K asb psixologiyasining taraqqiyot tarixi
Kasb psixologiyasi psixologik fanlar ichidagi eng yosh va tarixi
qadim zamonlarga borib taqaladigan fanlar qatoriga kiradi. Haqiqatan
ham kasb psixologiyasi yaqin vaqtlarda ko‘zga ko‘rinib borgan b o ls a
ham uning ahamiyati haqidagi fikrlar qadimlarga borib taqaladi.
Dunyo madaniyatini beshigi b o ig a n eng qadimiy ta’limotlardan biri
b o ig a n muqaddas “Avestoda” ham kasb va uning ahamiyati haqida
72
fikrlar mavjuddir. Antik davr filosoflari ham kasb haqida o ‘z fikrlarini
aytib o ‘tganlar. Masalan Platon o ‘z asarlarida odamlar kasb jihatidan
taqsimlanishi kerakligi, bu esa ularga qo‘yiladigan talablardan kelib
chiqishini aytib o ‘tgan edi. “...Odamlar o bzaro tengdirlar, lekin ular
majburiyatlariga munosabatlarida bir xil emasdirlar, ular qobiliyat
lari jihatidan har xildirlar - bir xillari boshqarish uchun tugilganlar,
boshqalari yordamlashishga, yana bir boshqalari - dehqonchilik, hu-
narmandchilik uchun yaratilgandirlar. Ularni hammasini... tilla, ku-
mush, mis, va temir kabi farqlash mumkin” .[20,28.]
Kasb psixologiyasi mehnat psixologiyasi tarkib:da shakllanib kel-
di. Mehnat psixologiyasi kasb psixologiyasiga tegishli b o ig a n masa-
lalarini o ‘z predmetini hal etish davomida o ‘rganib bordi. Lekin kasb
psixologiyasi qo‘ygan masalalarga yondoshish davr talabi bilan zaru
riy ravishda uni mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga sabab b o id i.
Kasb psixologiyasini mustaqil fan sifatida shakllanishini uchta
etapga ajratish mumkin:
1) XIX asr oxirlarida psixotexnikani psixologiyani y o lnalishi si
fatida paydo bo ‘lishi va mehnatni ilmiy tashkil qilishning psixologik
muammolami yechilishi ( W. Stem, F. Teylor, N. Munsterberg va
boshqalar. ) Psixotexnikani asosiy vazifalari bu mehnat usullari va
sharoitlarini ratsionalizatsiya qilish, travmatizm va avariya holatlarini
kamaytirish, ishlab chiqarishga o ‘rgatishni takomillashtirish edi.
2) XX asr boshlarida mustaqil fan sifatida paydo b o ig a n mehnat
psixologiyasi rivojlanishi ( F. Parson, M. Weber, S.G. Gallershteyn,
A.K. Gastev va boshqalar). Uning asosiy izlanish vazifalari - in
sonni mehnat jarayonida shakllanishi va psixikasini k o ‘rinishini,
shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertiza-
sini o ‘rganish edi.
3) O ig a n asrning 70 - yillarida mehnat psixologiyasining in
son va kasb o ‘rtasidagi munosabatlarini o ‘rganish asosida, yangi
73
kasb psixologiyasini alohida fan sifatida shakllanishiga olib keldi.
M ehnat psixolgiyasining bu alohida y o ‘nalishi kasb psixologiyasi
deb nomlanadi. Bu A. Huth. E. Bomemann, K. Seifert, E. Vlich ish-
larida ko‘rindi. Kasb psixologiyasi kasbiy maslahat, kasb tanlash va
professiografiya masalalari bilan shug‘ullandi.
Mustaql fan sifatida kasb psixologiyasi AQShda shakllandi. Kasb
psixolgiyasining ajralib chiqishi hozirda insonni kasbiy mehnatga
m uvofiqlashishi, ayrim kasblar bilan o ‘zaro munosabati, shuningdek
kasblar dunyosiga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqadi. Kasb psi
xologiyasining asosiy vazifasi bu inson va kasb o ‘rtasidagi munosa-
batlami o ‘rganish va uni nafaqaga tayyorlash hisoblanadi.
Kasb psixologiyasining rivojiga rossiyalik quyidagi olimlar o ‘z
hissasini qo‘shganlar: E.M.Borisova, K.M.Gurevich, Yu. M.Zabrodin,
E.A. Klimov, Yu.V. Kotelova, T.V. Kudryavsev, N.V. Kuzmina,
N.D. Livitov, B.F. Lomov, A K. Markova, K.K. Platonov va boshqalar.
XIX asming XXasming boshlarida F.Teyloming mehnatni tashkil
qilish va korxonani boshqarishga bag‘ishlangan ishlari paydo boMadi.
Bu ishlarda fiziologik va psixologik masalalar - kasb tanlash, mehnat
m e’yori, haq to‘lash tizimi, rag‘batlantirish va jazolash, ish qurol-
larini ishchiga moslash kabi dolzarb tomonlar o ‘rganiladi. Teylor-
ning ishlari to ‘laligicha ishbilarmonlar manfaatiga qaratilgan bo‘lib,
ko‘proq foyda olishni maqsad qilib qo‘ygan edi.
Mehnat psixologiyasini vujudga kelishiga G.Ford tomonidan
konveyer tizimini ishlab chiqarishga tadbiq qilinishida ko‘rish mum
kin. G. Ford o ‘zini g ‘oyasini o ‘rta hoi ishchiga qaratgan va ular ish
qidirish davomida jismonan va ruxan zo ‘riqmaydigan ishni qidiradi-
lar deb ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishga texnikani kiritilishi esa ulami
qoniqtiradi demoqchi bo‘ladi. Bu ularni kasblami bilishini shart emas
qilib qo‘yadi va ular m a’lum bir mexanik ishlami bajaradilar demoq
chi bo‘ladi. Bu orqali inson faktori inkor etiladi. Bu insonni ishlab
74
chiqarishni bir vintigi qilib qo‘yadi.
F. Teyloming boshqarish tizimi quyidagilarga asoslangan edi;
1) Boshqarish va tashkil etish bilan b og iiq boigan aqliy mehnat-
dan ajratish.
2) Ishchilami barcha boshqa ishlardan, ya’ni boshqarish va tashkil
etish bilan b o g iiq bo ig an aqliy ishlardan ozod qilish.
3) Ishchilami normalarini bajarish yoki o rtig l bilan bajarishini dif
ferensial holda rag‘batlantirish.
Bu davrda mehnatni ilmiy boshqarishga boigan intilishlar vujudga
kela boshladi. Teylor tomonidan tavsiya etilgan ilmiy boshqarishning
mohiyati nimadan iborat edi. Teylor mavjud boigan korxonani boshqa-
rishni “tashabbuslar va rag‘batlantirish” usulidagi boshqarish deb baho-
ladi. Teylor ishlab chiqarishni pastligini ko‘rsatuvchi uchta asosiy sababni
ko‘rsatdi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |