Biogenetik qonun (yunon bios - hayot, genesis - kelib chiqmoq - psixologiyada
Gekkel tomonidan ochilgan biologik qonun bo’lib, unga ko’ra ontogenez filogenezni takrorlaydi deb hisoblanadi.
Ideal (yunon. idea - g’oya, tushuncha tasawur) - biror narsaning namunasi, ayrim odam, guruh va sinf xatti - harakatlari va intilishini belgilovchi oliy maqsad.
Individ - (lot, iudividuum bo’linmas ayrim jins, shaxs) - biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot.
Individuallik - individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligi.
Konformlik (lot. corformis o’xshash, mos) - individnnng guruli fikrlariga tegishli tomondangina qo’shilib, ichki tomondan esa qo’shilmay o’z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |