F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Chorvadorlarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Chorvadorlarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish. Hozirgi 
sharoitda  O‘zbekistonda chorvachilik ishlari turli shakllar va ko‘rinish-
larda namoyondir, chunonchi -  parrandachilik fermalari, sanoat asosi-
dagi bo‘rdoqichilik xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, 
yaylovda 
boqiladigan chorvachilik kabilar. 
Chorvachilik  obyektlaridagi mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yi-
cha muhim tadbirlar quyidagilardan iborat: 
1.  Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini amalga oshirish, bu tadbir 
chorvachilik  obyektlarini loyihalashtirish, qurish  va jihozlash jarayo-
nida zoogigiyenik prinsiplarga asoslanishi kerak. 
2. Ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish (sut sog‘ish, qora 
mollarni boqish, tagini tozalash, parrandachilikda tuxumlarni to‘plash, 
saralash, yuvish va idishlarga joylashtirish), bunda mexanizmlarning be-
to‘xtov ishlashini ta’minlash. 
3. Xonalarni samarali shamollatish, shu bilan birga talab etiladigan 
parametrlarda harorat,  namlik me’yorlarini ta’minlash (avtomatlash-
tirilgan issiq havo berish va havo so‘rish moslamalaridan foydalanish). 
4.Tashkillashtirilgan tabiiy shamollatish moslamalaridan foydala-
nish - xonalarning yuqori qismidan havo chiqarilishi uchun shamollatish 
tuynuklari  va pol ostida suyuq chiqindilarni chetlashtirish uchun max-
sus quvurlarni tashkil qilib, u yerdagi havo almashinishini to‘g‘ri tashkil 
qilish. 
5. Qish faslida - binolarni isitish. 
6. Chang hosil bo‘ladigan joylarda changlangan havoni so‘rib oluv-
chi mahalliy so‘rg‘ichlarni o‘rnatish. 


275 
 
7.  Havo muhitining musaffoligini ta’minlash maqsadida dezodo-
rantlardan (xlorli ohak eritmasi, ammoniy sulfat eritmalari), havo ozo-
natorlaridan foydalanish kabilar. 
8. Chorvachilik obyektlarida veterenariya nazoratini qattiq o‘rnatish 
va ishchi-  xizmatchilar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga qattiq 
rioya qilinishiga erishish. 
9.  Chorvadorlarning mehnat va dam olish soatlarini to‘g‘ri tashkil 
qilinishini nazorat qilish (ikki smenada ishlash, sirg‘aluvchi grafik 
asosida haftasiga 5 kunlik ish kunlarini joriy qilish). 
10.  Sanitar-maishiy binolar kompleksi, ishchilarga tibbiy xizmat 
ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish. 
O‘zbekistonning tuproq sharoiti kam unumli tuproq mintaqasiga ki-
radi, shuning uchun bunday tuproq muntazam ravishda mineral o‘g‘itlar 
bilan  boyitilib turilishini talab qiladi. Mineral o‘g‘itlar  o‘z  o‘rnida 
kaliyli, fosforli, azotli o‘g‘itlarga  bo‘linadi. Lekin bular ichida asosiy 
mineral  o‘g‘it sifatida azotli mineral o‘g‘itlar hisoblanib, ular barcha 
turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda keng qo‘llaniladi.          
        Azotli  o‘g‘itlar ichida juda keng ko‘lamda qo‘llanadigan  o‘g‘it  
selitradir (ammiakli, natriyli va b.), uning ta’sir etuvchi asosiy elementi 
nitrat hisoblanadi. 
Tuproqqa yuqori madaniyatli ishlov berish  uning hosildorligini bir 
me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi, hamda hosildorlikni ko‘tarishda juda 
muhim omil hisoblanadi va yuqori hosil olishga sharoit yaratadi, ammo 
O‘zbekistondagi hozirgi kundagi yerlarga ishlov berish holatini yuqori 
darajada deb bo‘lmaydi, chunki buning birdan bir ko‘rsatkichi sifatida 
nazoratsiz va ko‘p hollarda asossiz ravishda selitradan foydalanish ku-
zatilmoqda. Bunday sharoitda selitradan ortiqcha foydalanish sharoitida 
atrof-muhit,    tuproq, suv, yetishtirilayotgan mahsulotlarning nitratlar 
bilan ifloslanishidan tashqari, bu mahsulotlarning iste’mol sifati ham 
pasayadi. Bundan tashqari selitradan ortiqcha foydalanish shu sohadagi 
ishchilar organizmi uchun ma’lum darajada xavf tug‘diradi. Nitratlar 
odam organizmiga ifloslangan suv, ovqat mahsulotlari orqali tushishidan 
tashqari, ulardan foydalanishda mexanizatsiyadan to‘liq va unumli 
foydalanmaslik sharoitida qo‘llarning ifloslanishi, o‘g‘itlarning mikro-
zarrachalarini havo muhitiga o‘tishi va nafas orqali organizmga kirish, 
so‘lak orqali so‘rilish kabilar natijasida nitratlarga doir zo‘riqish holati 
kuzatiladi. 


276 
 
O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida o‘tkazilgan tekshirishlarning 
yakuniga ko‘ra qishloq aholisining qonida metgemoglobinning miqdori, 
shaxar aholisinikiga nisbatan 2-5 marta ko‘p ekanligi bejiz emas albatta. 
Bundan tashqari organizmga nitratlarning yuqori miqdorlarda tushishi 
dalada ishlovchilar organizmida xavfli o‘sma kasalliklarining kelib 
chiqishiga sharoit yaratadi. Mas., nitratlarning organizmga tushishi N –
nitrozoaminlarning endogen sintezlanishini belgilab beradi, nitrozoamin-
lar esa sezilarli darajada kanserogenlik xususiyatiga egadir. O‘zbekiston-
dagi qishloq aholisining onkologik kasalliklar bilan kasallanishining 
shakllanishida nitratlarning tutgan o‘rnini  o‘rganish asosida shu narsa 
aniqlandiki, nitratlarning ortiqcha miqdori bilan onkologik kasallanish 
o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik bor ekan, buning ustiga qishloq aholisi 
o‘rtasidagi xavfli o‘sma kasalliklarining 60% dan ortig‘i nitratlar bilan 
bevosita aloqada bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. 
Bu omilning nomuvofiq ta’sirini oldini olish bo‘yicha  ishlab                  
chiqilgan tadbirlar guruhiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
        1. Qishloq xo‘jaligida tabiiy azot manbalaridan foydalanishni ken-
gaytirish (tabiiy go‘nglar, kompost, saprogel). 
        2.  Tuproqning  agrotexnik holatini hisobga olib, mineral o‘g‘itlar-
dan tabaqalashtirilgan va gigiyenik reglamentlar asosida tuproqqa solish
o‘g‘itlar tarkibidagi azot miqdorini albatta inobatga olish, hamda 
o‘stirilayotgan o‘simlikning turini hisobga olish katta ahamiyatga ega. 
        3.  O‘g‘itlarni granula yoki donador holida ishlab chiqish va qo‘l-
lash lozim, bu esa havo muhitining ifloslanishini ma’lum darajada ka-
maytiradi. 
       4.  Mineral  o‘g‘itlarni qo‘llashda mexanizatsiyani joriy qilish orqali 
tuproqni parvarishlash. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish