Mintaqa aholisining sezilarli o‘sib borayotganligi. XX asrning 90-yillarida Markaziy Osiyo mintaqasida aholi 40 milliondan ortiq kishini tashkil etgan bo‘lsa 2016 yilda bu ko‘rsatkich 60 millionga yaqinni ko‘rsatmoqda. Aholi sonining ko‘payishi yerga, suvga, oziq-ovqat, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va iste’molchilikning barcha turlariga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubormoqda. Natijada tabiat ko‘proq ishg‘ol etilib ekologiyaga inson ta’siri ancha ortmoqda.
Markaziy Osiyoda ekologik inqiroz ancha ayanchli holatga kelib bulgan. Dunyo ekologik muammolarini umumiy 100 foiz hisobda olsak bu muammolarning Markaziy Osiyoda 98.8 foizi mavjud.
Geosiyosiy nuqtai nazardan kelib mintaqaga juda katta xavf bo‘lib turgan ekologik muammolarga to‘xtalamiz.
Atmosfera va biosfera muvozanatining buzilishi.
Yerning cho‘llashishi va sho‘rlanishi.
Chuchuk suv muammosi.
Orol dengizi holokati muammosi.
Atmosfera – yer sharining o‘rab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobig‘i (yun.atmos – bug‘ sferasi). Atmosfera asosan azot (78.09%), kislorod (20.45 %), argon (0.93 %), karbonat angidrit, vodorod, geliy, neon, kripton, ksenon, metan, azot, oksid, uglerod, oksid va boshqa tabiiy va sanoat gazlaridan tashkil topgan.
Atmosferaning ifloslanishi butun dunyo muammosidir. Britaniyalik olimlar “Ozon tuynugi” muammosini 1982 yilda aniqlaganida Antraktida osmonida 25-30 km da ozon tarkiining keskin kamayganligi ma’lum bo‘lgan. 2010 yilda bu ko‘rsatkich 29 mln. km kv ga yetdi. “Ozon tuynugi” ta’sirida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi 30 % gacha kamayishi mumkin17.
Bu holat Markaziy Osiyo mintaqasiga juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, dunyodagi yuqori darajadagi mayda zarralar – chang, qurum va boshqa qattiq moddalar bilan ifloslangan 15 ta shaharning 12 tasi Osiyoda joylashgan. O‘zbekistonning janubiy hududlariga transchegaraviy ta’sir ko‘rsatayotgan Tojikistonning Regar tumanida joylashgan alyuminiy zavodi tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan qariyb 22 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar, shu jumladan 120 t ftorli vodorod Surxondaryo viloyatining 600 minnga yaqin kishi yashaydigan: Sariosiyo, Uzun, Denov va Oltinsoy tumanlariga falokatli ta’sir kshrsatishni davom ettirmoqda, aholining salomatligiga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga iqtisodiy zarar yetkazmoqda.
Biosfera – tarkibi, tuzilishi, energetikasining mavjudlik holatiga ko‘ra tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchars bog‘langan yerning biologik qobig‘i bo‘lib, uning o‘ziga xos va eng muhim hususiyati qo‘yosh sistemasida hayot mavjud bo‘lgan sayyoraligidir.
Biosfera muvozanatining buzilish hayvonat va usimliklarning yo‘qolishini kuchaytirmoqda. Markaziy Osiyoda 350 dan ortiq xayvon turlari, 700 dan ortiq o‘simliklar turlari yo‘qolish xavfi bo‘lganligi uchun himoyaga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |