Quduqni o’zlashtirish va suyuqlik oqimini hosil qilish usullari
Maxsuldor qatlamdan quduq tomon suyuqlik oqimini hosil kilish usullari, shu
qatlamning tavsifi, uni ochilish usuli va qatlam bosimidan kelib chiqib tanlanadi.
Oqim hosil kilish uchun quduq tubi bosimini tushirish quyidagi usullar orqali amlga
oshiriladi.
1)
Quduqdagi loyli eritmani suv bilan almashtirish.
2)
Quduqdagi suvni neft bilan almashtirish.
3)
Quduqdagi suyuqlik satxini porshenlash usulida pasaytirish.
4)
Quduqdagi suyuqlik satxini kompressorlar yordamida sikilgan gaz
orqali kamaytirish.
5)
Suyuqlik ogirligini aerosiya usuli yordamida kamaytirish. Bunda
sikilgan gaz va suyuqlik (neft’dagi suvni) birgalikda haydash orqali.
Loyli eritma suv bilan almashtirish yoki boshqacha qilib aytganda quduqni
yuvish quyidagicha amalga oshiriladi. Quduqda teshish ishlarini o’tkazilgandan
keyin favvora quvuri fil
ь
tirgacha tushiriladi. Keyin favvora quvuri va ishlatish
quvurlari tizmasi orasida suv haydaladi. Loyli eritma favvora quvuri orqali chiqib
ketadi. Quduqda loyli eritma to’lik suv bilan almashtirilganda ham oqim hosil
bo’lmasa, unda suv neft’ bilan almashtiriladi. Bu xolda ham oqim olinmasa
porshenlash yoki sikilgan gaz suyuqlik satxi pasaytiriladi.
Porshenlash usulida fil'tirgacha tushirilgan ko’taruvchi quvurga yuqoriga
oluvchi klapn bilan jixozlangan porshen po’lat kanatlar yordamida
tushiriladi.
Kachon porshen pastga xarakat kilganda klapn ochilib suyuqlik yuqoriga
xarakatlanadi. Porshen yuqoriga xarakatlanganda suyuqlikni favvora quvuridan
yuqoriga xaydaydi va suyuqlik satxini kamaytiradi va shu tarzda oqimni hosil
kilishga yordam beradi. Bu usulni kamchiligi ochiq quduqda ish olib borilishidadir,
chunki ochiq quduqda favvoralanish ko’p kuzatiladi.
Quduqda oqimni hosil kilish uchun porshenlash usulida NKT tushiriladi.
Quduqka porshen diametri 16 mm yoki 19 mm bo’lgan po’lat kanat yor
damida
tushiriladi. Porshen suyuqlik satxidan 75-
150 m cho’qurlikkacha tushiriladi.
2-rasm. Porshen: 1-quvursimon sterjin; 2-mufta; 3-varonka; 4-rezinali manjet;
5-pastki nippel.
Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini mahsuldor qatlamning kerakli
chuqurlikkacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam xarajatliligi uchun ko‘p
qo‘llaniladi
.
Korpussiz teshgichda har bir zaryad alohida germetik qobiq bilan
mustahkamlangan bo‘lib, bu portlash vaqtida yoriladi. Korpussiz perforatorlar
KPR
–
50, KPR
–
65, KPR
–
84 va KPR
–
100 markali turlari mavjud. Teshish usullarini
tanlashda perforatorlarni xususiyatlarini bilishimiz shart. O‘qsiz perforatorlarni
qattiq tog‘ jinslaridan tuzilgan quduqlarda ishlatish yaxshi natija beradi; O‘qli
perfarator uncha qattiq bo‘lmagan tog‘ jinslaridan tuzilgan qatlamni teshishda
qo‘llaniladi. Snaryadli teshish usuli qattiq va kam o‘tkazuvchan tog‘ jinslarida
qo‘llash yaxshi natija beradi. Otilgan o‘q va snaryadlar tizmani deformatsiyalaydi
va sement halqa va qatlamlarda yoriq hosi
l qiladi. Na’muna o‘lchamli
perforatorlarni tanlash. Na’muna o‘lchamli perforatorlarni ishlatish tizimning
sementli qobig‘ining holatiga; mustahkamlash quvuriga; suyuqlik xossasiga
quduqni to‘ldiruvchi suyuqlikka quvurlardagi to‘siqlarni mavjudligida; SNT
va
GNT larning holatiga va tizim soniga; berkituvchi 47 qatlam va quduqdagi
termobarik sharoitga va qatlamni qalinligi kabi omillarga bog‘liq ravishda tanlanadi.
Birinchi navbatda quduqlardagi termobarik sharoitlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan
perforatorlarning guruhi tanlanadi. Quyida keltirilgan sabablarga muvofiq tanlangan
perforatorlardan ba’zilari chiqarib tashlanadi: –
sement qoplamasining qoniqarsiz
holatida, SNCh yoki GNCh ga yaqin joylashganda;
–
perforatorlar va
mustahkamlaovchi quvur devori orali
g‘idagi masofa yetarli bo‘lmaganda (4.2–
jadval);
–
quduqning qiyalik burchagi katta (hamma perforatorlar kabelda
tushiriladigan kichik o‘tish qiymatida quduqni egrilanishi 0,7 radiandan katta)
bo‘lganda; –
qatlam oralig‘ida zararli ta’sir etuvchi komponent
lar (maslan H2S, S
va shu kabilar) bo‘lgan hollarda.
Quduqda quvurlarni torpedali perforatorlar bilan teshish. Mahsuldor qatlamni
ochishda torpedali teshish usuli yaxshi samara beradi. Unda snaryad yordamida
teshiladi, snaryad mahsuldor qatlamni yorib kira
di va portlaydi g‘ovak va yoriqlar
hosil qiladi. TPK
–
22 va TPK
–
32 «torpedniy perforator Kolodyajnogo» 48 markali
perforator ishlatiladi. Perforatorning tashqi diametri 100 mm bo‘lib diametri 127
mm li quduqlarda qo‘llaniladi.
Quduq tubi mahsuldor qatlamni ochishda "suyuqlik
–
qum" teshgichdan
foydalaniladi. "Suyuqlik
–qum" teshgichi qalin devorli korpusdan tuzilgan bo‘lib,
unga teshik diametri 3 mm bo‘lgan abraziv chidamli materialli kalta quvur buraladi.
"suyuqlik
–
qum" perforator quduqqa nasos kompressor quvuri orqali tushiriladi.
Teshishni boshlashdan oldin NKQ lari orqali shar tashlanadi. Bu shar perforatorning
o‘tuvchi teshigini berkitadi. Undan keyin AN–
500 yoki AN
–
700 nasos agregati
bilan NKQ orqali quduqqa qumli suyuqlik haydaladi. Haydalgan qumli
–
suyuqlik
faqat qalin kalta quvur orqali chiqadi. Qum
–
suyuqlik kontsentratsiyasi 50
–
100
kg/m3 , kvars qumining diametri esa 0,3
–
0,8 mm. Kalta quvurdan chiqqan qumli
suyuqlik katta tezlikda abraziv oqim hosil qiladi. Qisqa vaqt davomida
mustahkamlash quvurlarida,
sement toshida va tog‘ jinsida teshik teshilib, quduq
ustuni mahsuldor qatlam bilan ulanadi.
Kalta quvur diametri, ularning soni va haydaladigan suyuqlikning tezligiga
bog‘liq holda teshilgan teshikning chuqurligi 40–
60 mm gacha yetadi. Bunda sement
toshin
ing germetikligi ta’minlanishi kerak. "Suyuqlik–
qum oqimli" usul bilan
teshishda quduq ustida 40 MPa bosim hosil qilinadi. Bitta nasadkada qumli
–
suyuqlikni haydalish darajasi 3
–
4 l/sek, nasadkada oqimning hajmiy tezligi 200
–
300
m3 /kun, bosimlar farqi esa 18
–
20 MPa gacha yetadi. Bitta oqimni perforatsiya qilish
15
–20 minut davom etadi. Berilgan oraliq teshilgandan so‘ng perforator ko‘tariladi
va navbatdagi oraliqqa o‘rnatiladi va jarayon takrorlanadi. “Suyuqlik–qum oqimli”
teshgich nasos kompressor quvurni
va burg‘ilash quvurlarini kesishda, sement
stakanini va qumli toshli qattiq tiqinlarni buzishda, hamda qatlamda yoriqli
teshiklarni hosil qilishda qo‘llaniladi. Teshishning bu usuli quduq devoriga
yo‘naltirilgan maxsus teshgich uchligidan suyuqlik qum ara
lashmasi katta tezlikda
harakatlanishidagi kinetik energiyasi va devorni yemirish xususiyatiga asoslangan.
Qisqa vaqt ichida mustahkamlovchi quvurlar tizmasi, sement halqa va qatlamda
teshik yoki ariqcha simon kanal hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |