F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Ishlab chiqaruvchi obektlarda sanitariya nazoratini olib



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

8.7. Ishlab chiqaruvchi obektlarda sanitariya nazoratini olib 
borishda SEOA vrachi faoliyatining huquqiy aspektlari 
 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining muhim vazifalaridan 
biriga mehnatkashlarning sog‘ligini muhofaza qilish, xavfsiz ish sha-
roitini  yaratib berish, kasb kasalliklarini kamaytirish kiradi.  Bu 
vazifalarni hal etishda ko‘pgina tashkilotlar, muassasalar va idoralar shu 
bilan bir qatorda mehnatni muhofaza qilish va mehnat gigiyenasi 
tizimiga taalluqli ishlovchilar ishtirok etadi. 


277 
 
Mehnatni  muhofazalash  -  bu mehnat jarayonida insonning ish 
qobiliyatini va sog‘liqni saqlashni ta’minlovchi qonunchilik hujjatlari va 
shunga muvofiq ijtimoiy-  iqtisodiy,  texnik, gigiyenik tashkiliy chora 
tadbirlar tizimidir. Mehnat  gigiyenasi mehnatni muhofazalashda sanitar 
me’yor, qoida va gigiyenik me’yorlarni hayotga tatbiq  qilish uchun 
qonuniy asos hisoblanadi. Konstitutsiyamizda barcha fuqarolarning 
mehnat qilish, dam olish, inson salomatligini saqlash va boshqa ijtimoiy 
xuquqlari mustahkamlangan. 37-moddada har bir shaxs mehnat qilish
erkin kasb tanlash xuquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.  38-moddaga 
yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar haq to‘lanadigan dam olish 
huquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan. 39-moddada har bir shaxs qariganda, 
mehnat layoqatini yo‘qotganda va boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot 
olish huquqi ko‘rsatilgan. 40-moddada malakali tibbiy xizmatdan foy-
dalanish huquqi. 65-moddada onalik va bolalikning davlat tomonidan 
himoyalanganligi ko‘rsatilgan. 
“Fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun: 
-  bu  aholining sog‘ligini  saqlashga yo‘naltirilgan muhim huquqiy 
harakatdir.  1996-yil 14-sentyabrdan kuchga kirgan va 3 ta asosiy vazi-
fani o‘z ichiga oladi (2-modda): 
-  davlat tomonidan fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash ta’minoti kafolati 
huquqi; 
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
-  fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasida davlat organlari boshqar-
malar, tashkilotlar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar faoliyatining 
huquqiy boshqarilishi. 
Shu 3 ta asosiy vazifani bajarish uchun fuqarolar sog‘ligini saqlash-
ning asosiy mezonlari ko‘rsatilgan (3-modda) har xil organlar vakolatlari 
(4, 5, 6, 7-moddalar), sog‘ligini saqlash davlat tizimida birma-bir ko‘rsa-
tilgan (8-9-modda), shuningdek xususiy tizimlar (10-modda), aholining 
sanitar epidemiologik xotirjamligi (12-modda), profilaktik choralar 
ustivorligi (3-modda), Fuqarolar huquqi qonun bilan mustahkamlangan 
sog‘liqni saqlash (13-modda), tibbiy-ijtimoiy yordam olish (16-modda), 
ayrim turdagi kasbda ishlovchi fuqarolarning sog‘liqlarini saqlash (17-
modda), infeksion va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida. 
Ishlovchilarning mehnat gigiyenasi va muhofazasida katta ahami-
yatga ega bo‘lgan choralar 32-33-35 moddalar  tibbiy ijtimoiy yordam 
berish, 36-modda mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik ekspertizasini 
o‘tkazish, tibbiy mehnat ekspertizasi (37-modda) da ko‘rsatilgan. 


278 
 
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi shifokori qasamyodi matni (44-mod-
da) shifokorlik siriga munosabat (45-modda) va fuqarolar sog‘ligiga 
yetkazilgan zararni qoplash (46-modda) va boshqa masalalar kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosiy mehnat holatlarini 
reglamentlaydi, mehnat munosabatlarini boshqarish, ishchi va ish beruv-
chilar namoyondalari, ishga joylashish, mehnat shartnomalari, ish vaqti, 
dam olish va ta’til vaqti, ish xaqi, ish tartibi, mehnat muhofazasi, alohida 
toifadagi ishchilar imtiyozi va davlat ijtimoiy sug‘urtasi. 
Shuni  aytish  kerakki,  mehnat  kodeksi  va  boshqa  qonunchilik  va 
me’yoriy aktlar instruksiyalarda berilgan. 
2-moddada aholining sanitariya epidemiologiya xavfsizligini ta’-
minlash asosiy mezonlari berilgan. Ularga quyidagilar kiradi: 
-  insonning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash huquqiy 
kafolati; 
-  aholiga  atrof-muhitning noqulay omillari zararli ta’sirini oldini 
olishda OSN faoliyatining ustuvorligini ta’minlash; 
- aholining sanitariya madaniyat darajasini oshirish; 
-  sanitariya epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
ijtimoiy faoliyatining qismi sifatida o‘tkazish; 
-  sanitariya me’yorlashga va gigiyenik normativlarga rioya qil-
maslik va sanitariya, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirmaslik 
natijasida aholining salomatligiga va atrof-muhitga yetkazilgan zararni 
qoplash; 
-  sanitariya me’yorlarining qoidalari va gigiyenik normativlariga 
rioya etilishi va sanitariya gigiyenik tadbirlarning amalga oshirilishi usti-
dan DSN ni amalga oshirish. 
7- moddada davlat idoralari, korxona, tashkilot muassasa, birlashma 
va alohida shaxslar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya me`yor 
qoidalariga gigiyenik normativlariga rioya etishlari, ro‘y bergan avariya-
lar, sanitar epidemiologik radioaktiv vaziyati to‘g‘risida haqqoniy va 
to‘la to‘kis axborot berishlari shart (8-19 moddalar). 
Davlat Sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar-
ning huquqlari: 
-  yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tugatishda mansabdor shaxslardan 
talab qilish; 
- taqdim qilingan yer maydoniga xulosa berish, nomuvofiq hollarda 
bekor qilish; 


279 
 
-  nazorat ostidagi obyektlarning faoliyatida sanitariya me’yor va 
qoidalar, gigiyenik normativlar bo‘yicha baholash, nazorat qilish, to‘gri 
kelmagan hollarda ekspluatatsiyani to‘xtatib turish yoki qurilishni 
to‘xtatish; 
- nazorat ostidagi obyektlarda sanitariya qoida, me’yorlar va gigiye-
nik normativlarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida borganda 
xizmat guvohnomasini ko‘rsatish.  O‘zbekiston  Respublikasi Sog‘liqni 
Saqlash Vazirligida ro‘yxatga olinmagan mahsulot, xomashyo, texno-
logik jihozlar, kimyoviy moddalar va boshqalarni ishlab chiqarish, qo‘l-
lash, realizatsiyasini taqiqlash.  29-moddada sanitar qonunchilikni 
buzganligi uchun intizomiy va ma’muriy javobgarlik belgilangan. 
Zararli va xavfli omillarni gigiyenik reglamentlash, ishlab chiqarish-
da  va  atrof-muhitni  sog‘lomlashtirishda  samarali  yo‘l  hisoblanadi. 
Insonning yashash muhiti va mehnat sharoiti ustidan sanitariya tek-
shiruvi o‘tkazilganda sog‘liqni saqlash amaliy xizmati bir qancha sanitar 
qoida, me’yor, standartlar va gigiyenik normativlar bilan qurollanadilar. 
Gigiyenik reglamentlashda 3 ta asosiy prinsip hisobga olinadi: 
-  zararlilik kriteriyalariga mos ravishda bo‘sag‘a  konsenratsiyasi 
(bo‘sag‘a dozasi, konsenratsiyasi) darajasi; 
-  boshqa turdagi ko‘rsatkichlardan tibbiyot ko‘rsatkichlarining yu-
qoriligi, iqtisodiy, texnologik va boshqalar
-  me’yorlashtirishdan  o‘tkazish yoki normativlashtirishni OSN 
bosqichida ishlab chiqish. 
Bu qonunchilik hujjatlari foydalanish ahamiyatiga ko‘ra 4 guruh-
ga bo‘linadi: 
1. Sanitar qoida va me’yorlar (San Q va M) va gigiyenik norma-
tivlar (REM. RED). Bular sanitar qonunchilikka rioya etilishini tekshir-
ganda sanitariya nazorati organlari tomonidan o‘tkaziladigan OSN va 
JSN da qo‘llaniladi. Bundan tashqari bu normativlardan loyiha va 
konstruktorlik tashkilotlarida, tabiat muhofazasi tashkilotlarida, ekolog-
lar, gidromet xizmat, mehnat vazirligi, kasaba uyushmasi organlari va 
boshqalar foydalanadi. 
Davlat  mehnat  xavfsizligi  standartlari  sistemasi (DAVST, 
MXSK).  Mehnat xavfsizligi sohasida standartlashtirish kompleks 
standartlarni  o‘z ichiga oladi. Standartlashtirish konstruktorlar, gigi-
yenistlar va ishlab chiqaruvchilar uchun mo‘ljallangan. Ularda xavfli 
va zararli omillarning tasnifi, me’yorlari, o‘lchash usullari, xavfsizlik 


280 
 
choralar, ishlab  chiqarish  jarayoniga va jihozlariga xavfsizlik ta-
lablari berilgan.  
Mehnat gigiyenasi shifokorining nazorat ostidagi obyektlarga quyi-
dagilar kiradi: 
-  sanoat korxonalari
-  qurilish korxonalari; 
-  elektrostansiyalar; 
-  avtotransport korxonalari; 
-  aeroportlarni ishlab chiqarish korxonalari va ta’mirlash korxonalari; 
-  tarkibida ishlab chiqarish obyektlarini tutgan ilmiy ishlab chiqarish va 
tadqiqot institutlari; 
-  qishloq xo‘jaligi obyektlari; 
-  mashinasozlik korxonalari; 
-  ta’mirlash ustaxonalari; 
-  qishloq xo‘jaligi qurilish obyektlari; 
-  paxtachilik,  g‘allachilik, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligida 
faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi xodimlarini ish sharoitini nazorat qilish. 
Mehnat gigiyenasi shifokori o‘z faoliyati davomida 3 guruh mehnat 
faoliyat ishlari bilan shug‘ullanadi: bu     
-  tashkiliy uslubiy ishlar (TUI); 
-  ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN); 
-  joriy sanitariya nazorati (JSN). 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish