F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Suvning kimyoviy tarkibini tekshirish usullari



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

5.7.Suvning kimyoviy tarkibini tekshirish usullari 

Davlat  Standarti  950-2011  “Ichimlik  suvi”  ga  muvofiq  suvning  fizik-

kimyoviy  xossalarini  nazorat  qilishda  ayrim  kimyoviy  ko’rsatkichlarni 

tekshirish  asosiy  hisoblanadi,  chunki  suvning  iste’mol  sifati  shu  moddalar 

bilan belgilanadi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga suvning qattiqligi, sulfatlar, 

xloridlar  va  temir  kiradi.            Suvning  qattiqligi  asosan  uning  tarkibida 

bo’ladigan  kaltsiy  va  magniy  (karbonatli,  sulfatli,  bikarbonatli)  tuzlariga 

bog’liq.  Bu  tuzlarning  suvda  yuqori  kontsentratsiyalarda  bo’lishi  suvning 




 

239 


 

gigienik  xossalarini  yomonlashtiradi:  qattiq  suv  kir  yuvish  uchun  kam 

yaroqli,  cho’milish  uchun  yaroqsiz,  bunday  suvda  go’sht  va  sabzovotlar 

yaxshi  pishmaydi,  choy  yaxshi  damlanmaydi.  Qattiq  suvni  qaynatganda 

samovar,  choynaqlarning  tagiga  cho’kma  (quyqa)  tushadi,  ayniqsa  yashash 

va  jamoat  joylarini  isitish  uchun    suvni  qaynatuvchi  bug’  qozonlari  va  suv 

uzatuvchi trubalarda to’planib, ularning diametrini kichraytiradi, bu esa bug’ 

qozonlarining  yorilishi  va  trubalarning  yorilib  ketishiga  sababchi  bo’ladi.        

Uch  turdagi  qattiqlikni  farqlash  mumkin:  umumiy,  yo’qotsa  bo’ladigan  va 

doimiy. Davlat  Standarti 950-2011 bo’yicha umumiy qattiqlik uchun ruxsat 

etiladigan  qiymat  7  mg-ekv/l  (ayrim  hollarda,  mas.,  suvni  maxsus  ishlov 

berishdan o’tkazmay foydalanish) dan 10 mg-ekv/l bo’lishi mumkin. Ammo, 

amaliyotda  tasdiqlanishicha,  qattiqligi  7  mg-ekv/l  dan  ortiq  bo’lgan  suvni 

uzoq muddat davomida iste’mol qilish natijasida aholi o’rtasida buyrak-tosh 

va o’t-tosh kasalliklarining ortib ketishi hodisasi ham aytiladi (Klepov Yu.P 

teshirishlari, 1995, Donaev A.M. 2002-2003 y. ma’lumotlari). 

    Suvdagi  xloridlar  asosan  NaSI  ko’rinishida  uchraydi.  Suvda  yuqori  darajadagi 

xlorid tuzlarining bo’lishi suvga sho’r ta’mni beradi, manbalardagi suv tarkibida 

xloridlarning keskin oshib ketishi esa, uning ifloslanishidan darak beradi (peshob, 

ahlat,  chiqindi  oqava  suvlari).  Ichimlik  suvi  tarkibidagi  xloridlar  uchun  ruxsat 

etiladigan  miqdor  Davlat  Standarti  950-2011  bo’yicha  250  mg/l  tashkil  etishi 

kerak. 


    

 Ichimlik suvida sulfatlarning yuqori miqdorlarda bo’lishi suvga achchiq va 

nordon  ta’mlarni  berishi  mumkin;  bunday  suvni  iste’mol  qilganda  ich  surish 

holatlari  kuzatilishi  mumkin.  O’zR  dagi  suv  havzalari  uchun  yuqori  darajadagi 

sulfatlarning bo’lishi harakterli emas. Ichimlik suvi uchun uning ruxsat etiladigan 

qiymati-400mg/l.   

      O’zR  dagi  tabiiy  suvlar  uchun  temir  tuzlarining  bo’lishi  ham  harakterli  emas. 

Temir  tuzlarining  paydo  bo’lishi  suv  tarqatish  tarmog’i  quvurlarining  zanglashi 




 

240 


 

va suvni noto’g’ri saqlash sharoitlari bilan bog’liq.  Bunday hollarda suv sarg’ish 

(zang) rangga o’tadi va suv temir ta’mini beradi. Bunday suv ichish va kir yuvish 

uchun yaroqsiz hisoblanadi. Ichimlik suvidagi temirning ruxsat etiladigan miqdori 

-0,3  mg/l  ga  teng.        Suv  ta’minoti  uchun  ko’p  holda  ariq  suvi  ishlatiladi. 

Ariqlarda  suvdagi  o’z-o’zini  tozalash  jarayoni,  oqimni  tiklash  jarayonlari  tez 

boradi,  debiti  katta,  tabiy  mineral  tarkibi  turgun  holatda.  Yana  boshqa 

xususiyatlarini  ko’radigan  bo’lsak,  suv  antropogen  ifloslanishga  uchraydi,  ya’ni 

xo’jalik  chiqindi  suvi,  texnogen    va  qishloq  xo’jalik  oqava  suvlari  tashlanadi. 

Demakki, bu suvlar mikroorganizmlar va organik moddalar bilan doimo ifloslanib 

turganligi  uchun,  u  bir  qancha  tozalash  jarayonlari  o’tkazilishi  kerak.  Suvni  

tozalash  ishlari  bir  necha  bosqichlarda  olib  boriladi.  Avval  mexanik    filtratsiya 

(xas  cho’plar),  so’ng  koagulyatsiya  usuli  bilan  muallaq  moddalardan  tozalash 

(alyuminiy  sulfat),  tindirish,  zararsizlantirish  (xlorlash,  ozonlash,  yodlash,  UBN 

bilan) ishlari o’tkaziladi. So’ngra suv sanitar tekshiruvdan o’tkazilib, me’erlanadi 

va iste’molchiga uzatiladi.     Daryo, dengiz va okean suvlari  ham ichimlik suvi 

sifatida  ishlatilishi  mumkin  Faqat  suv  tuzli  tarkibiga  ko’ra  sho’r  hisoblanadi, 

mikrob  va  organik  ifloslanishi  ko’rsatkichi  ham  yuqori.      Ho’jalik  ichimlik  suvi 

sifatida  yomg’ir  suvidan  foydalanish  mumkin.    Bu  suv  yumshoq,  kam 

minerallashgan.  Lekin  atmosfera  havosini  yuqori  darajada  ifloslanishini  hisobga 

olsak,  yomg’ir  tarkibida  erigan  holdagi  toksik  moddalarni,  mikroorganizmlarni 

tutadi. Aniqlanishicha, 1litr yomg’ir suvi 325000 dm

3

  atm. havosini yuvar ekan. 



Yomg’ir  yoki  qor  tarkibida  ko’plab    sulfat  va  azot  kislota  ionlari  holda  bo’ladi 

(kislota  yomgir)  Masalan,  AQShda,  Norvegiyada,  Shvetsiyada,  G’arbiy 

Evropada. yog’ingarchiliklar natijasida 500 ga yaqin ko’l, ariq, daryo suvlari flora 

muhiti nobud bo’lgan.  




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish