F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Qishloq aholisining mehnat sharoiti va tarmoq turlari



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Qishloq aholisining mehnat sharoiti va tarmoq turlari 
 
     Qishloq xo‘jaligi insonning mehnat faoliyatida muhim o‘rinni egal-
laydi va bu sohada umumiy aholining ko‘pchilik qismi ishtirok etadi. 
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi  aholining aksariyat qismi uchun mehnat 
faoliyatining asosiy turi hisoblanadi, chunki Respublikamizda sanoat 
korxonalarining turi va soni boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda 
nisbatan kamroqdir. 
Jamiyatning ijtimoiy tarkibi  bilan  o‘zgarib borayotgan hamda 
qishloq xo‘jaligida ham yuqori industriyalashtirishning jadal sur’atlar 
bilan rivojlanishi sharoitida qishloq ahlining mehnat xarakteri tubdan 
o‘zgarib bormoqda, ammo bu mehnatning odam organizmiga ta’sirini 
belgilab beruvchi muhim xususiyatlari saqlanib qolmoqda. 
Qishloq aholisining mehnat sharoiti eng avval qishloq xo‘jaligidagi 
tarmoqlar turiga bog‘liq  -  paxtachilik, bog‘dorchilik,  sabzavotchilik, 
chorvachilik kabilar. Bunday turdagi tarmoqlarda bajariladigan ishlarda 
mehnatning  o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Shunga qaramasdan 
qishloq xo‘jaligidagi mehnatning umumiy tomonlari ham diqqatga sazo-
vordir. Jumladan qishloq xo‘jaligidagi mehnat jadalligining fasllarga oid 
o‘zgarishi, asosiy ish turlarining  ochiq havoda bajarilishi, mehnatga jalb 
qilingan shaxslarning tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo‘lishi 
fikrimizga dalil bo‘la oladi.  
Mehnatning asosiy turlari ochiq havoda bajarilganligi sababli, da-
lada ishlovchilar organizmi nomuvofiq mikroiqlim meteorologik omillar 
ta’siriga duchor bo‘ladi. Bunday ta’sir O‘zbekistonning issiq iqlimi 
sharoitida juda katta ahamiyatga egadir, chunki yoz oylari ochiq 
maydonlardagi havoning  harorati ayrim hollarda 50
0
C gacha ko‘tariladi, 


271 
 
bu  o‘z  o‘rnida ishlovchilar organizmining qizish xavfini vujudga 
keltiradi. Shu bilan birga ish kunining juda erta boshlanishi, hamda juda 
kech tugashi, muzdek sovuq suv bilan tez-tez muloqotda bo‘lish (yerga 
ishlov berish albatta sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli) orga-
nizmning  sovishi va o‘ta sovish holatlarini kelib chiqishiga sharoit 
yaratishi mumkin. Natijada ishchilarda  qichishish  endarterit kasalligi-
ning rivojlanishiga sharoit yaratiladi. 
        Qishloq xo‘jaligida ishlovchilarning deyarli ko‘pchiligi uchun baja-
riladigan ishlarning tez-tez almashinib turishi juda xarakterlidir, 
vaholanki qishloq xo‘jaligining ixtisoslashtirilishi hamma yuqori dara-
jada industrlashtirilishi sharoiti kuzatilsa ham, asosiy mehnat ahli erta 
bahorda ketmon bilan yer tekislash, paxtachilik bo‘lsa ekish pallasida 
urug‘ sepuvchi yoki chigitlarni ivitish va uni urug‘ sepuvchiga solish, 
undan keyin yaganalash ishlari, chopiq, suvchilik kabi turli-tuman 
ishlarni bajarishga majburdirlar. Bajariladigan ishlarning tabiati  yoki 
turi xoh u katta hajmli bo‘lsin, xoh kichik hajmdagi ishlar bo‘lishidan 
qat’iy nazar ishchilarda katta toliqish holatini keltirib chiqaradi (ayniqsa 
fermer xo‘jaliklari). 
       Qishloq  xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ishchilarning asosiy ish joy-
lari  -  ochiq dala maydonlari, chorvachilik obyektlari, xirmon, mashina-
traktor ustaxonalari, dala shiyponlari va boshqalar bo‘lib, tarqoq holda 
hamda  aholi yashash joylaridan uzoqda joylashganligi bilan xarak-
terlidir. Shuning uchun odamlarga maishiy-sanitar xizmat ko‘rsatishni 
tashkil qilish ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi. 
Qishloq xo‘jalik xodimlari uchun yana biologik omillarning ta’sirini 
kundan-kunga ortib borayotganligi xarakterlidir. Buning ustiga ilgari 
bunday ta’sirga faqatgina kasallangan chorva mollari bilan yaqindan 
aloqada bo‘ladigan ishchilar uchragan bo‘lsa, bugungi kunda bunday 
ta’sir doirasiga deyarli barcha qishloq ahli uchrashi tabiiy bir hol. 
Chunki  o‘simlikshunoslik amaliyotida qishloq xo‘jalik ekinlarini 
kasallanishdan himoyalash maqsadida biologik vositalardan foydalanish 
keng ko‘lamda olib borilmoqda. Biologik vositalar o‘simliklarni himo-
yalash uchungina emas, balki ularning  o‘sishi va rivojlanishini tezlash-
tiruvchi, hosildorligini oshiruvchi vosita bo‘lib qolishi ham mumkin. 
Chorvachilikda esa qishloq xo‘jalik hayvonlariga sun’iy ozuqalar - 
vitaminli, ferment tutuvchi, antibiotikli preparatlar, oqsilli ozuqa 
qo‘shilmalari kabilardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. 


272 
 
Qishloq xo‘jaligi  xodimlarining mehnatini mexanizatsiyalashtirish, 
ular organizmiga shovqin, tebranish, chiqindi yoqilg‘i gazlari, yoqilg‘i 
va moylash materiallari va havo muhitining yuqori darjadagi changlan-
ganligi kabi omillarning ta’sir etish mumkinligini oshiradi. 
Qishloq mehnatkashlari mehnatining o‘ziga xos yana bir tomoni 
shundan iboratki, ular mehnat qilish jarayonida mineral o‘g‘itlar va 
pestitsidlar bilan yaqindan aloqada bo‘ladilar. Bu omillarning ahamiyati 
kattaligini  O‘zbekiston sharoitida e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu haqda 
alohida to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi va ularni keyingi savollarimizda 
to‘liqroq yoritamiz. 
Qishloq xo‘jaligidagi omillarga to‘liqligicha baho beradigan bo‘lsak 
va bu omillarning qishloq xo‘jaligi mehnatkashlari organizmiga ta’sir 
etishiga ta’rif beradigan bo‘lsak, bu omillarning barchasi gigiyenik va 
toksikologik parametrlariga va ta’sir xususiyatlariga ko‘ra 12.0.003 - 74 
Davlat Standartiga ya’ni sanoat korxonalaridagi zararli omillar tasnif-
lariga to‘liq mos kelishini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun bu 
omillarning organizmga ta’sir doirasi umumiy ta’sir qonuniyatiga bo‘y-
sunadi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi mehnatkashlarining mehnatiga 
yuqoridagi tasniflarni berish bilan birga, ularning kasallanish darajasini 
pasaytirish hamda mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha 
alohida tadbirlar ishlab chiqilishini taqozo etadi. 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish