Oqar suv bilan sug’orishda ko‘pgina hollarda tuproqning sho‘rlanishi va
botqoqlanishi sodir bo‘ladi, ularga qarshi kurash uchun esa ko‘p kuch va vositalar
sarflashga to‘g‘ri keladi.
Oqar suv bilan sug‘orishda, dalaga egatlab sug‘orish usuli keng tarqalgan
bo‘lib, makkajo‘xori go‘za va boshqa ekinlarni o‘stirishda qo‘llaniladi.
Tor qatorlab ekiladigan g‘alla ekinlari, xashaki o‘tlar yoppasiga sug‘oriladi.
Bunda dalalar yaxshi tekislangan polosalarga bo‘lingan bo‘ladi. Bunda suv
polosalar bo‘ylab quyiladi va suv tuproq yo‘zasida asta-sekin siljib singib boradi.
Bostirib sug‘orish usulida ekin maydonida pollar olinadi va ular suv bilan
to‘ldiriladi. Bunda suv asta- sekinlik bilan pastga, tuproqqa shimilib boradi.
Bostirib sug‘orishdan sholini o‘stirishda va sho‘r yerlarni yuvishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |