165
2 - suvni tindirish - ipir-ipir komplekslar astalik
bilan hovuz tagiga
cho‘kadi;
3 - suvni filtrlash – havzadagi suvni to‘liq tiniqlashtirish maqsadida
suvni maxsus filtrlar orqali o‘tkaziladi. Suvni tiniqlashtirish ayrim
sharoitlarda ya’ni suv tarkibida fitoplanktonlar bor bo‘lgan
sharoitda
qo‘llanishi mumkin, buning uchun suvni mikrofiltrlash talab etiladi.
Suvni zararsizlantirish – bu ichimlik suvlarini mikroorganizmlardan
holi qilish demakdir. Buning uchun fizikaviy va kimyoviy zararsiz-
lantirish usullari ishlab chiqilgan.
Fizikaviy usullar – suvni qaynatish, ultrabinafsha nur bilan
ishlov
berish. Bu usul katta hajmlardagi suvlarni zararsizlantirishda qo‘llanil-
maydi, ammo uning samaradorligi yuqori, shuning uchun markazlash-
tirilgan suv ta’minotida kimyoviy zararsizlantirish usullari ko‘proq
qo‘llanadi.
Kimyoviy zararsizlantirish usullari – suvni xlorlash, ozon bilan
zararsizlantirish kabi usullar. Suvni xlorlashda o‘zida xlor tutuvchi
preparatlar (xlorli ohak) qo‘shiladi. Bu moddalar suvda
eritilganda
atomar xlor ioni hosil bo‘ladi. Xlor esa bakteritsidlik xususiyatiga ega-
dir. Suvni xlorlashda suvga yetarli miqdorda xlor qo‘shilmasa, uning
zararsizlantirish samaradorligi yuqori bo‘lmaydi, ortiqcha miqdorlarda
xlor qo‘shilganda esa, suvning organoleptik xususiyatlari o‘zgaradi va
suv kanserogenlik xususiyatlariga ega bo‘lib qolishi mumkin. Agar
zararsizlantirilgan suv tarkibidagi qoldiq xlor miqdori ko‘p bo‘ladigan
bo‘lsa, xlorfenol komplekslari hosil bo‘lib, ular aynan kanserogen ta’sir
ko‘rsatish xususiyatiga egadir. Shuning uchun xlorlashni tashkil etishda
xlorlash usulini to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish, xlorlangan suv
tarkibida bo‘ladigan qoldiq xlorni aniqlab borish talab etiladi.
Suvning dastlabki xususiyatlariga bog‘liq holda
xlorlashni normal
dozadagi xlorlash, giperxlorlash, xlorga ammiak qo‘shish orqali xlor-
lash, ikki martalik ya’ni tindirishdan oldin va filtrlashdan so‘ng yuqori
dozalardagi xlor bilan xlorlash. Suvga xlorli agent qo‘shilgandan so‘ng
xlor bilan suv o‘zaro aloqada bo‘lishi uchun kam deganda 30 daqiqa
vaqt kerak bo‘ladi, ko‘rsatilgan vaqtdan o‘tganidan so‘ng esa, ishlov
berilgan suv tarkibida 0,3-0,5 mg/
l qoldiq xlor qolishi kerak.
Ozonlash usulini qo‘llaganda birlamchi ta’sir etuvchi modda bo‘lib
ozon xizmat qiladi. Bu
usul juda samarali, ammo xlorlashga nisbatan
juda qimmatga tushadi. Ozonlash usulini qo‘llaganda suvga bu modda
orqali ishlov berib bo‘linganidan so‘ng aralashtirish
kamerasida suv bi-
166
lan ozon 12 daqiqa aralashgandan keyin qoldiq ozon miqdori 0,1-0,3
mg/l miqdorida bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
Suvni kimyoviy zararsizlantirish usullari qatoriga kumush ionlari
yordamida elektrolitik ishlov berish usulini ham keltirish mumkin. Usul
yuqori samarali (“ilohiy suv”), ammo bunday ishlov berish usuli juda
qimmatli hisoblanadi.
4.1.2 – chizma
Do'stlaringiz bilan baham: