62. Qaysi qatordagi gaplarda uchtadan otlashgan so’z mavjud?
A) Chinorning gapirganini eshitgan, bor vujudi bilan tinglagan odamning umri uzun bo’larmish.
B) Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog’in tishlar.
C) Bilmagan so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
D) B va C
E) barcha gaplarda.
63. Quyidagi gapda qo’llangan sifatdoshni aniqlang. Sirojiddin ikki cheti pishiq g’ishtdan ishlangan naqshinkor darvoza burchagidagi qo’ng’iroq tugmasini bosdi.
A) naqshinkor
B) ishlangan
C) ikki cheti pichiq g’ishtdan ishangan.
D) qo’ng’iroq tugmasini
E) pishiq.
64. Yetakchi va ko’makchi fe’llardan tashkil topgan birikuvlarda yetakchi fe’l qanday qo’shimchalarni qabul qila olmaydi?
A) so’z yasovchi qo’shimchalarni
B) shakl yasovchi qo’shimchalarni
C) so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni
D) so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalarni
E) A,B va C
Do'stlaringiz bilan baham: |