F. R. Abduraxmonov z. E. Abduraxmonova


  Kasb  psixologiyasi fanining vazifalari va  boshqa  fanlar bilan


bet19/196
Sana25.01.2022
Hajmi
#409943
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   196
Bog'liq
fayl 1114 20210526

1.2  Kasb  psixologiyasi fanining vazifalari va  boshqa  fanlar bilan
 
aloqasi
 
Kasb  psixologiyasi  fanining shakllanishi va vazifalari
Kasb  psixologiyasining  shakllanish  tarixi  uzoq  davrlarga  borib 
taqaladi.  Bu  kasblar  paydo  b o lish i  bilan,  insoniyat  o ‘zligini  tani-
31


shi  bilan, jamiyatda  mehnat taqsimoti  paydo b o iish i  bilan shakllanib 
borgandir.  Bizga  m a’lumki  insoniyat  ibtidoiy  jamiyatda  o ‘ziga  xos 
holda  mehnatni  taqsimlanishini  boshidan  olkazgan.  Bular  esa  uning 
tarixiy  taraqqiyotida yanada  murakkab jarayonlami  yuz berishi  bilan, 
insoniyat o ‘z boshidan m a’lum  bir tarixiy etaplami  bosib o lish i  bilan 
bogiiqdir.  Biz bular haqida insoniyatda yozuvni  paydo bolgungacha 
davrlarda,  g‘ordagi  chizilgan  rasmlarda  ham  ko‘rishimiz  mumkin. 
Keyinchalik insoniyat o ‘z orasidan m a’lum kasblami  o ‘zi uchun tirik- 
chilik manbai  qilib olganligida ko‘rishimiz mumkin.
Insoniyat  ibtidoiy  jamiyatdan  quldorchilikka  va  undan  yer  bilan 
ishlovchi  -  feodalizmga,  ishlab  chiqarishni  rivojlanishi  orqali  fan  va 
texnika  bilan  b o g iiq   b o ig an   kapitalizmga  o ‘tib  borar  ekan,  har  xil 
b o ig an  kasblar paydo b o ld i va ular orqali tirikchilik o ‘tkazildi.  Inson- 
lami  m a’lum  bir kasblarga bo ig a n   intilishi  o ‘z  hayot  faoliyatini  yax- 
shilashga, tirikchiligini  o ‘tkazishga intilishlami  olib keldi. Jamiyatdagi 
mehnat taqsimoti  insonlami  o ‘rganishga,  ulami m a’lum  bir kasblarda 
yaxshi  natijalar berishini  ko‘rsatdi.  Kasbga  xos  b o ig a n  psixologik ja ­
rayonlar ham shakllanib bordi.  Jamiyatga va insonlarga kasbini  yaxshi 
biladigan, bilimli, mohir kasb egalari,  shuningdek bu kasbni qaysi biri- 
ni tanlab o ‘zi va jamiyat uchun foydali ishlami bajara oladigan shaxslar 
ham  zamr b o ld i.  Shu  tariqa jamiyatga  insonni  kasbini  va uni  kasbiga 
mos  keluvchi  psixologik  jarayonlami  o ‘rganuvchi  kasb  psixologiya- 
siga  ehtiyoj  tuglldi.  Lekin  bu  ham  darrov  yuzaga  kelgani  yo‘q.  Yillar 
davomida insonni kasbga b o ig an  munosabatini, kasbni egallashi bilan 
b o g iiq   jarayonlam i  va  mexanizmlarni,  qarilik  bilan  b o g iiq ,  y a’ni 
kasbdan  ketish jarayonlarini,  kasbni  almashtirish  va  yangi  bir  kasb­
ni  egallash,  kasbdagi  qo‘nimsizlik  sabablarini,  kasbni  ustasi  b o iib  
yetishish  va  uning  sirlarini,  kasbdagi  ijod  va  yangi  qirralami  topish 
kabi  ko ‘plab  masalalami  o ‘rganishi  kerak  b o ig an   kasb  psixologiya- 
siga ehtiyoj ko‘payib bordi.  Bu fan eng avvalo Yevropada shakllandi va
32


keyinchalik  boshqa  davlatlarga  ham  tarqaldi.  Kasb  psixologiyasining 
o ‘zi ham yangi kasb shakli sifatida insonni madaniyatini boyitib bordi.
Sharqda  ham  kasbga  b o ig a n   munosabatlar  sharh  mutafak- 
kirlarining  asarlarida  o ‘z  ifodasini  topgan.  Kasb  haqidagi  qadimiy 
fikrlami  eng  qadimiy  ta iim o t  b o ig a n   muqaddas  “Avesto”da  uch- 
ratamiz.  Keyinchalik  esa  sharqning  buyuk  allomalari  asarlarida, 
xalqning  o g ‘zaki  ijodida  kasb  haqidagi  fikrlar  yanada  shakllandi. 
Kasbni  ular  yashashning,  inson  faoliyatidagi  mustaqillikning,  bit- 
mas  tuganmas  boylikning,  jam iyatda  insonni  o ‘m ini  k o ‘rsatib  be­
radigan  asosi  sifatida tushuntirib  berdilar.
Jamiyatda paydo b o ig a n  kasb psixologiyasi  o ‘z o ‘zidan shakllan- 
madi, balki o ‘z oldiga m a iu m  bir vazifalami qo‘yib, ulami yechishga 
va  jamiyatda  inson  va  kasb  o ‘rtasida  paydo  b o iad ig an   munosabat- 
lardagi  masalalami  o ‘rganishga,  ularga  javob  topishga  harakat  qi- 
luvchi  fan  sifatida  shakllandi.  Kasb  psixologiyasi  0 ‘zbekistonda  fan 
sifatida endi  tashkil  topayotgan psixologik yo‘nalish hisoblanadi.  Le­
kin  uning  ildizlari  qadim davrlarga borib taqaladi.
Inson  va jam iyat  uchun  fanning  aham iyati  juda  kattadir.  Umu- 
man  fan  haqida  gapiradigan  b o is a k   fanni  quyidagicha  ta ’riflash 
mumkin:  “Fan  -   bu  rivojlanuvchi,  o ‘suvchi  bilim lar  tizim i,  in- 
sonnning  atro f  olamni  surunkali  o ‘zlashtirilishiga,  o ‘zini  qur- 
shagan  voqelikning  b orlig ‘i  haqida  aniq  va  teran  axborot  olishi, 
bunday  axborotni  saqlash,  qayta  ishlash  va  undan  foydalanishga 
y o ‘naltirilgan  ijtim oiy  ongning  alohida  shaklidir.”  Fanning  ja m i­
yat va  insoniyat oldidagi  k o ‘plab  vazifalari  mavjud.  Bularning  ay- 
rim larini  k o ‘ramiz:
•  Fanning moslashtiruvchi  funksiyasi  hayotiy faoliyatning tabi- 
iy  va  ijtimoiy  sharoitlarga moslashish  qobiliyatini  shakllantiradi.
•  Fanning  faollashtim vchi  funksiyasi  jam iyatda  tabiatga  nis- 
batan  amaliy  o ‘zgartiruvchi  faoliyatga moyilliklarni  shakllantiradi
33


• 
Fanning  informotiv  funksiyasi  odamlarga a tr o f -  olam haqida 
yangi  ilmiy bilimlar,  aniq  ilmiy  axborot beradi.
Kasb  psixologiyasi  fan  sifatida  o ‘z  oldiga  ko ‘plab  vazifalam i 
qo‘ygandir.  Bu  vazifalar  jam iyat  oldidagi  va  o ‘zini  fan  sifatidagi 
vazifalardir. 
Vazifa 
so ‘zi  -  arabchada  maosh,  oylik  degan  m a’noni 
bildiradi.Vazifa  o ‘z  ishlatilishi  jihatidan  har  xil  y o ‘nalishlarda 
o ‘ziga  xos  ravishda  ishlatiladi.  Vazifa -  amalga  oshirilishi,  hal  qili- 
nishi  lozim  b o‘lgan  masaladir.  Fan  vazifasi  bu  o ‘z  o ‘rganish  pred- 
m etidan kelib chiqqan holdagi bajarilishi  kerak boTgan  ish faoliyati 
hisoblanadi.  Ya’ni  fanning  funksiyasi,  bajarilishi  kerak  b o ig a n   ish 
faoliyatidir.
Kasb  psixologiyasining  vazifalarini  belgilashda  ham  o ‘ziga  mos 
b o ‘lgan  yondoshuvlar  mavjud.  Flar  bir  izlanuvchi  keng  va  fanning 
oldiga qo‘yilgan masalalardan kelib chiqqan  holda vazifalarni  aniq- 
lab  olishga  intiladi.  Deylik,  V.M.Karimovaning  kasb  psixologiyasi 
kitobida  quyidagicha  yondoshiladi.
1)  Yoshlarga o ‘zi tanlagan kasbining psixologik mohiyati  hamda 
milliy  istiqlol  g ‘oyalari  asosida jam iyat  oldidagi  ahamiyatini  to ‘la 
anglash;
2)  Tanlagan  kasbining  professional  y o ‘nalish  sifatidagi jam iyat- 
da tutgan nufuzi  va  aham iyatiga xolis  baho  berishga o ‘rgatish;
3)  Har  bir  talabaning  tanlagan  kasbi  to ‘g ‘risidagi  tasavvurlarini 
kengaytirish,  boyitish,  bunda  psixologiya  arsenalidagi  ishonchli 
m etodikalar va testlardan  foydalanishga o ‘rgatish;
4)  Kasb  etikasi,  odobi,professional  ahloq tushunchalari  borasida 
tanlangan  kasbning  murakkab  qirralarini jam iyatdagi  barqaror qad- 
riyatlar va m a’naviy mezonlar nuqtayi  nazaricha  tahlil  qilish;  kasb­
ga  sadoqat tamoyillarini  belgilash;
5)  B o‘lg ‘usi  o ‘qituvchi  muhandis  yoshlarni  to ‘g ‘ri  professio­
nal  y o ‘nalishini  shakllantirishning  psixologik  hamda  pedagogik
34


texnologiyalaridan  boxabar  qilish,  professional  motivatsiya,  profes­
sional  m aorif va  konsultatsiya  asoslari  bilan  tanishtirish.
6) 
Shaxsning  individual  psixologik  xususiyatlaridan  kelib  chi- 
qib,  o ‘zini  -  o ‘zi  kasbiy aniqlash,kasbiy  muloqotning  sirlarini  aniq­
lash,  professional  bilim,  malaka  hamda  ko‘nikmalarni  egallashda 
jam oaviylik  psixologiyasi  tamoillariga  o ‘rgatish.  [26,  17.  ]
Kasb  psixologiyasini  predmetini  belgilash  va  muammoli  tom on­
larini  tahlil  qilish  natijasida  rossiyalik  psixolog  E.F.  Zeer  shunday 
yozadi.
1)  Shaxsning  kasbini  egallash  bilan  b o g iiq   holdagi  kasbiy 
metodologiyani  asoslash  va  tadqiqotning  asosiy  tushuncha  va 
tamoyillarini  k o lrsatish;
2)  Kasb  psixologiyasi  predmetiga  adekvant  b o ig a n   tadqiqot 
metodlarini  ishlab  chiqish  va  o ‘zining  xususiy  metodlarini  shakl- 
lantirish;
3)  Kasbni  psixologik  tahlil  qilish,tasniflash(klassifikatsiya)  va 
xarakterlab  berish;  kasbni  loyhalash  metodlarini  va  tamoyillarini 
ishlab  chiqish;
4)  Shaxsni  kasbni  egallashini  psixologik  va  qonuniy  mexanizm- 
larini  tahlil  qilish;  bu  jarayonni  deterministik  dinamikasi  omillarini 
belgilash;  kasbni  egallashdagi  krizislami  o ‘rganish;
5)  M utaxassisni  kasbiy  destrukturasini  o ‘rganish;  shaxsni  defor- 
matsiyasini  va stagnatsiyasini,  kasbiy mehnat qilish  imkoniyatlarini 
pasayib  borishini  tahlil  qilish;
6)  Shaxsni  kasbiy  rivojlanish  imkoniyatlarini  psixodiagnostika- 
sini  ishlab  chiqish  va mutaxassisni  attestatsiya qilish;
7)  Shaxsni  kasbni  egallab  borishini  psixologik  kuzatish;  uni 
q o ila b  -  quvvatlash,  rag‘batlantirish  va  butun  kasbiy  faoliyati  davo­
mida  unga yordamlashish,  kasbiy  maslahat  berish,  kasbiy  texnologik 
rivojlanishida  yordamlashish,  attestatsiyalash,  kasbiy  mahoratini
35


o ‘sishida,  bilimlarini  boyib  borishiga  yordamlashish,  kasbiy  korrek- 
siyasida va reabilitatsiyasida y o‘l - y o‘riqlar berish, shuningdek kasb- 
dan  ketishidagi  jarayonlarda  unga  suyanchiq  bo‘lish.[21,18.]  Kasb 
psixologiyasi  vazifalariga shu kabi yondoshuvlar borligini  ko‘ramiz. 
Albatta  kasb  psixologiyasi  fan  sifatida  o ‘z  funksiyalariga  egadir. 
Ulami biz yuqorida ko‘rsatgan vazifalardan kelib chiqib ta ’riflaymiz. 
Kasb psixologiyasini vazifalari asosan inson va jam iyat manfaatlarini 
ko‘zlab amalga oshiriladi. Bu manfaatlar b o ‘lmasa demak kasb psixo- 
logiyasining  o ‘zini  ham  keragi  b o ‘lmaydi.  Fan  sifatida  va  jam iyat 
oldidagi  vazifalardan kelib chiqqan holda  kasb psixologiyasining o ‘z 
vazifalari  mavjud.  Bu  vazifalar  umummetodologik  va  metodologik 
xususiyatlarga egadir.  Biz bularga yuqorida to ‘xtab  o ‘tdik.
Kasb  psixologiyasining  hozirdagi  asosiy  vazifasi  fan  sifatida 
0 ‘zbekistonda  shakllanib  olishi  b o ‘lsa,  uning  keyingi  asosiy  vazi­
fasi  ta ’lim  berishdagi  jam iyat  oldida  turgan  dolzarb  vazifalarni 
yechishda o ‘z hissasini qo ‘shishdir.  Hozirgi vaqtdagi muhim masala 
kasb  psixologiyasi  uchun  bu  k o ‘plab  kasblar  ichidan  o ‘zi  uchun 
zarur b o ig a n  kasbni  tanlab  olishda yoshlarga yordam  berish  hisob­
lanadi.  Kasb  psixologiyasi  o ‘sib kelayotgan yoshlam i  tarbiyalashda 
va o ‘zini  fan  sifatida  shakllanib borishida tinmay  izlanib bormoqda.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish