11
qilgan?
Tabiiy geografik jarayonlarni genetik turlariga ko’ra tasniflash
Tasniflash o’ziga xos o’rganish metodi bo’lib, u har bir fanning asosini
tashkil etadi. SHu boisdan D.M.Mendeleev ilm tasniflashdan iboratdir, deya
uqtiradi. Tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish asnosida ham ularni kelib
chiqishiga ko’ra bir-birlariga yaqinlarini guruh-guruh qilib jamlagan va ajratgan
holda o’rganish, ularni tadqiq etishni yengillashtiradi. Shu boisdan turli davralarda,
turli fanlarni tadqiq etuvchi olimlar tabiiy geografik jarayonlarni har xil nuqta’i
nazardan turib tasniflaganlar.
Jumladan geologlar, geomorfologlar, geograflar
amalga oshirgan tabiiy geografik jarayonlarning tasnifi bir-birlaridan qisman
bo’lsada farqlanadi, biri-ikkinchisini to’ldiradi, ammo inkor etmaydi.
Shu tariqa
tasniflash ishlari rivojlangan sari, tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish ham
mukammalalasha borgan.
4
Relyef shakllari berk (barxan, balandlik, chuqurlik, karst voronkasi) yoki
ochiq (jar, daryo vodiysi), sodda yoki murakkab, ko`tarilgan yoki pastqam bo`lishi
mumkin. Relyef shakllari katta-kichikligigga ko`ra planetar shakllar, megashakllar,
makroshakllar, mezoshakllar, mikroshakllar va nanoshakllarga ajratiladi.
5
Planetar shakllar-ya’ni eng yirik relyef formalari – materiklar va okeanlar
joylashgan botiqlar kiradi. Megashakllarga esa tog`
mintaqalari, tekislik o`lkalari,
okean tagidagi yirik soyliklar, ko`tarilmalar kiradi. Alp, Kavkaz, Tyanshan
tog`lari, Turon pasttekisligi, O`rta Sibir yassitog`ligi megashakllarga misol bo`la
oladi. Ayrim tog` tizmlari (masalan Oloy tizmasi), botiq yoki vodiylar (Farg`ona
vodiysi) relyefning makroshakllaridir. Mezoshakllar – tepaliklar,
vodiylar,
mikroshakllar – barxanlar, dyunalar, jarlar, terrasalar; nanoshakllar esa – kichik
tepaliklar, suv yuvib ketgan chuqurliklar va h.k.Mezoshakllarga- jarlar,
Relyefning
yirik shakllari- planetar, mego va makro, ayrim hollarda
mezoshakllari endogen jarayonlar ta`sirida vujudga keladi. Ularning hosil bo`lishi
4
Низомов А ва б. Табиий географик жараёнлар. 13б. Т.2015.
5
Richard John Hugget. Fundamentals of geomorphology. First published 2007 by Roudledge. Madison Avenue,
New York, edition published in the Taylor & Francis e-Library, 2007.
12
litosfera xususiyatlariga bog`liqdir. Mezo, mikro va nanorelyef shakllari esa asosan
ekzogen jarayonlar ta`sirida hosil bo`ladi.ekzogen jarayonlarning faoliyati
oqibatida akkumlyativ va denudatsion relyef shakllari tarkib topadi.
Akkumlyativ shakllar jinslarning to`planishidan (morena tepaliklari,
barxanlar, dyunalar, deltalar), denudatsion shakllar esa jinslarning olib ketilishidan
(jar, soyliklar, vodiylar yardanglar) hosil bo`ladi.
Relyef shakllarini kelib chiqishiga ko`ra I.P.Gerasimov va Yu.A.
Meshcheryakovlar
geotektura, morfostruktura va morfoskulptura shakllariga
bo`lishadi. Geotektura planetar va megarelyef shakllari bo`lib, ular endogen
jarayonlar natijasida vujudga keladi. Morfostruktura makrorelyef shakllari bo`lib,
ular endogen va ekzogen jarayonlarning o`zaro ta`siri natijasida hosil bo`ladi.
Bunda endogen jarayonlar asosiy rol o`ynaydi. Morfoskulptura mezorelyef,
mikrorelyef va nanorelyef shakllari bo`lib, ular asosan ekzogen jarayonlarning
faoliyati natijasida vujudga keladi.
O`xshash qiyofa, tuzilish, kelib chiqishiga ega bo`lgan va muayyan hududda
qonuniy ravishda takrorlanuvchi relyef shakllarining
birikmasiga relyefning
genetik tiplari deyiladi. Relyefning har bir tipi relyef hosil qiluvchi muayyan
jarayonlar
va
omillar
faoliyatida
tarkib
topadi.
Moskva
universiteti
geomorfologlari tomonidan quyidagicha relyef shakllarining genetik tasnifi
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: