F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Gigiyenik me’yorlarning ahamiyati. Gigiyenik me’yorlar



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

1.7. Gigiyenik me’yorlarning ahamiyati. Gigiyenik me’yorlar, 
qoidalar va reglamentlar haqida tushuncha 
 
Insoniyat bugungi kunda juda katta miqdordagi fizikaviy, kimyoviy, 
biologik va ijtimoiy-gigiyenik omillar ta’sirida yashamoqda, bu omil-
larning tabiati va ta’sir etish darajasi u yoki bu ko‘rinishdagi patologiya-
ning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Masalan, Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkilotining bergan ma’lumo-
tiga ko‘ra 80% kasalliklarning kelib chiqishi sifatsiz ichimlik suvini 
iste’mol qilish bilan bog‘liqdir. Shuning uchun aytish lozim-ki, ko‘pchi-
lik kasalliklarni oldini olishda atrof-muhit omillari inson organizmi 
uchun muvofiq yoki juda bo‘lmasa befarq bo‘lishi lozim.  Atrof-muhit-
ning bunday parametrlari gigiyenik me’yorlar, qoidalar, reglamentlar 
hisoblanadi va ularni umumlashtirib “gigiyenik normativlar”  deb nom-
lanadi. 
Ammo shuni hisobga olish kerak-ki, keltirib o‘tilgan barcha gigiye-
nik normativlarning o‘z xususiyatlari mavjuddir.  
Gigiyenik me’yorlar, qoida bo‘yicha doimo ta’sir ko‘rsatuvchi va 
inson uchun kerakli omillar hisoblanadi. Masalan, ovqatlanishning gigi-
yenik me’yorlari, mikroiqlim me’yorlari, suv iste’moli me’yorlari 
mavjud. 
Gigiyenik (sanitar) qoidalar - tabiatda bor bo‘lgan u yoki bu omilga 
bo‘lgan gigiyenik talablarning og‘zaki ta’rifi hisoblanadi. Masalan, 
sanitariya qoidalariga suv manbaini tanlashga bo‘lgan talablar yoki suv 
manbai atrofiga o‘rnatiladigan sanitariya himoya zonalarini aytish 
mumkin. 
Sanitariya qoidalari ko‘pincha ularning tarkibiga muayyan gigiyenik 
me’yorlarni yoki reglamentlarni kiritilishini taqozo qiladi. Shundan kelib 
chiqib, eng muhim gigiyenik normativlardan biri bo‘lgan sanitariya 
qoidalari va me’yorlar (San Q va M) ni keltirish mumkin. 


33 
 
Gigiyenik reglamentlar deganda odam organizmiga negativ ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan o‘rnatiladigan me’yorlarni nazarda 
tutiladi. Bu omilning ta’sir ko‘rsatish tabiatiga ko‘ra ular quyidagilarga 
bo‘linadi: REK  -  ruxsat etiladigan konsenratsiya  (masalan, havo, suv, 
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘ladigan kimyoviy moddalarga 
o‘rnatilgan REKlar), RED -  ruxsat etiladigan daraja (masalan, shovqin, 
tebranish va radioaktiv ifloslanishlarning REDlari), RED -  ruxsat 
etiladigan doza (masalan, ionlantiruvchi nurlarning RED). Har qanday 
holatda ham ruxsat etiladigan degan so‘z shu ma’noni anglatadi-ki, 
mazkur miqdordan oshib ketgan sharoitda bu omillar shu odamning 
o‘zigagina emas, balki uning kelgusi avlodi uchun ham xavfli 
hisoblanadi. 
Gigiyenik normativlar sanitariya-epidemiologiya nazorati faoliyati-
ning asosi hisoblanadi, chunki SEOA  ning  asosiy vazifalari ogohlan-
tiruvchi va joriy sanitariya nazoratida gigiyenik normativlarning baja-
rilishini nazorat qilishdir. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish