5. R.Rask 1811 yilda «Island tili boyicha qollanma» nomli birinchi ishini elon qildi. Ushbu tadqiqotidayoq F.Boppdan ham oldin grammatik korsatkichlarni, ayniqsa, qoshimchalarni qiyoslashning muhimligini aytib otdi. Ayni vaqtda u, Bopp goyalarini toldirgan holda, leksik qiyoslashga ham katta ahamiyat berdi va bu jarayonda dastavval eng zaruriy tushunchalar, hodisalar va predmetlar bilan boglangan leksikani hisobga olinishini togri takidladi.
1818 yilda R.Raskning «Qadimgi shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi» nomli asosiy asari elon qilindi. U tadqiqotda german, litva, slavyan, lotin va grek tillarining qarindoshligini isbotlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |