darajasiga ko’tarish masalalarida xususiy biznesni va tadbirkorlar miqdorini yanada ortib borishi, xususiy mulkdorlar foydasiga qaytadan rasmiy ravishda ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunqi tarmoq miqyosida nohukumat ijtimoiy turistik firma va korxonalar, eng avvalo, milliy xususiy turistik korxonalar, tashkilotlar shaklida ko’payib, bu sohada ular o’z mazmun va ahamiyatiga ega bo’lib bormoqdalar, Xalqaro turistik firmalar darajasiga chiqishga harakat qilmoqdalar. Hozir Respublikada xususiy turistik firma va tashkilotlarning soni 900 ga yaqinlashib qoldi. Samarqandda esa 150 dan oshiqdir. Shunday qilib, Respublikada turizm industriyasi vujudga keldi va mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egadir. Turizm industriyasida har yili 95 mlrd.so’mga yaqin turistik mahsulot yaratilmoqda va bir millionga yaqin chet el va mahalliy turistlarga xizmat ko’rsatilmoqda.
Turizm-bir butun falsafiy tushuncha bo’lib, odamning hayoti va faoliyatining ma’lum tomonlarini aks ettiradi. Bu - dam olish, sust yoki faol sayr-tomosha, o’yin-kulgi, ermak qilish, sport, fan, o’rab olgan muhitni o’rganish va bilish, savdo, davolanish, qimor o’ynash va odamni qiziqtiruvchi boshqa narsalar bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Ammo, turizm insonning faoliyatlaridan tubdan farq qiladigan soha bo’lib insonning boshqa yurtlarga, mamlakatlarga, kontinentga, o’zining yashab turgan muhitidan farq qiladigan joyga vaqtincha o’zgartirishni tavsiflaydigan harakatdir. Turizm bu:
a) turizm aniq maqsadlarga ega bo’lgan maxsus ommaviy
sayohatlar turidir, ya’ni turistik faoliyatdir;
b) turistik sayohatni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha turistik firma va tashkilotlar faoliyatidir. Bunday faoliyat turizm sanoatining har-xil korxonalari va tashkilotlari orqali o’zaro aloqasi bo’lgan tarmoqlar orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon turizm industriyasi shakli va holati XIX-XX asrda haqiqatdan tez rivojlanishi, texnika va texnologiya ijtimoiy munosabatlarini taraqqiy etgan davrda vujudga keldi va dunyoga tarqaldi. Bugun turizm qudratli dunyo sanoati bo’lib jahon yalpi mahsulotining 10-12 %ni tashkil etgan yirik kapital va asosiy vositalarni, millionlab xizmatchilarni o’z domiga tortgan ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. 2010-2018 yillar davomida sayohatchilarning yillik miqdori 10%ni tashkil etgan bo’lsa, Butunjahon Xalqaro Turistik tashkilotining bergan ma’lumotiga qaraganda 2012 yilda turistlar soni 194 ming. 2013 yilda 616 ming, 2015 yilda 900 ming., 2017 yilda 1 mln. 800ming kishini tashkil etdi.Turizm industrisidan kelayotgan umumiy daromad 2018 yilda 1 trillionga yaqin bo’ladi. Turizm industriyasi yirik biznes, mo’l-ko’l boylik va dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan iqtisodiy siyosatdir.
Bunday katta miqdorda bo’lgan turistlar xizmatini olib borishga dunyo bo’yicha ko’p millionli mutaxassis va xodimlar bir-biriga bog’liq bo’lgan tarmoqlar band bo’ladi. Hozirgi vaqtda dunyoda ishlaydigan har 15 kishidan biri turizm industriyasi sohasida ishlaydi. Demak, o’zining tutgan o’rni va mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqsak, turizm – bu iqtisodiy, siyosiy va sosial tushunchadir. Boshqacha aytganda turizm – bu kishilarning bo’sh vaqtida o’zining doimiy yashab va ishlab turgan joyidan o’zga mamlakatlarga, joylarga, mamlakat chegarasidan tashqariga yoki mamlakat bo’ylab ko’ngil ochish, dam olish, davolanish, mehmonnavozlik, dunyoni bilish, diniy yoki kasb-hunar maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, lekin borgan joyida haq to’lanadigan ishni band etmasligi turizm industriyasi faoliyati bilan bog’liq tushunchadir. Shunday qilib turizm industriyasi deganda mehmonxonalar va boshqa joylashish vositalari, transport xizmatlari, umumovqatlanish ob’yektlari, ko’ngil ochish, bilish, o’rganish, davolanish, din va boshqa ob’yektlar va vositalar, turoperatorlik, turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi hamda turistik ekskursiya, gid-tarjimonlik xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilotlar va korxonalar majmuiga tushunamiz. Turizm industriyasi sohasidagi ikki sub’yekt: turoperatorlik va turagentlik bo’lib, ular turistik xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va realiazasiya qiluvchilar o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O’z navbatida ularning faoliyati ham turistik mahsulot tarkibiga kiradi.Jahon xalqaro turizmi sohasidagi barcha mutaxassislar turizm industriyasi rivojlanishi asosida iqtisodiy va ijtimoiy progress yotganini, shu bilan birgalikda turizm industriyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ham mavjudligini tasdiqlaydilar. Ular quyidagilardan iborat:
Siyosiy omil. Mamlakatda barqaror siyosiy vaziyat – bu turistik biznesning harakat qilish shart-sharoitlaridan biridir. Bundan tashqari, u yoki bu mamlakatlarda turizm rivojlanishi uchun xalqaro munosabatlarning xususiyatlari, vujudga kelgan savdo holati, mamlakat to’lov balansi, uning hamkorligi, jahondagi xalqaro vaziyat va alohida hududiy tinchlik juda zarurligidir. Iqtisodiy omil. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi aholi daromadlarining ko’payishi bu mamlakatlar aholisining sayohatga ko’proq pul mablag’larini xarajat qilishlariga olib keladi. Ayrim Yevropa mamlakatlari turistlari daromadlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, barcha mamlakatlar turistik oqimida o’rtacha sinfning ulushi ko’proqdir (masalan, Niderlandiyada-40 %, Italiyada-59 %). Shu bilan birgalikda yuqori daromad oluvchi shaxslar (Niderlandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) joylashish, oziq-ovqat va boshqa xizmat ko’rsatish turlariga katta talab qo’yadilar.
Iqtisodiy-demografik omil. Turizm industriyasi taraqqiyotiga ayniqsa shahar aholisining o’sishi katta ta’sir etadi. Psixolog-mutaxassislar fikricha odamga bo’lgan ruhiy zarba, his-hayajon, noaniqlik, hayotida kishilar bilan aloqa yo’qligi tabiatdan uzoqlashish kabi hodisalar tufayli shahar aholisi o’z muvozanatini saqlash uchun turizmga qarab harakat qiladi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida ish vaqti va bo’sh vaqti o’rtasidagi nisbat o’zgarib turishi tendensiyasiga ega. Ish vaqtining qisqartirilishi va bir vaqtda mehnat intensivligini qayta tiklash va uni ushlab turishning birdan-bir yo’li turizmdir. Odamlar bo’sh vaqti miqdorining ko’payishi va sayohatni qisqa vaqt ichida bo’lishi, ya’ni turistik sayohat kam vaqt davom etib, tez-tez takrorlanib turishi bilan xarakterlanadi.
Bundan tashqari jamiyat qarishi, uylanishning kechga surilishi, yakka kishilar sonining ko’payishi, ishlovchi xotin-qizlar miqdorining oshishi, bola tug’ilishini kechiktirish harakatlari, oila juftligi bolasizlik miqdorini ko’paytirishi turizm rivojiga ta’sir ko’rsatadi. O’rtacha yashash vaqtini uzaytirish va tug’ilishni kamaytirish, qari odamlarning ko’payishiga olib keladi. Ayrim hisoblarga qaraganda 2016 yilda 700 mln. ga yaqin turistlar qari yoshdagi insonlar bo’lgan. Bu turistik bozor bo’g’ini turizm industriyasini tashkil etish uchun juda muhim va jozibador hisoblanadi. Butunjahon turistik bozorining bu bo’g’ini muhimligini hisobga olgan holda Butunjahon Turistik Tashkiloti «Uchinchi yoshdagi shaxslar» ga bag’ishlangan alohida konferensiya o’tkazdi va turizm industriyasi xodimlari uchun tavsiyanomalar ishlab chiqarildi.
Shu «Uchinchi yoshdagi shaxslar» guruhi uchun xavfsizlik dasturi, Meditsina xizmati, parxez ovqatlar, madaniy tadbirlar, sayr-tomosha, ularga muvofiq jismoniy og’irlik, dam olishlar to’g’risida aniq va to’g’ri axborotlar taqdim etiladi. Xalqaro turizmda mavjud munosabatlarni o’zgarishida ayollarni mehnat jarayoniga keng tortish kabi masalalar bor. Ayollar hamma vaqt obro’-e’tibor va lavozim uchun kurashadilar. Bu narsa kech turmushga chiqishga va bolalar tug’maslikka olib keladi. Moddiy tomondan mustaqil bo’lishlik oqibatida tadbirkorlik maqsadida ayollar o’rtasida sayohatchilar ko’payadi. Turistik tashkilotlar bu guruh iste’molchilarning maxsus talablarini qondirishga harakat qiladilar. Dunyoning yirik shaxarlarida tanholikda yashovchi kishilarning miqdori oshib bormoqda, bunday odamlar yuqori ma’lumotli, kasbiy o’sishga qodir, harakatchan, shinamgina va hayot sifatlariga qiziquvchanlik ularda mavjuddir. Hozirgi davrda bir qancha yevropa turistik kompaniyalari bu guruh turistlarni eng istiqbolli bozor bug’ini deb qaraganligi uchun maxsus tur mahsulotni tayyorlashni tashkil etganlar. Madaniy omil. Bu omil turistlarning madaniy, ilm va estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’lib, kishilarda bilim, hayotni tadqiq qilish, urf-odatlar, tradisiyalar, madaniyat, tarixni o’zgartirishga intilishlar kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, insonni u yoki bunday dam olishlik xiliga ixlosmandlik va o’zining ehtiyojlariga muvofiq ravishda qondirish dunyo mamlakatlari bo’yicha juda farqlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 46 %, Belgiyada -35 %, Germaniyada -32 % aholi issiq Dengizlar bo’ylarida dam olishni yaxshi ko’radilar. Yaponiya 22 aholisining 51%i shaharlarda dam olishni, Fransuzlarda 25%, Ispanlarda 33% kishilar o’zga mamlakatlar bo’ylab sayohat qilishni yaxshi ko’radilar.Ilmiy-texnika taraqqiyoti omili. Hozirgi vaqtda ilmiy-Texnika taraqqiyoti tufayli uzoq masofaga sayohat qilishlik muddati juda qisqargan davr hisoblanadi. Transportda standartli xizmat ko’rsatish yo’lovchilar uchun juda qulay, shinam bo’lib qolmoqda, to’g’ridan-to’g’ri aviareyslar, temir yo’l, avtomobil bosh yo’llari vujudga kelmoqda.Turizm industriyasida yaratilgan tur mahsulotning iste’molchisi turist hisoblanadi. Turist tur mahsulotning istimolchisi bo’lib o’zining yashab turgan muhitidan , shart-sharoitidan, mamlakatidan, o’zga mamlakatlarga , joylarga,manzillarga,qit’alarga dam olish, xordiq chiqarish, ko’ngil ochish, davolanish, bilish, o’rganish, ziyorat qilish, sport bilan shug’ulanish, dengizda suzish, tog’da yurish kabi faoliyatlar bilan shug’ullanuvchi, hyech bo’lmaganda 24 soat va undan ortiq 6 oy yoki bir yilgacha bo’lishi, borgan joyida haq to’lanadigan lavozimni egallamasligi va vataniga albatta qaytib keluvchi qishiga aytiladi. Turistlar o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maqsad va vazifalarini, sayyohat davriga zarur bo’lgan pul, mablag’larini, bo’sh vaqt ta’tilga chiqish vaqtlarini aniqlaydilar, sayohat havfsizligi, to’g’riligi va borgan joylarida erqin harakat qila olishlari haqida ahborot oladilar, ularning sayohat vaqti 24 soatdan ortiq bo’lishi kerak. Bunday holatlar quyidagi fiqrlardan: har qanday turist tunashi, dam olishi, va albatta ovqatlanishi zaruratidan kelib chiqadi, sayohat davomiyligi bir yilga cho’zilmasligi, inson haddan tashqari charchamasligi, qiynalmasligi, aqsincha borgan joylaridan mamnun bo’lishi, yegan ovqatidan lazzatlanishi, dam olishi, ko’ngil ochishi, ko’proq narsalarni bilishi, dunyo voqealaridan xabardor bo’lishlikni taqoza etadi.
Turist bo’lishlik uchun: o’zi yashab turgan muhitdan boshqa muhitga o’tishni tanlab oladi, turist davlat tomonidan qafolatlangan (jamoat, korxona) mehnat ta’tiliga va bo’sh vaqtiga ega bo’lishi, yashash uchun kerak bo’lgan vositalarni harid qilishga mablag’i bo’lmagan bunday odam sayohat to’g’risida o’ylashi ham kerak bulmaydi. Turist sayohat kilishi uchun aniq mablag’ga, yoki boy merosga ega bo’lishi kerak.Turistlarning sayohatga chikishlaridan maqsad o’zga xalqlarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishish va o’rganish, dam olishlari, xordiq chiqarishlari, tundagi hayot tarzi bilan tanishishlari raqsga tushishlari, ashula va qo’shiq bilan tanishishlari o’rgangan umumiy muhitni almashtirishlari mexnat jarayonida olgan zarbalarni yo’q qilishlari, teatrlar, festivallarga qatnashish, yangi –yangi odamlar bilan uchrashish, borgan mamlakatdagi biznes saloyihati uchun bo’lgan shart sharoitlarni o’rganish, shopping maqsadlari bilan borish suvener va sovg’alar sotib olish, dengizda dam olish va sport bilan shug’ullanish, qishgi va yozgi sport o’ynlariga katnashish, davolanish, salomatlikni mustahqamlash maqsadlarida borish, diniy ziyoratchilik bilan shug’ullanish, qarindoshlar va do’stlar bilan uchrashish va boshkalar.
Hozirgi zamon turizm industriyasi quyidagi tasniflarga bo’linadi: ichki turizm – bu mamlakat fuqorolarining aholisi va chet eldan kelgan turistlarning shu mamlakati teritoriyasi bo’ylab qilgan sayohatlaridir. Xalqaro turizm – bir mamlakat fuqorolarining o’z mamlakatlari chegarasidan boshqa mamlakatlar teritoriyasiga qilgan sayohatiga aytiladi. Milliy turizm deganda, biz, shu mamlakat turistik tashkilotlar, firma va korxonalarning turistlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish, rivojlantirish va taqomilllashtirish bo’yicha faoliyatlariga aytiladi.
Boshqacha aytgtanda ichki, xalqaro hamda tashqi turizm sohasidagi bo’lgan faoliyat majmuiga aytiladi. Bulardan tashqari turizm industriyasi sohasida turizning boshka shakillari mavjud Bularga: havaskorlar turizmi - turistik jamoa faoliyatining maxsus turlari bo’lib ixtiyoriy ravishda havasqorlar tashabbusi bilan turizm tashkilotlarining qatnashuvisiz tashkil etilgan ixtiyoriy turizmdir. Bu turizm ixtiyoriy turistik birlashmalar va ittifoqlar orqali amalga oshiriladi. O’zlarining me’yoriy hujjatlariga, turistik faoliyatlarni o’z uslubiy adabiyotlar chop etish vositalariga ega bo’lgan turizm shaklidir.
Ijtimoiy turizm – turizmning alohida shakli bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy mulkdorlar ishlab chiqarish korxonalari va har xil uyushmalar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga maqtab bolalariga, yoshlarga, pensionerlarga, mehnat va urush fahriylariga va boshqa qam taminlangangan oilalarga uyushtirilgan turizmdir.O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so’ng, O’zbekistondagi 5 mingga yaqin tarixiy-arxiTektura yodgorliklaridan 280 tasi xalqaro turistlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan bu tarixiyy yodgorliklarini 45 tasi qayta ta’mirlanib O’zbekistonga tashrif buyuruvchilarning 70-80 foizi bu diqqatga sazovor joylaridan baxramand bo’lmoqdalar.
Hozirgi vaqtda turizm industriyasining yanada rivojlantirish bo’yicha quyidagi asosiy turlarga ahamiyat berilmoqda. Tur (yunalish) Deganda yakunlanishi munkin bo’lgan turistik mashrut bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarning hujjatlari yig’indisi bo’lib, bunda tur yunalish bo’yicha hamma ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Asosan turning dasturida xizmatlar sifati va bu xizmatlarga qo’yilgan narxlar ko’rsatiladi.
Arxeologik tur- qadimshunoslik joylarini yoqtiradigan, o’rganadigan turistlar uchun tashkil etiladi.
Pekij tur- barcha asosiy xizmatlar ko’rsatiladigan joylar ularni fotosi, mamlakat to’g’risida qisqa axborot, turda ko’rsatadigan xizmatlar xillari va barcha xizmat turlarining umumiy qiymati ko’rsatilgan bo’ladi.
Aylanma tur- bu tur shaharlar atrofidagi yaqin manzillarga, joylarga tashkil etilib, qaysi joydan boshlangan bo’lsa, shu joyga qaytib kelganligi uchun aylanma tur deyiladi.
Birkunlik tur- bu tur asosan shahardagi tarixiy va arxitektura yodgorliklari, muzeylar va boshqa turistik joylarga dam olish kunlarida tashkil etiladi.
Dam olish kunlarida tashkil etiladigan turlar-bunday turlar dam olish kunlarida ko’proq tashkil etiladi.Bu turlarning muddati ikki kun (shanba va yakshanba) ziyorat qilish va yaqin joylarda tashkil etiladi.
Doimiy turlar- bunday turlar turistik mavsumdan qat’iy nazar, respublika shaharlarga, diqqatga sazovor joylarga, manzillarga uzluksiz ravishda tashkil etiladi.
Eksklyuziv turlar- bunday turlar hujjatlarda (tur paketda) ko’rsatilgan turistik majburiy xizmatlardan tashqari qushimcha xizmatlarni ko’rsatish bulib umumiy turmahsulot qiymatiga kirmaydi va ko’rsatilgan qo’shimcha xizmatlar uchun aloxida to’lanadi.
Mavsumiy turistik turlar- bunday turlar turistik mavsum davrida dam olish kunlarida tashkil etiladi, masalan yoz oylarida dengizda daryolarda chumilish havzalarida tashkil etiladi. Qish oylarida qorli tog’lar va o’rmonlarda chang’ida uchish uchun tashkil etiladi.
Maxsus turlar- bunday turlar ―Buyuk Ipak Yo’li‖ bo’yicha joyylashgan mamlakatlar, shaharlarga tashkil etiladi. Bu turlarning alohida dasturi bo’lib, ov qilish, dam olish, tog’larga chiqish ,cho’lda kezish, o’rmonlarda sayr qilish kabi maqsadlar uchun tashkil etiladi.
Mavzuli turlar- alohida mamlakatlar, buyuk ,tarixiy shaxslar,davlat arboblari, sarkardalar,olimu-fuzolarga bag’ishlanadi.
Piyoda tur: ko’p turistlar tog’ga, cho’lga chiqishi qiyin bo’lgan joylarga transportsiz piyoda chiqishni yoqtiradigan turistlarga tashkil etiladi.
Suv yo’nalishlari bo’yicha turlar: bunday turlar dengiz va daryolarga yaqin bo’lgan shaxar axolisi uchun tashkil etiladi.
Temir yo’l yo’nalishi bo’yicha turlar: davlatlar va shaxarlar o’rtasida poyezd orqali bo’ladigan sayohat kiradi, bunday turlar temir yo’l yo’nalishi bo’yicha bo’lganligi tufayli arzon va qulay xisoblanadi.
To’g’ri yo’nalish bo’yicha turlar: bunday turlar shunday tashkil etiladiki, boshqa manzillar va joylarga borib shaxarlarni ko’rgandan so’ng o’z manziliga qaytib kelish sharti bilan tashkil etiladi.
Tashkillashtirilgan tur: bu turlar maxsus tashkillashtirilgan bo’lib turistlar birnecha manzillar, joylarni ko’rishlari mumkin, bu joylar bir-biriga o’xshamasligi kerak.
Tashkillashtirilmagan tur; bunday turlar faqatgina malakatlar va shaxarlar aniqlanib turistlar o’zlaricha bu mamlakatlarga boradilar.
Charter turlar: bunday turlar qisqa vaqt muddatda jahonning ma’lum bir mamlakatiga yoki bir Nechta shaxarlarga tashkil etiladi.
Rekrasion tur-bu salomatlikni qayta tiklash bo’yicha maxsus tur bo’lib,
ma’lum bir kasallikni davolash uchun toza havoda, tabiat qo’ynida, tog’ o’rmonda
davolanish uchun tashkil etiladi.
Sport bo’yicha turlarni tashkil etishda turistik firma va korxonalar
sport yo’nalishlari bo’yicha bo’lgan sport xillari mavjudligi va axolini qaysi sport turlari bo’yicha ehtiyojlarini aniqlash bilan boshlanadi. Jaxonda sport turlari bo’yicha xilma-xil bo’lgan o’yinlar, qaysi mamlakatda o’tadigan musobaqalarni aniqlash va tayyorgarlik ko’rish ishlari bo’yicha rejalar tuzishlari kerak.
Tijorat bo’yicha turlarni tashkil etish: turistik firma va korxonalar eng avvalo, talab katta bo’lgan turistik tovarlar tarkibiga nimalar kirishini qanday har xil tovarlar bo’lishini bilishini oldindan rejalashtirishlari kerak. Turistik tovarlar deganda iste’mol uchun ketadigan tovarlar, sovg’alar va boshqa xil mahsulotlar, turistlar uchun zarur bo’lgan bevosita yoki bilvosita ko’rsatiladigan xizmatlarga aytiladi.
Diniy va iloxiy joylarni ziyorat etish bo’yicha turlarni tashkil etish. Diniy turizm hozirgi zamon turizm sanoatining tarkibiy qismlaridan biridir. Diniy tarixiy va madaniy yodgorliklar muqaddas joylar, maqbaralar, masjidlar, diniy-ruhiy markazlar turistik obektlar xamma vaqt talabga ega bo’lib, xudud va shaxar axolisini qatnaydigan joylari xisoblanadi. Mamlakatimizda 100 foiz yodgorliklar davlat muxofazasiga olingan. O’zbekistondagi dniy va muqaddas joylar Bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nazorati ostida tamirlanmoqda va ularga boriladigan yo’laklar obodonlashtirilmoqda. Mustaqillik yillarda diniy va muqaddas joylarga keladiganlar, turistlarning soni 5 martaga oshdi.
“Arxitektura” turlari- Har bir davlat, millat shahar miqyosida turistlarga ko’rsatiladigan tarixiy-arxitektura inshootlariga bo’lgan sayohat o’ziga xos milliy xarakterga ega bo’ladi va ko’pchilik turistlarni qiziqtiradi. Ayrim davlatlarda shahar arxitekturasi tur mahsulot sifatida sotiladi.
“Alpinizm” turlari-sport turizmining tog’da o’tkaziladigan turi bo’lib, turistlar tog’ cho’qqilariga chiqish va qiyinchiliklarni yengish kabi zavqli yo’nalishlarda harakatlanishlarini bildiradi.
“O’smirlar uchun turlar”- bolalar turizmi bo’lib, hozir ko’pchilik rivojlantgan davlatlarda yosh bolalar bilimi va tafakkuri asosiy o’rinni egallaydi.
“Davolanish uchun turlar” – maxsus yo’nalish hisoblanib, turistlar o’z kasalliklarini davolash maqsadida yer osti issiq suvlariga, maxsus joylarga, shaharlarga va mutaxassislarga borishadi.
Dam olish uchun turlar - dam olish va bayram kunlari yoki ishdan ta’til olgan kunlar maxsus yo’nalishlarda shahardan tashqariga tashkil etiladi. Rivojlangan davlatlarda dam olish turizmi ta’til vaqtida turistlarning boshqa joylarga va davlatlarga borib dam olib kelish jarayonini ham nazarda tutadi.
Dengiz bo’ylab turlar- turistik yo’nalishlarning dengiz bo’ylab bir nechashaharlar, davlatlarni,turistlarni kemada sayohat qilishdir. Dengiz bo’ylab turlarda yo’nalishlar har xil bo’lishi mumkin: to’g’ri, aylanma va boshqa yo’nalishlar.
Ishlash bo’yicha turlar- har bir kishi turistik xizmatlarni oldindan sotib olgan holda boshqa davlatga borib, o’z ishini bajarib keladi.
Ilmiy turlar- olimlarning birgalikda konferensiya, festival, seminar va boshqa yig’ilishlarni o’tkazish amaliy tadbirlaridir. Boshqa davlatlarda ilmiy izlanish maqsadida guruhlar tuzilib, ular maxsus ilmiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan bo’lib, bir necha davlatlar chegarasidan o’tiladi. 30. Kosmik turlar- turistlarni raketalar yordamida boshqa sayyoralarga olib borish va u yerda tomosha, ilmiy va dam olish jarayonlaridir. Yer orbitasi atrofida aylanib, dam oldirib, tomosha qildirib va qayta yerga tushirish ham kosmik turlar deyiladi.
“Nastalgiya” turlari- oldingi hayotini qo’msash natijasida boshqa joylarga sayohat qilishga aytiladi. Oxirgi yillarda jahon bo’ylab, davlatlar o’rtasida yangi tur yo’nalishlar paydo bo’lmoqda bunday yo’nalishlar sayyohlarning asosiy maqsadi o’z ota-bobolari yashagan joylarni borib ko’rish va qayta ko’rish, ular qanday va qancha yashaganligini va qanday tarixiy ishlar qilganligini bilish maqsadida maxsus turlar tashkil etiladi va bu turlar ―o’tmishini qo’msash‖ yoki o’tmishga qiziqish‖ maqsadida amalga oshiriladi.
Ov uchun turlar-maxsus tur bo’lib, qonun bo’yicha ruxsat berilgan joylarda hayvonlarni ov qilish yo’nalishlarini tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish, joylashtirish,ovqatlantirish va kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash xizmatlarni sotish jarayoni amalga oshiriladi.
Oilaviy turlar- rivojlangan davlatlarda turistlar o’z oilalari bilan dam olish yoki sayohat qilish maqsadida tur mahsulotlarni sotib olishadi va bu yo’nalishlar ta’til vaqtida bolalar o’qimaydigan vaqtlada ko’p tashkil qilinadi.
Tog’larga chiqish bo’yicha turlar-tog’lar bo’ylab ot-ulovda, piyoda yurish va har xil tog’ o’yinlaridan foydalanish, tog’ bag’rida toza havoda dam olish, tog’ hayvonlarini ov qilish kabi xizmatlarni tur mahsulot sifatida sotish amalga oshiriladi.
Milliy turistlar-Butunjahon Turistik Tashkilotining yangi tavsiyasiga ko’ra milliy turistlarga davlat ichida sayohat qilgan turistlarga va boshqa davlatlarga ketgan turistlar qismini ham qo’shib hisoblash tavsiya etilgan.
Mahalli turistlar-davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi turistlarga aytilib, turistik firma va tashkilotlar jo’natgan va ular qabul qilganlar soni bilan o’lchanadi. Ayrim holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham deb aytiladi. Chunki ular qisqa vaqt ichida faqat bir shahar ichida muzeylar,tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi.
Tur yo’nalishlari dasturi -tur yo’nalishlar bo’yicha alohida yoziladigan asosiy hujjat.Turistlarning ko’radigan joylari,transport turidan,mehmonxonalardan foydalanish tartiblari yoziladi. Tur mahsulot va turistik maxsulot o’rtasida ancha farq bor. Turistik mahsulot tushunchasi kengroq ma’noga ega. Turistik mahsulot tarkibiga qo’shimcha ko’rsatiladigan xizmatlar va iqtisodiyotni boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari xam kiradi. O’zbekiston territoriyasi bo’ylab quydagi turlar sotiladi
Turizming industriyasining rivojlanish yo’llari- davlat miqyosuda turizmning o’sishini ifodalaydi va kompleks o’sish yo’llarini turizmning turlari bilan ifodalovchi yaxlit bir kompleksni bildiradi.
Turizm industriyasining rivojlanish konsepsiyasi-ma’lum davrga rivojlangan dasturiy maqsad bo’lib, bajarish uchun tuziladi. Bu hujjat ilmiy izlanishlar uchun asosan tuzilib, o’z davri, zaxiralari, bajaruvchilari va erishadigan natijalari aniq bo’ladi. Davlat miqyosida tuzilgan konSepsiya tizimini dunyo bozoriga olib chiqishini asosiy maqsad qilib oladi.
Turizm industriyasining rivojlanish modeli- turizmning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yo’lining hozir markazlashgan, monetoring va bozor rivojlanishi model lari. Har bir davlat o’z modelini tuzadi. Respublikamizda turizm sohasida bozor munosabatlariga asoslangan modeli tuzilyapti. Turizm industriyasining rivojlanishi asosida talab va taklif, raqobat, qiymat, qonunlari yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |