F. R. Abduraxmonov z. E. Abduraxmonova


bet44/196
Sana25.01.2022
Hajmi
#409943
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   196
Bog'liq
fayl 1114 20210526

Birinchi 
sabab -  bu  ishchilar agar  ish suratini oshirib ishlasak 
boshqa ishchilami ishsiz qolishiga sababchi bolam iz deb o‘ylashlari. 
Ik-
 
kinchi 
sabab ...  odamlami tabiiy instinktlari va odatlari boigan bayram- 
lar  ...  bosiqlik,  o‘rta  hoi  darajasida  sekin  ishlashlari  ham  sabab  boigan. 
Uchinchi 
sabab korxonada ishlashni ratsional ko‘rinishini ko‘rsatib bera- 
digan yo‘riqnomani yo‘qligi. Teylor shu sabablar tufayli  ishlab chiqarish 
past  deb  baholaydi.  Teylor  ishchilami  o‘rganish  uchun  ular  bilan  birga 
ishlashga va ulami  sharoitini  o‘rganishga harakat qiladi.  Mehnatni  ilmiy 
boshqarish uchun Teylor eksperimentlar o ‘tkazadi.
Teylor  ishlab  chiqarishda  yuqori  yutuqlarga  ega b o iish   uchun  “ 
ilmiy  boshqarishning”  4 ta tomonini  ko‘rsatdi.  Bular quyidagilar:
1)  Ishchilami  qobiliyati  va  malakasini  umumlashtirish  ,  klassifi- 
katsiya  qilish  orqali.  Har bir mehnat  turini  ilmiy  asosli  o ‘rganish.  Har 
bir insonni  harakatini takomillashtirish va mehnat qurollarini  standart- 
lashtirishga qaratilgan eksperimentlar olkazish.
2)  “ilmiy  asoslangan  talablarga”  muvofiq  ishchilami  tanlab  olish. 
Ulami  “  yuqori  sifatli  ishchi”  sifatida  o ‘qitish,  ishga  tayyorlash.  Bu
75


talablardan bosh tortganlami bo‘shatib yuborish.
3)  Adminstratsiya  ishchilar  bilan  yaxshi  hamkorlikni  amalga 
oshirishi.  Teylor  aytganidek  ishchi  va  fan  o ‘rtasida  yaqinlikni  yu­
zaga  kelltirish.  Ishchilami  ish  bajarishlarini  tezlashtiradi  va  ulam i 
aniq bajarishini  ta ’minlaydi.
4)  Mehnat  taqsimoti  deyarli  teng  b o iib ,  ishchi  va  boshqamchi- 
lami javobgarligi bir xilda b o iish i  kerak qilib qo‘yiladi.
Teyloming  bu  kabi  ilmiy  eksperimentlari  asosan  tadbirkorlaming 
ish unumini va biznesini k o ‘payishiga qaratilgan b o is a  ham  ishchilar- 
ni malakasini oshirish, ulami yaxshi kasb egasi b o ish g a va psixologi­
yasida o ‘zgarishlar yasashi  kerakligini  ko‘rsatadi.  Teylor o ‘zining bu 
tamoyillari  bilan  ishchini  “tashabbusi  va  rag‘batlantirishni”  ilmiy 
boshqarish  asosida  olib borish  kerakligini,  buning  uchun  esa  sabr to- 
qat,  chidam  va  bosiqlik  zarurligini  ko‘rsatadi.  U  o ‘zini  bu  tizimini 
tezda  tadbiq  qilib  boim asligini  va  kerakli  natijani  olish  uchun  bir 
necha  yillar  kerak  b o iish ini  aytib  o ‘tadi.  Ishchini  o ‘rganish  uchun 
uzoqdan  emas,  balki  yaqindan  turib,  uni  uy  fikrlarini,  mulohazala- 
rini  bilish zam rdir deb ko‘rsatadi.  Shuning uchun  ishchi bilan yonma 
yon b o iish n i tavsiya etadi. Uni o ‘zini ketidan olib borish bilan yangi- 
liklarga va yutuqlarga ega qilish mumkin deydi. Albatta bu sekin asta- 
lik  bilan b o iish in i  tushuntiradi.  Eng  oddiy  tarzdagi  mehnatni  tashkil 
qilishda  ham Teyloming fikricha  ilmiylik yotadi.
Teyloming  ikkinchi  tezisi  ham  birinchiga  b o g iiq   b o ia d i.  Bu 
“Dars”  yoki  “Vazifa”  g ‘oyasidir.  “Dars”  Teyloming  fikricha  butun 
ilgarigi  mehnatga beriladigan  haqni  almashtirishi  zamr.  Dars bu  ish 
normasini  bajarish  hisoblanadi.  Lekin  Teylor bunga  o ‘zgacha  m a’no 
beradi.  Dars  bu  har  kungi  vazifa  b o iib ,  uni  bajarish  qat’iy  belgilan- 
gandir.  Teylor  buni  maktabdagi  beriladigan  vazifaga  tenglashtiradi. 
Dars  bu  yaxshi  ishchining  bir  kunlik  ish  normasini  bajarishi  sifa­
tida  qaraladi.  Bu  esa  ishchini  bir  kunlik  ish  normasini  bajarishi  hi-
76


soblanadi.  Yaxshi  ishlamagan  yoki  darslami  bajarmagan  ishchilarni 
boshqasi  bilan  almashtirish  va  ish  unumdorligini  oshirish  Teyloming 
asosiy maqsadi  bo‘ladi.  Teylor  ishni  tashkil  etishda  ishchilarni  char- 
chab  qolishini  hisobga  olgan  holda  ularni  dam  olishlarini  ham  ilmiy 
boshqarishga kiritadi.
Teylorning  ikkinchi  tamoyiliga  asosan  ishchilarni  tanlov  aso­
sida  ishga  olishni  ko ‘rsatadi.  Uchinchi  tamoyilga  asosan  admin- 
stratsiya  va  ishchi  o ‘rtasida  o ‘zaro  yaxshi  munosabatlarni  vujudga 
keltirish  yotadi.  Ishchilarni  tanlashda  Teylor  bo'yicha  “  odamlarni 
ommaviy  rivojlantirish  em as”,  balki  “har bir  alohida  individumni” 
rivojlantirish kerakligi  ko'Tsatiladi.  Teylor olib borgan eksperiment- 
lar  asosida  ishchini  tanlab  olish  masalasi  yotadi.  Bunga  misol  qilib 
uni  Shmid  deb  nomlangan  ishchi  bilan  suhbatini  ko‘rsatish  mumkin 
bo‘ladi. Albatta  Teyloming o‘tkazgan eksperimentlari  o‘z davri uchun 
m a’lum bir yutuq va kamchiliklarga ega. Lekin mehnatni ilmiy boshqa­
rish  orqali  ish  unumdorligini  oshirish,  ishchilarga  mehnat  qilish 
uchun  sharoitlar  yaratib  berish,  mehnati  uchun  rag‘batlantirish  va 
kamchiliklari  uchun  jazolash,  ishchini  fiziologik  imkoniyatlarini 
bilish  kabi  masalalami  hal  qilish  davomida  kasbga  xos  boMgan  m a­
salalar  ham  yuzaga  chiqadi.  Bu  olib  borilgan  tajribalardan  kasb  va 
kasbga  tanlash,  kasbga  layoqatlilik,  insonni  fiziologik  imkoniyat- 
lari,  insondagi  psixologik  xususiyatlar va jarayonlarni  bilish,  kasbi­
ni  ustasi  b o iis h   uchun  nimalar  qilish  kerakligi  va  shu  kabi  kokplab 
masalar k o‘zga tashlanadi.
Teyloming  mehnatni  ilmiy  tashkil  qilishi  bilan  b o g iiq jarayonlar- 
da  kasbga  va  kasb  psixologiyasiga  tegishli  ko‘plab  masalalar  yuzaga 
chiqishi  orqali  bu  fanni  rivojlanishi  uchun  imkoniyatlar paydo boiadi. 
Albatta  mehnatni  ilmiy  tashkil  etishning  asosiy  shartlaridan  biri  bu 
o ‘z  kasbini  yaxshi  biluvchi  va  unga  qiziquvchi  kadrlami  tayyorlash 
hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  hozirda  rivojlanayotgan  davlatlarda
77


jam iyat  uchun  kerak  b o ig a n   yangi  va  yangi  kasblarga  tayyorlash  va 
ulardan  o ‘z  kasbini  yaxshi  bilishlarini  talab  qilinmoqda.  Bu  yo‘lda 
0 ‘zbekistonda ham ko ‘plab amaliy  ishlar olib borilib raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashga diqqatni  qaratilmoqda.
XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  amaliy  psixologiyaning  bir 
yo‘nalishi  sifatida industrial  psixologiyani  shakllanishi  va  rivojla- 
nishi  psixotexnikani  paydo bo‘lishiga  olibkeldi.  Psixotexnika  Ameri- 
kada  teylorizm  bilan paralell  tarzda shakllandi. Teylorizm  texnika va 
insonning  jismoniy  chidamligini  o ‘rgangan  bo‘lsa,  psixotexnika  psi­
xologiya  tarkibidan  o ‘sib  chiqdi.  Psixotexnika  Teyloming  ishlaridan 
alohida holda  shakllanib chiqdi.  Psixotexnikani  shakllanishiga  Fray- 
burg universiteti  dotsenti  Gugo  Myunsterberg  o ‘zining  “Psixologiya 
va iqtisodiy hayot” (1912 y) kitobida fikrlarini bildiradi.  U keyinchalik 
Amerikaning  Garvard  universiteti  professori  bo‘lib  ishlaydi.  Psixo­
texnika keyinchalik  mehnat psixologiyasi  b o iib   shakllandi.
Myunsterberg  G.  o ‘zining “Psixotexnika asoslari”  deb nomlanuv- 
chi  asarida  kasb  psixologiyasini  shakllanishiga  ta’sir  etuvchi  fikrlar 
bildiradi.  Myunsterberg  o ‘zining  bu  asarida  psixotexnikaning  uchta 
asosiy masalalarini  ko‘rsatadi.
1.  Ishlab  chiqarishga  “to ‘g ‘ri  keluvchi  odam lami”  tanlab  olish 
(Bu  yerda iqtisodiy to ‘g ‘ri keladigan va joyiga mos keladigan  shaxs- 
lami  tanlab olish haqida gapirilmoqda).
2.  Ishlab chiqarishda mehnat unumdorligining  iloji boricha yuqo­
ri  darajasiga  erishish.  (bu  yerda  psixologik  ta ’sir  asosida  mahsulotni 
sifatini, sonini ko‘tarish yoki  uni shu natijalarini pasayib ketmasligiga 
harakat qilish nazarda tutilmoqda).
3.  Yuqori  psixologik  effektga  erishish  (shaxsga  ta’sir  etuvchi 
m a’lum psixologik jarayonlar asosida  iqtisodiy jarayonni  ko‘tarish).
Birinchi  masala  bu  kasbiy  layoqatlik 
hisoblanib  unda:  kasbiy 
tanlov,  kasbiy  maslahat  (profkonsultatsiya)  va  hatto  kasblar  bilan
78


yoshlarni  tanishtirish  (proforiyentatsiya)  yotadi.  Bu  masalalarni 
hal  qilish  differensiyal  psixologiya  bilan  b o g iiq   b o iib ,  bu  haqida 
Myunsterberg  to ‘g ‘ri  fikr  bildiradi.  M yunsterberg  shunday  deydi: 
“Industrial  psixologiya  uchun  individual  psixologik  farqlar  asosiy 
hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega”.
Myunsterbergga 
kasbiy  layoqatlikni  ajratib  olish  uchun 
V.Shtemning  va  boshqa  differensial  psixologlaming  qarashlari 
muhim  ahamiyat kasb etadi.  Insondagi  m a’lum  bir psixologik jihatlar 
m a’lum kasb uchun muhim ekanligi buni  esa  differensial  psixologlar 
tomonidan  ko‘rsatilishini  Myunsterberg aytib o ‘tadi.  “Eksperimental 
va hattoki  differensial  psixologiyani metodlari  kasbiy talablarga mos 
tushmaydi.  Shuning  uchun  maxsus  eksperiment  tizimini  (testlami) 
yaratish  zarurdir.  Bu  testlar  kasbga  xos  psixologik  xususiyatlarni 
ko‘rsatishi va kasbiy faoliyatni  faollashtirishi z a ru r’dir deb ko‘rsatadi 
Myunsterberg.  Buning  uchun  aniq  mehnat  faoliyati  kobrinishlarini 
kasbiylik  nuqtayi  nazaridan  subyektiv  faktorlar  asosida  o ‘rganish 
zarurdir.  “Biz  har  xil  kasblami  sinchiklab  o ‘rganishimiz  va  ularga 
mos tushuvchi psixologik faoliyatlami tahlil qilishimiz kerak b o ia d i”
-  deb yozadi  Myunsterberg.
Myunsterberg  kasbni  psixologik  tahlil  qilish  uchun  birinchi  b o iib  
korxonalaming  egalari  bilan  suhbatlar  olib  boradi.  Korxonalaming 
egalari  ishni  tashkil  qilish  uchun  ishchilami  o ‘z ishiga  intilib  ishlash- 
larini,  halol  bolishlarini,  ishlami  bajara olishlarini,  o ‘z kasbini  ustasi 
b o iish   kabi  tomonlami  ko‘rsatadilar.  Lekin  ular  ishchilarga  tegishli 
b o ig an   psixologik  tomonlarga  etibor  bermaydilar.  Ishchilaming 
diqqati  va  uning  o ‘ziga  xos  tomonlari,  xotirasi  va  uning  kuchi,  iro­
dasi,  tafakkuri  va  boshqa  psixologik  xususiyatlarini  e ’tiborga  olmay- 
dilar.  Myunsterberg  har  bir  mehnat  faoliyatiga  esa  o ‘ziga  xos  psix­
ologik tomonlar borligini va ular kasbiga qarab farqlanishini ko‘rsatib 
beradi.  Har  bir  faoliyat 
maxsus  kasbga  xos  b o ig a n   psi-xologik
79


tahlilni,psixologik  Qonunlarga  asosan  talab  qiladi.  Shuning  uchun 
bu  yerga  mutaxassis  psixologlami jalb  qilish  zarur  boiadi.  Kelajakda 
deydi  Myunsterberg korxonalarining egalari o ^lari  psixolog mutaxas- 
sisligiga  muhtoj  bo lad ilar va  ulami  ishga  chaqiradilar.  Psixolog  mu- 
taxassislar  ishni  sifatini  va  unumdorlikni  ko‘tarish  uchun  ishchilarni 
faoliyatini  o ‘rganadilar  va  o ‘ziga  xos  tavsiyalar  bilan  bu  maqsadlami 
amalga oshirib boradilar.
Myunsterberg  sanoat  psixotexnikasini  “Mehnatni  ishlab  chiqish- 
dagi yuksak  yutug‘i”  deb  ta’riflaydi.  Myunsterberg ishchilarni “mashq 
qilish va  o‘rgatish”ga  e’tibor qaratadi  Uning olib borgan eksperiment- 
larida  kasbga  o ‘rgatish  va  bu  o ‘rgatishlar  davomida  ishchilarni  toliqib 
qolishi  masalasini  ko‘zga  tashlanganligini  ko‘rsatib  beradi.  Myunster­
berg telegrafistlar va mashinistkalar bilan  ishlar olib boradi  va e ’tibomi 
ulami  mehnat  qilishlari  davomida  yuzaga  kelgan  ko‘plab  masalalami 
o‘rganishga  o ‘z  diqqatini  qaratadi.  Myunsterberg  o‘z  eksperimentlar- 
ida  ishchilarni  toliqib  qolishi  va  ularga beriladigan  imkoniyatlami  ham 
o‘rganadi. Charchash faoliyatni susayishiga olib kelishini, u bilan b ogiiq 
holda  ko‘plab  psixologik  muammolar  vujudga  kelishin  ko‘rsatadi. 
Myunsterberg o‘z  faoliyati  davomida  kasb psixologiyasini  rivojlanishi 
uchun,  mehnatni  ilmiy  boshqarish va kasblarga xos boig an  psixologi- 
yani o ‘rganish uchun ko‘plab eksperimentlar, testlar, mashq qilish bilan 
b o g iiq   maketlami  tayyorlab  berdi.  Keyinchalik  fanni  rivojlanib  bori­
shi  kasblami  mashq qilib  o ‘rgatadigan,  treninglar  o ‘tkazadigan  o ‘quv 
markazlari  paydo b o ld i.  Kasb psixologiyasi  rivoj  topib  bordi.
K.Torndayk,  Dj.Fanogenlar  tomonidan  Amerika  aviatsiyasi 
uchun pilot va ekipaj  a ’zolarini  tanlashda  ularni  shu  ish faoliyatiga 
layoqatini  tahlil  qilishdagi  o ‘tkazgan testlari  muvaffaqiyatli  chiqdi. 
Ikkinchi  jahon  umshida  AQSh  kuchlariga  jalb  qilinganlardan  20 
millioni  testlardan  olkazilib  juda  katta  auditoriyani  qamrab  oldi. 
1943-yil  test  sinovlaridan  o ‘tgan  10 000  uchuvchilar  1950-yilgacha
80


kuzatuvchi  bo‘ldilar.  Bu  va  boshqa  o4kazilgan 
tajribalar  shuni 
ko‘rsatdiki,  “yuqori  darajadagi  intellektual  qobiliyatlar”  juda  xilma 
- x i l  o ‘lchamga,  bir  xil  boMmagan  tabiatga  va  mazmunga  ega  ekan- 
lar.  Kasb  psixologiyasi  masalalari  Rossiyada  ham  o ‘rganildi.  Bu  so- 
hani  o ‘ziga  yarasha  o krgangan  psixologlar paydo  bokldi.  Ishlab  chiqa- 
rishga va undagi jarayonlami  ilmiy boshqarishga asoslangan  mehnatni 
ilmiy  tashkil  etish markazlari  korxonalar qoshida tashkil  topdi.
Harbiy  holatdagi  sharoit  sanoatda  test  o ‘tkazishga  bo‘lgan 
qiziqishni  ham  faollashtirdi,  shu  jumladan  korxonalardagi  ishchi 
kuchini  tartibga  solishga  e ’tiborni  ham  tortdi.
O ltgan  asrning  40  -  yillarida  test  o ‘tkazish  bo‘yicha  ottirilgan 
malakalar asosida  AQShda qobiliyatlarni  o ‘rganuvchi  testlami kom- 
pleks  batareyalari  shakllantira  boshlandi.  Bunda  batareya  so‘zi  quyi- 
dagilami  anglatadi,  ya’ni  uning elementi  sifatida  quyidagilar kiradi:
-tekshirilayotganlar uchun  instruksiya;
- test mazmuni;
-  olingan  natijalami  ochib beruvchi  kalit;
-  testolog  uchun  instruksiya-  bunda  olingan  natijalami  tahlil  qi­
lish  nazarda  tutiladi;
- testologni  o ‘rgatish  metodikasi;
-qayta  test  o ‘tkazish  uchun  instruksiya.
Ko‘zga  tashlangan  batareyalar sifatida  o ‘sha  vaqtdagi  AQSh da 
tarqalgan  testlar  SAT  -  bunda  o ‘qishga,  kasb  o ‘rganishga  bo‘lgan 
qobiliyati  bo‘lganlami  tanlab  olish,  yana  TALENT-  katta  maktab 
yoshidagilar uchun testlar,  shuningdek  DATB -  bu bo‘yicha dunyoni 
50dan  ortiq  mamlakatlarida  sanoat  uchun  kasbiy  tanlov  va  amii- 
yaga  tanlab olindi.  1948-yilda  AQSh da “situatsion  testlar”  ishlatila 
boshlandi.  Bu  tekstlarda  odamlami  yolg‘on  gapirishlari,  o ‘g ‘rilikka 
bo‘lgan  mayillari  va  xulqidagi  ayrim  tomonlar  o ‘rganildi.  Shu 
davming  o ‘zida 
shaxsni  kasb  tanlashgan  qiziqishini  o ‘rganuvchi
81


Rorshaxning  testlari  ham keng yoyildi.
Kasb psixologiyasini fan sifatida  rivojlanishi  Rossiyada  E.F.Zeer, 
E.A.Klimov, A.K. Markova  kabi  psixologlar nomi bilan b o g iiq . Ular 
kasbiy psixologiyaga tegishli  ko‘plab  amaliy ishlami  hayotga tadbiq 
qilib kelmoqdalar. Yoshlami  kasbga yo‘naltirish, kasbiy  maslahatlar, 
ishehilami  o ‘z kasblarini  egallashlari  va bu  sohani  ustasi  bo‘lish lari, 
nafaqaga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq ko‘plab psixologik masa­
lalar  ular  tomonidan  o ‘rganilib,  tadqiqot  ishlari  olib  borilgan.  Umu- 
man  esa  kasb  bilan  bog‘liq  ishlar  ms  psixolog  olimlari  tomonidan 
o ‘tgan asming boshlaridayoq  qiziqish  obyekti bo‘lgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish