291
bitta beta-aktiv ya’ni beta-parchalnishga duchor bo‘luvchi izotopi bor
demakdir. Bunda ko‘pincha beta-manfiy parchalanish sodir bo‘ladi.
Beta-manfiy parchalanish (beta) –yadrodan beta-manfiy
zarracha-
elektronning chiqarilishi bo‘lib, bitta neytronning g‘ayri-ixtiyoriy (o‘z-
o‘zidan) parchalanishi natijasida proton va elektronga o‘tishi hisoblana-
di. Bunda og‘ir proton
yadroda qoladi, yengil elektron esa - beta-manfiy
zarracha - juda katta tezlikda parchalanuvchi yadrodan otilib chiqadi.
Masalan, kaliy radioaktiv izotopining beta-parchalanishi natijasida -
(kaliy-40), kaltsiyning barqaror izotopiga aylanadi (davriy sistemada
kaliyning o‘ng tarafidagi birinchi katakdagi) ya’ni kaltsiy -40 ga
aylanadi. Radioaktiv kaltsiy - 47 esa, o‘zidan bir katak o‘ngda joylash-
gan skandiy - 47 ga ( bu ham radioaktivli), o‘z o‘rnida beta-manfiy
parchalanish natijasida bu element barqaror titan - 47 ga aylanadi va h.k.
9.2-rasm: beta-parchalanish.
Beta-zarrachaning uchib chiqish tezligi — nur tezligining 9/10
qismi, ya’ni 270 000 km/sekundga teng.
Beta-musbat parchalanish — beta-musbat zarracha yadrosidan
pozitron (musbat zaryadli “elektron”)ni chiqarish (taratish) bo‘lib, u
protonlardan birining o‘z-o‘zidan neytron va pozitronga natijasida hosil
bo‘ladi. Buning natijasida (protonlar kamayib qolganligi oqibatida)
ushbu element chap yonidagi (oldingisidan ko‘ra kichikroq raqamli)
qo‘shnisiga aylanadi. Masalan, beta-musbat parchalanishda magniyning
radioaktiv izotopi — magniy-23 natriyning barqaror izotopi (chapda
turgan) — natriy-23ga
aylanadi, yevropiyning radioaktiv izotopi —
yevropiy-150 samariyning barqaror izotopi — samariy-150ga aylanadi.
292
Gamma-nurlanish (j-nurlanish) — bu oddiy tibbiy rentgen nurlariga
nisbatan “qattiqroq” elektromagnit nurlanishdir. Gamma-nurlanishning
rentgen nurlanishidan farqi faqat “tug‘ilgan joyi”
elektron qobiqda emas,
balki atom yadrosida bo‘lishidir (xuddi beta-nurlanish hodisasidagi
kabi).
9.3-rasm: gamma-nurlanish.
Nurlanishlar dozasi va o‘lchov birliklari. Ionlantiruvchi nurlanish-
larning obyektga ta’sirini miqdoriy baholash uchun “doza” tushunchasi
qabul qilingan. Doza quyidagilarga ajratiladi:
- ekspozitsion doza;
- yutilgan doza;
- ekvivalent (teng qiymatli) doza;
- samarali ekvivalent doza.
Ekspozitsion doza gamma va rentgen nurlanishlarining
havodagi
ionlantiruvchi qobiliyatini ifodalaydi.
Ekspozitsion dozaning SI tizimidagi o‘lchov birligi — kulon/kilo-
gramm (Kl/kg). Ekspozitsion dozaning tizimdan tashqari birligi — rent-
gen (R).
Ekspozitsion dozaning quvvati R/soat, mR/soat, mkR/soat larda
ifodalanadi.
Yutilgan doza- IN dan biologik to‘qimalarning ta’sirlanishi.
SI sistemasidagi birlik- Grey (Gr) hisoblanadi. Sistemadan tashqari -
Rad hisoblanadi.
Ekvivalent (teng qiymatli) doza – inson organizmiga
ionlantiruvchi
nurlarning surunkali ta’siri. Ayrim organlarni nurlantirganda zararli
oqibatni hisobga olish uchun radiatsion xavfsizlik uchun qo‘llaniladi
O‘lchov birligi SI sistemada -Zivert SI sistemadan tashqari – BER.
293
Odam organizmiga ta’sir ko‘rsatadigan umumiy radiatsion fonning
gigiyenik ahamiyati.
Insonning ionlantiruvchi nurlanishlar bilan nurlanishi ehtimoli va
darajasi nafaqat IN manbalari bilan kasbiy aloqadorlikka, balki
atrof-
muhit radioaktivligi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Butun aholining nurlanishi 3 ta asosiy omillarga: tabiiy radiatsion
fon, tibbiy muolajalar va atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga bog‘-
liq bo‘ladi. Radiatsion fon quyidagilarga bo‘linadi:
- tabiiy radiatsion fon (TRF);
- texnologik o‘zgargan radiatsion fon (TO‘RF);
- sun’iy radiatsion fon (SRF).
Tabiiy radiatsion fon (TRF) Yer qobig‘iga bog‘liq bo‘lmagan ion-
lantiruvchi nurlardan (kosmik nurlanish) va yer qobig‘iga bog‘liq
bo‘lgan manbalardan tashkil topadi.
Kosmik nurlanishlar birlamchi va ikkilamchi nurlanishlarga bo‘li-
nadi:
Do'stlaringiz bilan baham: