F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Induktiv xulosa chiqarish



Download 0,68 Mb.
bet172/217
Sana17.02.2021
Hajmi0,68 Mb.
#59028
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   217
Bog'liq
neeee.

Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalami o’rganish asosida umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o’tkazadi, po’lat elektr tokini o’tkazadi, mis elektr tokini o’tkazadi, ruh elektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz.

Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar eiektr tokini o’tkazadi. Temir metaldir. Demak. temir ham elektr tokini o’tkazadi.

Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba'zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlaming boshqa

197

belgiJarining o’xshashligi to’g'risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalaming bir-biriga o’xshash bo’igan ba'zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz'iy ikki yakka hukmlarga asoslanib, juz'iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan, bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.

Shunday qilib, analogik yo’l bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabhalarida undan foydalanib turiladi.

Tushunchalar

Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi, Tushuncha deganda biz narsa va hodisalaming eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yuitishga to’g’ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti.

Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida taricib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o’qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo’ladi.

Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib clingan ba'zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek narsalar o’rtasidagi icliki munosabatiarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan. og’lik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo.

Tushunchalar ko’lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to’planma tushunchalarga bo’linadi. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka tushunchalaming xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar.

To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig’ilish va hokazolar. To’planma tushunchalaming bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka to’planma tushunchaga oiddir. Guruh,

198

jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy to’planmatushunchasiga misol bo’la oladi. Yetti og’ayni yulduzlar to'plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to’planma tushunchalar jumlasiga kiradi.

Fikr yuritishda tushuncha bilan so'z o’zaro bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Bir tomondan so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so’z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir so’zdan, o’zbek xalqi ikki so’zdan qahramon o’zbek xalqi uch so’zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalqiar, degan tushuncha to’rt so’zdan tashkil topgan.

Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya'ni klassifikasiyalash, umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So’zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalaming mazmunini aks ettiradi.

  1. P.Pavlov ta'biri bilan aytganda, so’z ikkinchi signal tizimining, barcha signallaming signallaridir, binobarin shu signallaming hammasini ifodalaydi, shu signallaming hammasini umumlashtiradi.

Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalami yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste'moldagiiari esa yangi mazrnun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so’zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo’lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so’zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So’z bilan tushunchalaming chambarchas bog’lanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operasional va funksional xususiyatlami yo’qotmaydi.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish