105. –kr qo’shimchasi bilan qaysi so’z turkumlariga fe’l yasash mumkin?
A) otlardan
B) sifatlardan
C) taqlid so’zlardan
D) ot va sifatlardan
E) ot va taqlid so’zlardan
106. Fe’l shakllaridan qaysilari otlashishi mumkin?
A) ravishdosh
B) sifatdosh
C) harakat nomi
D) A va B
E) A,B va C
107. Ko’makchi fe’llar qanday so’zlarga bog’lanishi mumkin?
A) sifat, ravish va fe’lga
B) fe’lga
C) sifat va ravishga
D) otga
E) barcha mustaqil so’zlarga.
108. Fe’l yasovchi qo’shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A) –oq, -li, -im
B) –y, -(i)n, -chan
C) –ish, -g’ich, -noq
D) –tir, -qoq, -li
E) –ik, -lash, -ir.
109. Ko’zung ko’nglum olurga mayl qilsa… (Atoiy) Ushbu misrada olurga so’zi bugungi adabiy tilda qaysi shaklga teng bo’ladi?
A) olgani (maqsad ravishdosh);
B) olishga (harakat nomi);
C) –ar sifatdosh qo’shimchasining tarixiy shakli;
D) tarkibidagi qo’shimchalar qotib qolgan bo’lib, yaxlitligicha ravish so’z turkumi hisoblanadi;
E) jo’nalish kelishigi olib turlanayotgan ot.
Do'stlaringiz bilan baham: |