71. Maqsad ma’nosini bildiruvchi ravishdosh qaysi gapda qo’llangan?
A) Muyassar shosha-pisha uning kechagi o’ylarini gapira boshlagan edi.
B) Yomg’ir tinib, bulutlar tarqalgach, tiniq osmonda quyosh nurlari yana porladi.
C) G’o’zalar qonib-qonib suv ichdi.
D) Quyoshning damini g’ir-g’ir esgan shamol bo’g’ar edi.
E) Siz bilan maslaxatlashgani keldim.
72. Qaysi qatorda qo’shma fe’llar qo’shib yoziladi?
A) yiqila/yozdi, yoza/berdi
B) sotib/oldi, olib/qo’ydi
C) taklif/qildi, bayon/etdi
D) tinchlik/sevar, ot/boqar
E) qo’shma fe’llar doimo ajratib yoziladi.
73. Harakatning kuchsiz darajasi ma’nosini ifodalovchi –(i)sh qo’shimchali so’zni aniqlang.
A) boshqarishni
B) sevishganlar
C) uchrashdi
D) to’lishdi
E) yanglishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |