Chuchuk suv muammosi dunyo hamjamiyati oldida turgan eng global muammolardan bo‘lib, 2 mlrd.dan ortiq aholi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. Suv muammosi yaqin kelajakda davlatlararo ziddiyatlarni kuchaytirib yuborishi mumkin. Dunyoning yirik daryolarining 200 tasi ikki va undan ortiq mamlakatlar hududidan o‘tadi.
Markaziy Osiyoning ikki yirik daryosi (Amudaryo va Sirdaryo) tarnschegaraviy daryo hisoblanib mintaqa davlatlari orasida chuchuk suvga bo‘lgan talabning keskinlashishi oqibatida ba’zi geosiyosiy ihtiloflarni keltirib chiqarmoqda. Markaziy Osiyo oholisining suvga bulgan ehtiyoji sezilarli o‘smoqda. “Markaziy Osiyo mintaqasi daryolarini suv bilan ta’minlaydigan qor muzlik resurslari maydoni tanazzulga uchrab, shiddat bilan qisqarmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘ngi yarim asrda O‘rta Osiyo tog‘li muzliklari uchdan bir qismdan ortiq maydonga qisqargan19”. Markaziy Osiyo mintaqasi asosan Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan to‘yinadi. Amudaryo havzasining yillik suv resurslari yiliga 78 km kubdan ortiq. Sirdaryo havzasining yillik suv resurslari tahminan 38.8 km kubni tashkil qiladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida XX asrning oxirida (1996-1999) “etakchilik” deb nomlangan salbiy atamaning paydo bo‘lishi aynan suv muammisining geosiyosiy tus olishiga olib keldi. 2005-2010 yillarda bu jarayon yanada qizg‘in tus oldi. Markaziy Osiyoning ikki azim daryosiga ikkita GES kaskadining qurilishiga bo‘lgan jiddiy harakat ixtiloflarni kuchaytirdi. Tojikiston Amudaryo quyi qismida Rog‘un GESini Qirg‘iziston Sirdaryo Yuqorinorin kaskadida Qambarota GESini qurish evaziga mintaqaning ba’zi davlatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazishga urinmoqda. Ma’lumki, Sirdaryo Norin va Qoradaryoning, Amudaryo esa Panj va Vahsh daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Ikki daryoning asosiy boshlanishi Markaziy Osiyoning ikki davlati Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari hududiga to‘g‘ri keladi. Agar Tojikiston va Qirg‘iziston GES qurilishini tugallab ishga tushirsa O‘zbekiston va Qozag‘iston davlatlari iqtisodiy tizimiga jiddiy zarar yetadi. Bu haqda Asliddin Qo‘ldoshevning “Markaziy Osiyo davlatlarida ekologik munosabatlarni bshqarishning demokratik va gumanistik tamoyillari” nomli monografiyasida keng batafsil yoritilgan. Unda keltirilishicha “O‘zbekiston davlati Markaziy Osiyodagi suv taqsimotining o‘zgarishi, xususan, Rog‘un GESi qurilishi natijasida vujudga keladigan oqibatlarni aniqlash va xolis baholashga AQSH mutaxassislarini ham jalb etdi. Ular Rog‘un GESi ishga tushirilgan taqdirda O‘zbekiston yiliga 600 million AQSH dollari miqdorida zarar ko‘rishi haqidagi ma’lumotlarni, ya’ni xalq xo‘jaligida suv tanqisligi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi qisqarishiga va yalpi ichki mahsulot (YAIM) 2 % qisqarishi haqidagi hisob-kitoblarni taqdim etdilar. Ayni paytda 300 ming kishi ishsiz qoladi. Amerika olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra Amudaryodagi suv oqimi darajasi yozda 18 %ga kamayadi, qishda esa – 54 %ga ko‘payadi, bular yozda – qurg‘oqchilik, qishda suv bosish xavflarini kuchaytiradi”. Bu ma’lumotlardan ko‘rinadiki, ko‘plab insonlar hayoti va davlatlar ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti katta xavf ostida qoladi.
Ayrim siyosiy sharhlovchilarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyoda suv uchun bo‘layotgan ziddiyat yaqin yillarda kuchayadi, bu hol, albatta, salbiy oqibatlarni va qurolli qarama-qarshilik bo‘lishi ehtimolini keltirib chiqaradi20.
Galim Fasxutdinovning “Markaziy Osiyoda suv tufayli urush bo‘lish ehtimoli”, degan maqolasida: “BMT ma’lomotlariga ko‘ra, hozir planetamizning 40 ta nuqtasidagi suvga oid tortishuvlar harbiy nizolarga aylanib ketishi mumkin. Ana shunday mintaqalardan biri Markaziy Osiyodir” – deb ta’kidlagan. Bu fikrga Yevroittifoqining Bosh komissari Ketron Eshton ham munosabat bildirib, O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida suv resurslariga munosabatda jiddiy ziddiyatlar, konfiliktlar potensiali mavjudligini ta’kidladi. Qozag‘istonlik siyosatshunos Marat Shibutov, uni Bishkek va Dushanbega nisbatan ultimatum deb, yaqin ikki-uch yil ichida urush muqarrarligini aytgan. Xuddi shunday bashorat Xalqaro inqiroz guruhi eksperti L.Abror tomonidan 2011 yil oxirida ham aytilgan edi. Rossiyaning sobiq SSSR hududini o‘rganish informatsion-tahlil Markazi Bosh direktori muovini Yu.Yakusheva “uchinchi jahon urushi – suv resurslari uchun urush bo‘ladi”, degan fikrida bu hodisaning global harakteri qat’iy hukm tarzida ta’kidlanganini ko‘ramiz21. Rossiya strategik tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Ajdar Kuratov “Nezavisima gazeta”ga bergan intervyusida: O‘zbekiston va Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida ziddiyat allaqachon yuz bermoqda22 – degan fikrni ta’kidlaydi.
AQSH Davlat kotibi Xillari Klinton BMT shtab-kvartirasida dunyoning 50 mamlakati yuqori darajadagi vakillari ishtirokida “Suv resurslari: tinchlik va xavfsizlik” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda dunyo davlatlarini suv resurslaridan hamkorlikda foydalanishga “suv uchun urush boshlamaslikka” chaqirgan edi.
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq suv resurslaridan hamkorlikda foydalanish masalasiga to‘xtalib: “O‘rta Osiyoda ikkita daryo bor. Amudaryo va Sirdaryo, ularning suvlari o‘zlashtirilib bo‘lingan. Bir tomondan Tojikiston, ikkinchi tomondan Qirg‘iziston suvning boshida turibdi. Bu muammolar to‘g‘risida bizlar kelishib olishimiz kerak, albatta. O‘zbekistonda yana o‘n million yerni o‘zlashtirishga imkoniyat bor. Shu nuqtai nazardan qaraganda bizlar o‘z yurtimizda suvdan oqilona foydalanishimiz kerak23” – degan edi.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2009 yil 28 aprelda Orolni qutqarish Xalqaro fondi ta’sischi davlatlar rahbarlarining Olma-ota shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishida – “mintaqamizdagi ikki azim daryo – Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismida joylashgan mamlakatlar – O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozig‘iston o‘rtasidagi bahslar chog‘ida vujudga kelgan turli qarashlarning bo‘lishini tabiiy hol, deb o‘ylayman. Tojikiston va Qirg‘iziston, avvalo o‘z manfaatlarini ko‘zlamoqda. Holbuki, bu yerda gap har bir alohida davlat manfaatlari haqida bormoqda. Bu faqat bugungi kunning mafaatlari emas, balki kelajakni ham manfaatlari ekanini alohida ta’kidlamoqchiman. ...bugun ushbu baxs-munozaralarni avj oldirmasdan va ularga siyosiy tus bermasdan, umumiy yondashuv nuqtalarini topmog‘imiz darkor, deb o‘ylayman. Aks holda, mamlakatlarimiz, xalqlarimiz manfaatlari bir chetda qolib, uchinchi kuchlarning strategik hamda geosiyosiy manfaat va maqsadlari, mintaqani boshqarish bilan bog‘liq masalalar oldinga chiqib qolishi mumkin”24 – deb ta’kidlagandi.
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlagan fikrlar ancha haqiqatga yaqin bo‘lib, dunyoda ayrim davlatlar, muayyan siyosiy kuchlar o‘z manfaatlari yo‘lida turli mintaqalardagi transchegaraviy tabiiy resurslardan foydalanish muammolarini turli usullar, vositalar bilan keskinlashtirishga harakat qilishlari jahon hamjamiyati e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Bunga misol sifatida “Markaziy Yevroosiyo” (“Sentralnaya Yevraziya”) loyihasi “Sharq vaqti” (“Vremya Vostoka”), “AQShning Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi siyosati” mavzularidagi davra suhbatlarini keltirish mumkin. Bu davra suhbatlarida o‘zbekistonlik – siyosiy fanlar doktorlari Sh.Yovqochov, N.Qosimova, rossiyalik professor V.Tretyakov va boshqa muhokama ishtirokchilari bu masalada, istesnosiz, yakdil fikrni bildirdilar. Xususan, qirg‘izistonlik Mars Sariyev: “AQShning Markaziy Osiyoda suv urushi muqarrarligi haqidagi bashorati, unga hayrihohligini ko‘rsatadi va shunga yo‘naltirilgandir. Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlari “tashqi o‘yinchilar” tomonidan loyihalashtirilayotgan bunday vaziyat mintaqa davlatlari uchun halokatliligini va muammoni hal qilishda mamlakatlar kooperatsiyasi (birgalikda mehnat taqsimoti asosida ishni hal etish) zarurligini anglashlari g‘oyat muhimdir” – degan edi. Shu anjumanda qatnashgan O‘zbekiston vakili: Shuhrat Yovqochov fikricha, “transchegaraviy suv resurslardan foydalanish masalasidagi millatlaro ziddiyatlar, nizolar eskalatsiyasi kuchayishini inkor qilish, kelajakda harbiy konfilektni keltirib chiqarishi mumkin. Kuchayib borayotgan inqirozni bartaraf qilishda BMT va boshqa xalqaro mutasaddi tashkilotlar ishtiroki va vositachiligini faollashtirish kerak”.
Moskva davlat universiteti dekani Vitaliy Tretyakov fikricha, Markaziy Osiyoda suv muammosi azaldan mavjud bo‘lgan va bundan keyin uning keskinlashuvida, AQSH, albatta, muhim rol o‘ynaydi, deb bu masalada Rossiyaning pozitsiyasi haqida hech qanday fikr bildirmagan.
Darhaqiqat, O‘zbekistonda suv muammosining “azaldan mavjudligi” tarixiy fakt. Lekin bu muammo keskinlashuvida mustabid tuzumning volyuntaristik, totalitar siyosati hal qiluvchi rol o‘ynaganligi ham fakt bo‘lib, uni hamma ham e’tirof etavermaydi.
O‘zbekiston vakili Nazokat Qosimova kelajakda suv resurslari doirasida davlatlararo konfiliktlar bo‘lishi mumkin. Muammo yechimi faqat mintaqa davlatlarining transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish usul-vositalarini, mexanizmlarini, texnologiyasini takomillashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish orqali hal bo‘lishi mumkin25 degan fikrni bildirgan.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi taranschegaraviy suv resurslari taqsimoti masalasidagi davlatlararo nizolar, nafaqat AQSH balki, yaqin va uzoq xorijdagi boshqa mamlakatlar tomonidan ham rag‘batlantirilmoqda. Rossiya prezidentining Qirg‘iziston davlati bilan Qambarota GESi qurilishini moliyalashtirish, olinadigan foydani teng bo‘lish bo‘yicha 2012 yil sentyabrda tuzilgan shartnomasi buning misolidir. (2016 yil yanvarda shartnoma bekor qilingan).
XULOSA
Umuman olganda havfsizlik va barqarorlik,ekologik ong va tushunchalari keng qamrovli va murakkab tushunchalar ekanligini uning shakkllanishi va rivojlanishi haqidagi qarqshlarni tadqiq etish jarayoniga guvohi bo’ldek.
O`zbekistonda ekologik havfsizlik strategiyasini amalga oshirihningboshqaruv tizimi, boshqa davlatlardan farq qilib, mamlakat istiqbol rivojlanish ustuvor yo`nalishlarini belgilatdigan rasmiy hujjatlar va dasturlarga asoslanadi. Xususan, “O`zbekiston respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi” mamlakatning barqaror rivojlanishiga zaruriy sharoit yaratdi. Bunda shaxs ekologik manfaatlarining eng asosiy qadriyat deb qaralishi alohida ahamiyatga ega. Yaqin kelajakda bu tajribalar umumlashtirilib, ekologik vaziyatni mo`tadillashtiruvchi omillar intagrasiyasida ijobiy o`zgarishlar kutilmoqda.
Qadimiy ekologik madaniyatning tarixiy merosiga, boy tabiiy resurslariga hamda hozirgi keskin ekologik havfsizlikni va barqarorlikni saqlashdagi ijtimoiy,iqtisodiy, siyosiy imkoniyatlariga ega bo`lgan O`zbekistonga qiziqish butun dunyoda oshib bormoqda. O`zbekistonnig tabiatni muhofaza qilish sohasidagi milliy siyosati jahon hamjamiyatiga qo`shilib, mintaqaviy va global ekologik havfsizlikni ta`minlash tizimini takomillashtirish borasidagi mavqeining oshib borayotganligini ko`rsatadi. O`zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqanufuzli xaqaro tashkilotlar a`zosi hisolanadi.
Mamlakatimiz Evropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilmoqda, Evropa havfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishida faol qatnashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |