40
2. O‘zbekiston Respublikasida sanitariya nazorati.
Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash
Davlat sanitariya nazorati – bu sanitariya qonunlarining buzilishi ol-
dini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishga qaratilgan sanitariya
epidemiologiya xizmatining faoliyatidir.
Davlat sanitariya nazorati O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saq-
lash vazirligiga qarashli sanitar epidemiologik xizmat muassasalari va
idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tashkilotlar va muassasa-
larning vazifalari va ish faoliyatining mazmuni O‘zbekiston Respublika-
si Konstitutsiyasi, “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish”, “Aholini
sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, harakat-
dagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi
“Sog‘liqni saqlash organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarori va Vazirlar Mahkamasining 2015-
yil 26-iyundagi 170-sonli “Respublika sanitariya – epidemiologiya xiz-
mati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta’minlanish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarorlarga aso-
san sanitariya-epidemiologiya xizmatining tarkibi belgilangan, shuning-
dek, sanitar-gigiyenik va epidemiologik xizmati muassasalari tizimiga
kiruvchi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi,
sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi, OITS markazi, karantin
va o‘ta xavfli infeksiyalar markazlari, salomatlik markazlari bo‘yicha
nizomlar tasdiqlangan.
Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi xizmatini Sog‘liqni
saqlash vaziri muovini, Davlat Bosh sanitariya vrachi boshqaradi, uning
tizimiga sanitariya-gigiyena va epidemiologiya bo‘limlari hamda
sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligining hududiy bo‘limlari
(SEOA), Respublika SEOA, viloyatlar va Toshkent shahar SEOAlar va
tumanlardagi SEOAlari kiradi. Bosh boshqarmaning nizomida quyida-
gilar belgilangan:
- boshqarmaning vazifalari;
- boshqarma rahbarlarining huquqlari;
- boshqarmani boshqarish bo‘yicha huquqlar.
41
SEOAlar nizomida ularning vazifalari, huquqlari, burchlari va
faoliyat turlari ko‘rsatilgan.
SEOA O‘zbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirilgan ido-
ralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar qaysi idoraga
bo‘ysunishidan va mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar alohida shaxs-
larning sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya
etishlar ustidan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi. SEOA davlat
tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
SEOA boshqarish tartibiga ko‘ra 3 darajaga bo‘linadi: O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik agentligi (III daraja), Qoraqalpog‘iston Res-
publikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va viloyatlar
SEOAlari va Toshkent shahar SEOA (II daraja), shahar (tumanlarga
bo‘linmagan) SEOAlariga va tuman SEOAlariga (I daraja) bo‘linadi.
Ma’muriy munosabati bo‘yicha SEOA darajasiga qarab: Vazirlar
Mahkamasiga, hokimiyatga (viloyat, shahar, tuman) va ularga qarashli
sog‘liqni saqlash idoralariga, vazifasi bo‘yicha o‘zidan yuqori turuvchi
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bo‘ysunadi.
SEOA bosh vrachi tasdiqlangan smeta doirasida kreditlarni
boshqaradi va sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlariga ishga qa-
bul qilish va egallab turgan vazifasidan ozod etish huquqidan foydala-
nadi. SEOAlar boshqarish darajasiga qarab markazlashgan holda
budjetdan alohida paragraflar orqali mablag‘ bilan ta’minlanadi hamda
o‘zlarining xarajatlar smetasiga, banklarda hisob raqamlari va xizmat
yozishmalari uchun maxsus blankalariga ega. Budjetdan tashqari qo‘-
shimcha mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bor, ya’ni ularga shartnoma
asosida pullik xizmat, o‘z ixtiyori bilan to‘lagan badallari, epidfond,
ma’muriy jarimalar va boshqalar kiradi.
SEOA umumiy tuzilishi va shtat normativlar O‘zbekiston Respub-
likasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
III va II darajali SEOA qoshida sanitariya-epidemiologiya xizmatini
rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini va mablag‘ bilan
ta’minlanishini yaxshilash maqsadida bosh davlat sanitariya vrachi to-
monidan tasdiqlangan nizom asosida ish yurituvchi sanitariya-epidemi-
ologiya nazorati kengashi tashkil qilinadi.
SEOA boshqarish darajasiga va tuzilishiga qarab aloqa vositalariga,
avtotransportlarga, maxsus asbob-uskunalar va apparaturaga, epidemiya-
42
ning oldini olishga mo‘ljallangan amaldagi me’yorlar va ta’minlash
ro‘yxatiga asosan kerakli vositalarga ega bo‘lishi shart.
SEOA oliy tibbiy ta’lim muassasalari, vrachlar malakasini oshirish
instituti va tibbiyot kollejlarining o‘quv bazasi sifatida qo‘llanilishi
hamda malakaviy amaliyot o‘tash uchun tibbiy OTM va tibbiyot kollej-
larining amaliy tajriba bazasi bo‘lishi mumkin.
SEOA o‘zining boshqarish darajasiga qarab quyidagi asosiy vazi-
falarni bajaradi:
- idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar qaysi idoraga bo‘y-
sunishidan va mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar, sanitar-gigiyenik
me’yor va qoidalarga rioya qilishlari ustidan ogohlantiruvchi va joriy
davlat sanitariya nazoratini o‘tkazish;
- sanitariya gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni, ya’ni aholi-
ning mehnat, turmush tarzi, dam olish sharoitlarini, sog‘lomlashtirishni,
gigiyenik o‘qitishni, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni
kamaytirishda atrof-muhit omillarining inson salomatligiga ta’sirini o‘r-
ganish, aholi orasida immunoprofilaktik tadbirlar o‘tkazish, xalq
iste’mol mollari, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini inson salo-
matligiga xavfsizligi haqida shahodatnoma berish;
- barcha davlat va nodavlat korxonalarni loyihalashtirishda, yer
tanlash, qurish va qayta ta’mirlash ustidan ogohlantiruvchi sanitariya
nazoratini olib borish;
- oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo, kimyoviy, maishiy, polimer
materiallar, asboblar, uy ro‘zg‘or, sanitar-texnik qurilmalar va boshqalar
ustidan ogohlantiruvchi sanitariya nazoratni o‘tkazish va h.k.;
- davlat va nodavlat korxonalarda reja asosida mavzuviy, maqsadli,
reydli, chuqurlashtirilgan va kompleks joriy sanitariya nazoratini olib
borish;
- yashash, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish, tarbiyalash, o‘qi-
tishning sanitar-gigiyenik sharoitlarini baholashda tekshirish tartibiga
binoan laborator-instrumental tekshirish vositalari yordamida o‘tkazili-
shi kerak.
Yashash, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish, tarbiyalash,
o‘qitishning sanitariya sharoitini baholashda tekshirish qoidasiga binoan
laborator instrumental tekshiruv o‘tkazilishi belgilangan.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan vazifalardan tashqari, tuman va shahar
(tumanlarga bo‘linmagan) SEOAlari o‘z vakolatida quyidagi ishlarni
bajaradi:
43
- aholining sanitar-gigiyenik va epidemiologik barqarorligini ta’-
minlashda mahalliy davlat boshqaruv idoralari, huquqni himoya qilish,
tabiatni muhofaza qilish, nazorat qilish idoralari va jamoat birlashmalari
bilan birgalikda ish olib borish;
- atrof-muhit, ish sharoiti, dam olish sharoitini sog‘lomlashtirish,
aholi orasida kasalliklar tarqalishining oldini olish va kamaytirish, hu-
dudlarga inson uchun xavfli bo‘lgan infeksiyalarni olib kirilishi va tarqa-
lishida sanitariya muhofazasi tadbirlarini ishlab chiqish.
- nazorat ostidagi obyektlarni sanitar-gigiyenik holatini yaxshilash
uchun reja-topshiriqlar ishlab chiqish va o‘tkazilayotgan tadbirlarning
samaradorligini tahlil qilish;
- aholining yashash va ishlash sharoitlariga zararli ta’sir qiluvchi,
atrof-muhitni zaharlovchi, kimyoviy, biologik va fizik manbalarni aniq-
lash;
- mahalliy hokimiyat, yuqori tashkilotlar va boshqaruv idoralariga
sanitar-gigiyenik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish va uni ko‘rib
chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi ishida samarali
profilaktika vositalarining yangi tashkiliy shakllari va usullarini ishlab
chiqish, amalda qo‘llash;
- nazorat ostidagi obyektlarda laboratoriya tekshiruvlari, asboblar
yordamida tekshiruvlar o‘tkazish, korxonalar laboratoriyalariga atrof-
muhitni ifloslanishi nazorati bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish;
- qaysi idoraga bo‘ysunushidan va mulkchilikning shaklidan qat’iy
nazar, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga sertifikat berishni pullik
xizmat asosida tashkil etish;
- nazorat ostidagi obyektlarning ishchilari va aholi orasida gigiye-
nik bilimlarni targ‘ib qilish;
- aholi va ishchilardan tushgan ariza, xat, shikoyatlarni o‘z vakolati
doirasida ko‘rib chiqish;
Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar
SEOAlari vazifalari va majburiyatlariga asosan atrof-muhitni sog‘-
lomlashtirishga, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini
olish va kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishda shahar va tu-
man sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligiga tashkiliy, uslubiy
va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, mudofaa, ichki ishlar vazir-
liklari, milliy xavfsizlik xizmatini, temir yo‘l va boshqa tashkilotlarning
44
sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari xizmatiga uslubiy rah-
barlik, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ularning ish faoliyatini nazorat qiladilar.
Bundan tashqari, birinchi darajadagi SEOAlarning ish faoliyatlarini
tahlil qiladi, ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va mujassamlashtiradi,
SEOA xodimlarining malakasini oshirish borasida takliflar berib, yig‘i-
lishlar olib boradi.
SEOA quyidagi asosiy ish usullari:
- nazorat ostidagi obyektlarning sanitariya holatini yozish usuli;
- laboratoriya va instrumental tekshirish usullari (tekshirishga ko‘ra
kimyoviy, fizik, biologik, fiziologik);
- ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati, atrof-muhit omillari-
ning inson organizmiga ta’siri, aholining yashash va maishiy sharoitlari,
yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, aholi demografiyasi va
kasallanish ma’lumotlarini ishlab chiqish va o‘rganishga asoslangan
statistik usul.
Sanitariya tekshiruvi o‘tkazilganligi haqida dalolatnoma (259-hisob
shakli), sanitariya-gigiyena qoidalar va epidemiyaga qarshi kurash
tartiblarini buzganligi haqida bayonnoma (253-hisob shakli), jarima
solish to‘g‘risidagi qaror (254-hisob shakli) va taqiqlash, to‘xtatib
qo‘yish to‘g‘risidagi qaror (251-hisob shakli) lar to‘ldiriladi.
Tekshirilayotgan obyektning sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lsa
(dalolatnomada bu buzilishlar ko‘rsatiladi), muddatlari ko‘rsatilgan
holda SEOA Bosh davlat sanitariya vrachi yoki o‘rinbosari “Sanitariya
bo‘yicha qonun, me’yor va qoidalar, gigiyenik ko‘rsatmalarni buzganligi
to‘g‘risidagi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi yo‘riq-
noma”, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati faoliyati samaradorligini
oshirish bo‘yicha 147-sonli buyrug‘iga asosan kerakli chora-tadbirlarni
ko‘radi. Sanitariya qoida va me’yorlarini buzganligi uchun ma’muriy
javobgarlikning quyidagi ta’sir ko‘rsatuvchi choralari ko‘riladi:
ma’muriy choralar, jarima solish, ishni to‘xtatish (obyektning qurilishi
yoki ekspluatatsiyasi, uskunalar, xomashyoning qo‘llanilishini taqiqlash)
yoki jinoiy javobgarlikka tortish.
Ma’muriy huquqbuzarlik va jarima solish huquqiga SEOA tomoni-
dan quyidagi shaxslar ega:
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi;
- davlat sanitariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i, SEOAning bosh
vrachlari va ularning bo‘limlari muovinlari va vrachlari.
45
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning muovinlari, sanitariya-
epidemiologik xizmatga javobgar shaxslar jinoyat protsessual kodeksi
va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan aybdor shaxslar
ishini jinoiy javobgarlikka tortish uchun berib yuborish huquqiga ega.
Aybdor shaxslar tomonidan jarima, jarima to‘lash to‘g‘risidagi
qaror chiqqandan so‘ng 15 kundan kechikmagan muddatda to‘lanishi
kerak.
Sanitariya qonun, sanitar me’yor, qoida va gigiyenik me’yorlar bu-
zilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholining turli qatlamlari hayoti va sog‘lig‘iga
zarar yetkazilganda yoki kasallikning kelib chiqishi yuz berganda, Bosh
davlat sanitariya vrachi yoki muovini shu obyektning qurilishini, fao-
liyat ko‘rsatayotgan har bir turdagi tashkilot va korxonalarning ish
faoliyatini, uskunalar, jihozlar, kimyoviy birikmalar va boshqa mahsu-
lotlar ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning muovinlari, sanitar-
epidemiologik xizmatning javobgar shaxslari jinoyat protsessual kodeksi
va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan, atrof-muhit va
tabiatdan foydalanish me’yor va talablarini buzganligi, buning natijasida
jamiyat xavfsizligiga xavf solganda (shu bilan birga, radiatsion xavfsiz-
lik), shuningdek, aholi salomatligiga va hayotiga xavf soluvchi atrof-
muhit ifloslanishi yoki o‘lim holatlari kelib chiqqanda, ommaviy
ravishda kishilarning kasallanishi yoki og‘ir holatlar kuzatilib, bu
ma’lumotlarni berkitgan yoki buzib ko‘rsatgan shaxslar ishini jinoiy
javobgarlikka tortish uchun berib yuborish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |