Radiatsion gigiyena bu — Ionlantiruvchi nur manbalari (INM)
inson organizmiga ta’sir qilishining shart-sharoitlari va oqibatlarini
o‘rganuvchi va ionlantiruvchi nur manbalarining organizmga salbiy
ta’sirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiquvchi fan.
Bu fanning vazifalari quyidagilardan iborat:
- xalq xo‘jaligida INM turlari va foydalanish sharoitlarini o‘rganish;
- nurlantirish turi, dozasi, nurlantirish vaqti va boshqa radiologik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nurlanishning salbiy ta’sir qilish
ehtimolini aniqlash;
- sanitariya qoidalari va radiatsion xavfsizlik me’yorlarini ishlab
chiqish;
- sanitariya qoidalari va radiatsion xavfsizlikni insonlarning amaliy
faoliyatiga tatbiq qilish.