F I z I k a o’quv qo’llanma


Zanjir reaksiya. Reaktorlar



Download 10,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/303
Sana06.08.2021
Hajmi10,16 Mb.
#140212
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   303
Bog'liq
FIZIKA (Oquv qollanma)

 

Zanjir reaksiya. Reaktorlar 

U

235 



yadrosi  bo’linishi  tufayli  ajraladigan  energiyaning  taxminan  82 84%  i 

bo’linish  parchalarining  energiyasi  tarzida,  qolgan  qismi  esa  neytronlar  (2 3%),  -

nurlanish  (5 6%),  elektronlar  (3 4%)  va  neytrinolar  (5 6%)  ning  energiyasi 

sifatida  namoyon  bo’ladi.  Har  bir  yadro  bo’linganda  taxminan  200  MeV  energiya 

ajraladi.  Solishtirish  maksadida  oddiy  ximiyaviy  reaksiyalarda  (masalan,  yonish 

prosessida)  ajraladigan  energiyaning  har  bir  atomga  to’g’ri  keladigan  ulushi  atigi 

bir  necha  eV  ekanligini  eslaylik.  Demak,  yadro  bo’linishida  ximiyaviy 

reaksiyadagidan  millionlab  marta  ko’p  energiya  ajraladi.  Shuning  uchun  og’ir 

yadrolarning  bo’linish  hodisasi  kashf  qilinishi  bilanoq,  bu  reaksiyada  ajraladigan 

energiyadan  foydalanish  yo’llari  izlana  boshlandi.  Bo’linish  energiyasidan 

foydalanish  imkoniyati  amalga  oshishi  uchun  shunday  sharoit  yaratish  kerakki,  bu 

sharoitda  reaksiya  bir  boshlangandan  sung  o’z-o’zidan  davom  eta  olsin,  ya’ni 

reaksiya  zanjir  harakterga  ega  bo’lsin.  Bunday  reaksiyani  amalga  oshirishga  og’ir 

29.2-rasm 




 

479 


yadroning  bo’linishida  vujudga  keladigan  2-3  dona  neytron  yordam  beradi. 

Masalan,  birinchi  yadro  bo’linganda  ajralib  chiqqan  2-3  neytronning  har  biri  o’z 

navbatida  yangi  yadrolarning  bo’linishiga  sababchi  bo’ladi.  Natijada  6-9  yangi 

netronlar  vujudga  keladi.  Bu  neytronlar  yana  boshqa  yadrolarning  bo’linishiga 

imkoniyat  yaratadi  va  xokazo.  Shu  tarika  bo’linayotgan  yadrolar  va  buning 

natijasida  vujudga  keladigan  neytronlar  soni  nihoyat  tez ortib boradi. Bayon etilgan 

tarzda  rivojlanadigan  protsess  –  zanjir  reaksiyadir.  Hisoblarning  ko’rsatishicha, 

birinchi  yadro  bo’lingandan  keyin  7,  5·10

-7

  s  vaqt  o’tgach  10



24

10

25



  yadro 

(shuncha  yadro  taxminan  1  kg  uran  tarkibida  bo’ladi)  reaksiyada  qatnashgan 

bo’ladi.  Reaksiyaning  bunday  o’ta  shiddatli  tusda  o’tishi  –  portlash  demakdir. 

Lekin  bu  mulohazalarda  barcha  neytronlar  yangi  yadrolarning  bo’linishiga  sabab 

bo’ladi,  degan  farazdan  foydalaniladi.  Aslida  neytronlar  boshqa  yadrolar 

tomonidan  yutilishi,  lekin  bu  yadro  bo’linmasligi  mumkin.  Yoxud  neytronlar 

bo’linuvchi  yadrolar  bilan  to’qnashmasdan  reaksiya  sodir  bo’ladigan  hajm  (ya’ni 

aktiv  zona)  dan  chikib  ketishi  mumkin.  Natijada  zanjir  reaksiya  rivojlanmaydi. 

Demak,  zanjir  reaksiya  rivojlanishi  uchun  yadroning  bo’linishi  tufayli  hosil 

bo’lgan  neytronlarning  o’rta  hisobda  bittadan  ortig’i  yangi  bo’linishni  vujudga 

keltirishi  shart.  


Download 10,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish