2. Hind-Evropa tillarini qiyosiy-tarixiy organish tarixi tort davrni oz ichiga oladi:
Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishidan to yosh grammatikachilargacha bolgan davr (XIX asrning birinchi choragi-1870 y).
Yosh grammatikachilar davri (1870-1890 y).
Yosh grammatikachilar davridan to F de Sossyurning «Umumiy tilshunoslik kursi» asari va xet yozma yodgorliklarini oqib, manosini ochib berishgacha bolgan davr (XIX asrning oxiri va XX asrning ikki on yilligi).
F. de Sossyur goyalaridan bizning davrimizgacha bolgan davr.
Birinchi davr, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning ochilishidan boshlab, yosh grammatikachilargacha bolgan davrni, yani taxminan 1816-1870 yillarni oz ichiga oladi. 3. Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilari F.Bopp, R.Rask, Ya.Grimm hamda A.Vostokovlardir. 4. Frans Bopp (1781-1867) buyuk nemis tilshunosi-sanskrit mutaxassisi, Berlin universiteti professori. U 1816 yilda «Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» asarini yozdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |