F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Gigiyenik normativlarning ishlab chiqishning asosiy bosqichlari



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Gigiyenik normativlarning ishlab chiqishning asosiy bosqichlari 
 
Gigiyenik normativlarni ishlab chiqish -  ko‘p bosqichli murakkab 
ilmiy izlanish natijalari va tashkiliy tarkibga ega jarayon. Ammo, har 
qanday holatda ham gigiyenik me’yorlashtirish va reglamentlash quyi   
dagi asos bo‘luvchi prinsiplarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi 
kerak: 
1. Gigiyenik normativlarning davlat xarakteriga ega ekanligi. O‘zR-
da sanitariya nazorati davlat xarakteriga ega, shuning uchun barcha 
gigiyenik normativlar ham davlat xarakteriga egadir. Ishlab chiqilgan 
har bir normativ ko‘p bosqichli tekshirishlardan (ekspertiza) o‘tkaziladi, 
O‘zR SSV tomonidan tasdiqlanadi va O‘zR dagi “Aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2015) ga muvofiq 
qonuniy kuchga egadir. 
2.  Tekshirilgan omilni amaliyotda qo‘llashdan oldin shu omilga 
nisbatan ilmiy asoslangan reglament ishlab chiqilishi shart. Bu prinsipni 
har qanday kimyoviy modda uchun ishlab chiqiladigan REK misolida 
ko‘rsatish mumkin: yangidan sintezlangan kimyoviy moddaning hech 
biri, insonning u yoki bu turdagi faoliyatida oldindan gigiyenik-toksi-
kologik tekshirishlarsiz va shunga muvofiq gigiyenik normativ ishlab 
chiqmasdan tatbiq qilinishi mumkin emas. 
3.  Xavfsizlik prinsipi (yoki omilning tibbiy-biologik ko‘rsatkich-
lari):  gigiyenik normativlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda shu 
omilning tirik organizm uchun ta’sir ko‘rsatish ahamiyati, undan keyin 
esa uning iqtisodiy samaradorligi, texnologiyalarning yangilanishi ino-
batga olinishi lozim. 
4.  Atrof-muhit obyektlarini bo‘lish prinsipi: gigiyenik me’yorlash-
tirish barcha omillar va atrof-muhitdagi obyektlar uchun bir xil bo‘lmas-
ligi kerak. Masalan, kimyoviy modda uchun ishlab chiqiladigan REK 
havo, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyat-
larini hisobga olgan holda  alohida bo‘lishi zarur. 
5. Tekshirilayotgan omilning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan no-
muvofiq samaralarining majmuasini hisobga olish prinsipi. Masalan, 
dispersli moddani atmosfera havosi uchun me’yorlashtirishda uning 
faqat odam organizmi uchun zararli ta’sir etishi mumkinligigina emas, 
balki umumsanitar sharoitlarning yomonlashishi, quyosh radiatsiyasi 
tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning jadalligini pasaytirish kabilar hi-
sobga olinadi. 


35 
 
6.  Zararning cheklovchi ko‘rsatkichidan foydalanish prinsipi: gigi-
yenik reglamentni  o‘rnatishda  o‘rganilayotgan omilning ta’siriga tek-
shirish jarayonida eng sezgir bo‘lgan ko‘rsatkichga asoslanish lozim. 
7. “Doza-samara”, “vaqt-doza”, “doza-vaqt-samara” ning bog‘liqli-
gini hisobga olish. Mazkur prinsip gigiyenik reglamentni ishlab chiqish-
ga asos bo‘luvchi hisoblanadi, chunki omilning miqdoriy ta’rifini, uning 
ta’sir etish muddatini va keltirib chiqargan samarasini hisobga olmay 
turib, reglament o‘rnatish mumkin emas. 
8. Eksperiment sharoitida omilning ta’sirini modellashtirish prinsipi. 
Ko‘p hollarda gigiyenik me’yor yoki reglamentni shu omilning ta’sir 
ko‘rsatish sharoitini modellashtirmasdan  ishlab chiqish mumkin emas. 
Masalan, kimyoviy moddaning havzadagi suvning sanitar tartibiga ta’sir 
etishi mumkinligini aniqlash uchun shunday sharoitni laboratoriya 
sharoitida sun’iy yaratish orqali, kimyoviy moddaning oziq-ovqat 
mahsulotining organoleptik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish uchun 
modelli sharoitda degustatsiya tekshirishlarini o‘tkazish talab etiladi. 
9.  Ta’sir sharoitini qattiqlashtirish prinsipi. Gigiyenik me’yor va 
reglamentni ishlab chiqishda shu omilning real sharoitda ta’sir etishi va 
shu sharoitni qattiq nazoratda bo‘lishini yaratish lozim. Masalan, u yoki 
bu xonaning yoritilishiga bo‘lgan gigiyenik me’yorni ishlab chiqishda 
ish jarayonida farqlanadigan obyektlarning eng kam miqdorlari, kichik 
kontrastli fon va yoritilganlikni ko‘rish organiga maksimal uzoq 
muddatlarda ta’sir ko‘rsatish sharoitini yaratish kerak. 
10.  Gigiyenik reglamentlash bo‘yicha tekshirish bosqichlari. Gigi-
yenik normativlarning ko‘p qismi ko‘p bosqichli tekshirish natijalari 
hisoblanadi, ularning tabiati esa me’yorlashtiriluvchi omilning tabiatiga 
bog‘liq. Masalan, kimyoviy omilni gigiyenik reglamentlashda gigiyenik-
toksikologik tekshirishlar 4-6 bosqichdan iborat bo‘ladi va bu haqdagi 
ma’lumot keyinroq bayon qilinadi. 
11. Iqlim - geografik sharoitlarni hisobga olish. Mazkur prinsip juda 
ko‘p gigiyenik normativlar uchun muhimdir, chunki muayyan hudud-
ning iqlim-geografik sharoiti atrof-muhitdagi omilning organizmga ta’sir 
ko‘rsatish darajasi va tabiatini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. 
Masalan, Rossiya sharoitida suv iste’molining fiziologo-gigiyenik 
me’yorlari bir odam uchun 2,5 l/  kunni tashkil etsa, O‘zR ning issiq 
iqlim sharoitida yoz kunlari bu me’yor 4-5 l/ kungacha ko‘tarilib ketadi. 
12. Me’yorlashtirishga ekologo-gigiyenik yondoshish. Hozirgi vaqt-
da atrof-muhitning ekologik sharoitini yomonlashishi bilan bog‘liq 


36 
 
holda shunday savol qo‘yilayaptiki, gigiyenik normativlar shu omilning 
inson organizmiga faqat negativ ta’sirini oldini olishga qaratilmay, balki 
insonning yashash muhitini tanazzulga uchrashini oldini olishga 
qaratilishi lozimligini talab qiladi. 
13. Gigiyenik normativlarning nisbiyligi. Ishlab chiqilayotgan ham-
ma gigiyenik normativlar bir umrga emas, balki vaqti-vaqti bilan qayta 
ko‘rib chiqilishi lozimligini talab qiladi. Chunki u yoki bu omilning 
organizmga ta’siri haqidagi yangi ma’lumotlar olinmoqda, tekshirish 
usullari takomillashayapti, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar o‘zgarayapti  – 
bularning hammasi gigiyenik normativlarda o‘z aksini topmasdan iloj 
yo‘q. Shunga bog‘liq holda gigiyenik me’yorlashning  lozimligi, 
gigiyenik me’yorlar, qoidalar va reglamentlarni yangidan aniqlash va 
takomillashtirishni doimo amalga oshirishni talab etadi. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish