F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya



Download 0,68 Mb.
bet194/217
Sana17.02.2021
Hajmi0,68 Mb.
#59028
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   217
Bog'liq
neeee.

Xayolning realligi - voqelikni to’g’ri aks ettiruvchi xayoliy obrazlaming yaratilishi, geniylami xayolining kuchi real xayoldir. Masalan, kostnosga uchish xayolni oldindan tasawur etish. Xayolning realligi odamning tajribasiga, bilimiga, tafakkuriga bog’liq bo’ladi. Obrazlar amalga oshmasa, bu real xayol bo’lmaydi, balki

221


fantastik xayol bo’ladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali o’sadi. Bolalarda fantaziva juda kuchli, masalan, ular oddiy cho’pni "uchqur ot" deb tasawur qilib o’ynaydilar. Ulami qahramon deb his qiladilar. Yasli yoshiga nisbatan boqcha yoshidagi bolalar xayoli bir muncha kengroq bo’ladi. Ularda xayol asosan kengroq bo’ladi. Bola kattalarga taqlid qilib, shofyor, doktor bo’ladi va hokazo. Bog’cha yoshidagi bolalarda xayol ixtiyoriy bo’ladi. Masalan, katta odam bolaga kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bog’cha yoshidagi bolalaming xayoli kattalar bilan muloqotda bo’lish ta'sirida o’sadi. Bolalar ertaklami tinglashni, voqealami eshitishni yoqtiradilar.

Kattalaming fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali ko’rmagan narsalar to’g’risida obrazlar paydo bo’ladi. Bolalar o’yin vaqtida erkin obrazlami yaratadilar.

Kichik yoshdagi bolalar xayolining o’sishi uchun tarbiyachining olib boradigan mashg’ulotlari, turli o’yinlarini tasawur etishlari katta ahamiyatga ega. Asosan qiziqishlar xayolning o’sishiga yordam beradi.

Xayol faoliyati kuchli bo’lsa uning mazmuni kengroq idrok qilinadi. Xayol tasawurlari esda olib qolish, esga tushirish bog’lanishlarini vujudga keltirish uchun tayanch bo’ladi. Tafakkur jarayonidagi yaqqollik xayol faoliyati tufayli sodir bo’ladi. Xayol faoliyati tufayli tug’iladigan hislar ko’pincha ancha kuchli va barqaror hislar bo’ladi.

Xayolning asosiy xususiyatlari

Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga bog’liqdir. Xayol har doim ma'lum bir yo’nalishga ega. Odatda vujudga kelgan xayol odamning o’z faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalangan bolalaming kim bo’lib yetishishlarini xayolan ko’z oldiga keltirib ko’radi.

Xayol jarayonining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va o’z oldiga qo’ygan vazifalari bilan bog’liq holda yuzaga keladi. Lekin shuni aytib o’tish lozimki, odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham istagan narsalarga erishavermaydi. Ko’proq odamning xayolida hamma vaqt qo’rqinchli narsalar gavdalana boradi.

Ana shu paytdagi ehtiyojining ta'siri bilan odamning xayoli o’tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo’lgan tasawumi ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi.

Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, xayol xamisha boy tajriba hamda bilimiarga asoslanadi. Agar bilim yetishmasa, xayoliy tasawur hosil bo’lmaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga qadimgi davr insonlari haqida gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari tasawur qiladilar. Buning asosiy sababi bilimlaming yetishmasligi, shuningdek mazkur yoshdagi bolalar tarixiy muzeylarda bo’Imaganliklari, teatrlarga tushib, tarixiy asarlami ko’rmaganliklari, tarixiy kinolami hali juda kam ko’rganliklari tufayli bunday tasawurlami hosil qilishning uddasidan chiqa olmaydilar.

Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan navbatdagisi xotira tasawurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material bo’ladigan tasawurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko’pincha to’liq holda kirmasdan, balki qisman faoliyatida ro’y beradi. Bunda muayyan tasawurlardan ajratib olingan

222

elementlami boshqa tasawurlar bilan qo’shish va bir turkum qilish jarayoni ro’y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydaianadilar, ular ya'ni yozuvchilar o’z asarlaridagi haydnomalaming tiplarini bir qancha ayrim tasawurlardan vujudga keltiradilar.

Nihoyat xayolning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo’lsa, xotira obrazlari o’tgan zamondagi narsalaming obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo’lsa, xayoliy yo’l bilan yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o’tgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko’rish bilan bog’liq bo’lishi mumkin.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish